3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf Iroda



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/64
tarix23.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#87718
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64
Attestatsiya qo`llanma kitobi

Daraxtlar-
poyasi yog`ochlangan,qattiq,bitta yo`g`on bo`ladi.Yo`l chetlarida 
chinor,qarag`ay,eman,zarang,terak,tol kabi,tog` yonbag`irlarida 
archa,yong`oq,do`lana,yovvoyi olma,bodom o`sadi.O`rmonlar daraxtlar 
o`sishi uchun issiqlik va namlik yetarli joylarda hosil bo`ladi.O`rmon 
daraxtlari yog`inlar hisobiga o`sadi. 
Madaniy o`simliklar
.G`o`za-ildiz,poya,barg va gul(meva) dan iborat.Mevasi 
ko`sak-urug`I chigit.Iyul oyida gullaydi,paxtadan 
qog`oz,plastmassa,charm,linoleum,sovun,moy,lok ham olinadi. 


Bug`doyning qattiq va yumshoq navlari yetishtiriladi.Sholi chuqurligi 30-40 
sm bo`lgan pollarga ekiladi,muntazam 10-20 sm qalinlikda suv bo`lishi 
kerak.Sholi Qoraqalpog`iston va Xorazmda ko`p ekiladi. 
Makkajo`xori tez o`sadi,bo`yi 2 metr va undan baland bo`ladi,iyunda
pishadi.Ertangi kartoshka 10-15 kunda o`sib chiqadi,may-iyun oylarida 
pishadi.O`rtagisi may oyida ekiladi,avgust-sentabrda pishadi,kechkisi iyun 
oxirida ekiladi oktabr-noyabrda kovlanadi.Piyoz kuzda sepiladi-avgust-
sentabrda yig`ib olinadi.Qovoq poyasi uzunligi 10 metrgacha yetadi.Ushbu 
madaniy o`simliklar orasida zarpechak,g`umay,machine,salomalaykum kabi 
begona o`tlar o`sadi. 
Mevali daraxtlar va butalar
. O`lkamizda mevali butalardan 
anor,anjir,malina,qorag`at madaniy o`simlik sifatida o`sadi.Anor iyun,anjir 
avgust oyida pishadi,anor vaanjir novdasidan,malina,qorag`at ildizlardagi 
kurtaklardan ko`paytiriladi,malina qorag`at iyunda pishadi.Uzumlarning 
husayni,qora janjal,charos,toifi,kishmish,buvaki,qirmiska kabi navlari 
yetishtiriladi,kishmishdan mayiz tayyorlanadi.
Manzarali 
o`simliklar.
Manzarali daraxtlar va butalar.Manzarali 
daraxtlardan:tol,chinor,akatsiya,shumtol,oqqayin,terak,eman o`sadi. Ular 
uylarni shamoldan to`sadi,havoni chang ,zaharli gazlardan 
tozalaydi.Manzarali butalarga:hovlida o`sadigan ligustrum va tuya butalari 
yashil devor hosil qiladi.Gullar manzarali,madaniy o`simlik 
hisoblanadi.Dorivor o`simliklar-yalpizdan tayyorlangan damlama yoki 
bargidan olingan shira bod,teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.Jag`-jag` 
damlamasi odamning ichki a`zolaridan ketadigan qonni to`xtatadi,boshqa 
ko`p kasalliklarga davo.Isiriq-cho`l,qir-adirlarda o`sadi,tutunidan kasallik 
tarqatuvchi mikroblar nobud bo`ladi.Damlamasi 
bod,bezgak,tutqanoq,uyqusizlik,shamollash kabi kasalliklarga davo 
bo`ladi.Kashnich-vitaminga boy,damlamasi yo`talni to`xtatadi,ichak 
kasalliklarida davo,og`izdan yoqimsiz hidni ketkazadi.Maymunjon-daraxt va 
butalarga chirmashib o`sadi isitmani tushurish,ich ketishini 
to`xtatadi,doimo yeb yurgan kishi shamollamaydi,shamollaganda bargi 
damlab ichiladi.Na`matak-damlamasi isitmani tushiradi,og`iz bo`shlig`idagi 
yaralarni davolaydi,yurakni quvvatlantiradi. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə