3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf Iroda



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/64
tarix23.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#87718
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64
Attestatsiya qo`llanma kitobi

Sayyoralar.Quyosh sistemasi. 
Quyosh atrofida sayyoralar,kometalar,meteorlar va boshqa osmon jismlari 
aylanib yuradi.Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon 
jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi.Tunlari ba`zida xira 
“yulduz”ning boshqa yulduzlar orasida siljiyotganini,ya`ni sayr qilib 
yurganini payqash mumkin.Bunday osmon jismlari yulduz emas,balki 
sayyoradir. 
Quyosh sistemasidagi yirik osmon jismlari sayyoralar deb ataladi.Sayyoralar 
o`zidan nur chiqarmaydi,biz sayyoralardan qaytayotgan Quyosh nurlarini 
ko`ramiz xolos.Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanib 
yuradi:Merkuriy,Venera,Yer,Mars,Yupiter,Saturn,Uran,Neptun.Har bir 
sayyora o`z orbitasiga ega.Sayyora orbitasi bu-Quyosh atrofida sayyoraning 
harakat yo`li.Sayyoralar katta-kichikligi,quyoshdan uzoq-yainligi bilan bir-
biridan farq qiladi. 
Kichik sayyoralar:Merkuriy,Venera,Yer ,Mars 
Merkuriy
-sayyoralarning eng kichigi,diametri Yerdan 3 marta 
kichik,Merkuriy quyosh atrofini 88 sutkada bir manrta aylanib 
chiqadi.Sirtida tuproq yo`q,tosh va qumdan iborat.Mayda osmon jismlari 
tushaverganidan sirti o`nqir-cho`nqir bo`lib ketgan,sirtida havo va suv yo`q 
harorat kunduzi+480 ,kechasi -180 bo`ladi. 
Venera
-Yerdan biroz kichik,Quyosh atrofini 225 sutkada aylanib 
chiqadi.Sayyorani qoplagan gaz va bulutlar quyosh nurini yaxshi qaytargani 
uchun yulduz kabi charaqlab ko`rinadi,hatto tongda yulduzlar ko`rinmay 
qolganda ham Venera sayyorasi porlab turadi.Shuning uchun qadimda 
uni”Zuhro yulduzi”,”Tong yulduzi” deb atashgan.Arabchada “zuhro” so`zi 
“tong ” ma`nosini bildiradi,kunduzi +470 gacha,kechasi+ 20 
gacha,Venerada hayot yo`q. 


Yer
-biz yashaydigan Yer shari,Quyosh atrofidagi sayyoralardan biri.Yer 
Quyosh atrofini 365 kun 6 soatda bir marta aylanib chiqadi,8 ta sayyoradan 
faqat Yerda hayot bor.Yer va boshqa sayyoralar atrofida osmon jismlari 
aylanib yuradi. 
Sayyora atrofida doim aylanib yuradigan yirik osmon jismi tabiiy yo`ldosh 
deb ataladi. 
Sayyoralardan Merkuriy va Veneraning tabiiy yo`ldoshi yo`q.Yerning bitta 
tabiiy yo`ldoshi bor.Bu-Oydir. 
Mars
-Mars diametri Yernikidan ikki marta kichik.Quyosh atrofini 687 
sutkada bir marta aylanib chiqadi,siyrak karbonat angidrid va boshqa 
gazlar bilan qoplangan.Bu gazlardan qaytgan quyosh nuri bizga qon 
rangiga yaqin bo`lgan qizg`ish tusda ko`rinadi.Shuning uchun qadimda 
Mars sayyorasini “Urush xudosi” deb atashgan,sirti tosh va qumlar bilan 
qoplangan,kunduzi +17,kechasi -100 bo`ladi,2 ta tabiiy yo`ldoshi 
bor,Marsdan suv parchalari topilgan,hayot yo`q. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə