3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf Iroda


Odam tanasi-bosh,bo`yin,gavda,qo`l,oyoq asosiy



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/64
tarix23.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#87718
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Attestatsiya qo`llanma kitobi

Odam tanasi-bosh,bo`yin,gavda,qo`l,oyoq asosiy
 
qismlaridir.Odam tanasi 
teri bilan qoplangan,teri ostida muskullar bor,muskullar suyaklarga 
birikkan,tana ichida yurak,o`pka,jigar,oshqozon,ichak kabi a`zolar bor.Teri 


tanamizni shikastlanish,suv,chang,mikroblardan himoya qiladi,terida 
mayda qon tomirlari bor,teridagi xaltacha va naychalarda yog` va suv ( ter) 
bo`ladi,ular odam tana haroratini saqlab turadi. 
Sklet
 qattiq suyaklardan tarkib topgan,tanamizda 200 dan ortiq suyak 
bor,suyaklar bir-biri bilan birikib,skletni hosil qiladi.Suyak ko`p a`zolar 
uchun tayanch vazifasini bajaradi va ichki a`zolarni shikastlanishdan 
himoya qiladi.M: kalla suyagi bosh miyani,ko`krak qafasi yurak va o`pkani 
himoya qiladi,bolalar suyagi to`liq shakllanmagan bo`ladi,shuning uchun 
yozayotganda gavdani to`g`ri tutish kerak. 
Yurak
 ko`krak qafasidan chaproqda joylashgan,muskullardan 
iborat,kattaligi har kimning o`z mushtidek,katta yoshdagilarda 300 
gramm,yurak muskullari doimo qisqarib,bo`shashib turadi,bu yurak urishi 
deyiladi.
Katta odam yuragi-70-72
 
marta,bolalarniki undan ko`proq 
uradi.Kamharakat odamning yuragi tez charchaydi,shuning uchun yurakni 
chiniqtirib borish kerak,sport va badantarbiya bilan shug`ullanish 
kerak.Chekish va spirtli ichimliklar iste`mol qilsih yurak faoliyatiga salbiy 
ta`sir ko`rsatadi. 
Katta yoshdagi odamda 5 litrgacha qon bo`ladi,odamda 2 xil:arteriya va 
vena qon tomirlari bor.Bu tomirlar tanamiz a`zolariga borib ingichka qon 
tomirlariga ,kapillarga bo`linib ketgan.Yurak bo`shashib,qisqarib arteriyaga
qonni haydaydi,arteriaydagi qon o`zi bilan kislorod va oziq moddalarni 
organizmga yetkazib ,ularni oziqlantirib turadi.Tana a`zolaridan ajragan 
ortiqcha modda va karbonat angidrid boshqa kapillar orqali venaga 
boradi,odam yugurganda yoki jismoniy ish bajarganda,yurak urishi 
tezlashadi,buning sababi yurak qon orqali harakatdagi muskullarga ko`proq 
oziq modda va kislorod yetkazib beradi. 
Odam miyasi
.Tana a`zolari hatti-harakatini,odam xulq-atvorini nerf tizimi 
boshqaradi.Nerv tizimi bosh miya,orqa miya,nerv tolalaridan iborat.Bosh 
miya kalla suyagi ichida,orqa miya umurtqa pog`onasi ichida 
joylashgan.Bosh va orqa miyadan butun tana bo`ylab nerv tolalari 
tarqagan,Miya tanadagi barcha a`zolarni shu nerv tolalari orqali 
boshqaradi.Odamning qo`l va oyoqlari harakati bosh va orqa miya orqali 
boshqariladi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə