3-sinf Tabiatshunoslik A. Bahromov,Sh. Sharipov,M. Nabiyev Ona tili va o`qish savodxonligi tuzuvchilari 1-2-sinf Iroda



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/64
tarix23.05.2022
ölçüsü1,08 Mb.
#87718
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
Attestatsiya qo`llanma kitobi

O`txo`r hayvonlar
-bu o`simlik bilan oziqlanadigan hayvonlar.Yer yuzidagi 
eng katta hayvon fil,og`irligi 6 tonna,balandligi 4 metr,uning burni xartumi 
hid bilish,ovqatlanish,karnay kabi ovoz chiqarish,yuk ko`tarish vazifasini 
bajaradi.U 1-2 ta bolalaydi,2 yilgacha sut bilan oziqlanadi.Urg`ochi fil va 
filchalar to`dada,erkak fil yakka hayot kechiradi. 


Jirafa
-eng baland hayvob bo`lib,bo`yi6 metr oldingi oyog`i orqa oyoqlaridan 
uzun bo`lib,qadami uzunligi 4-5 metrga teng.Savanna va o`rmonlarda 
yashaydi,bitta bolalaydi,jirafa va bolalari tuyaqush,zebra,kiyiklar to`dasi 
bilan birga yuradi. 
Hasharotlar
-zararkunanda hasharotlar.Tabiatda hech bir jonivor 
zararkunanda emas.Har qanday jonivor yashash uchun kurashadi.Ba`zi 
hasharotlar madaniy o`simliklarga zarar keltirgani uchun zararkunanda deb 
ataladi.Shira bitlari o`simlik,daraxt barglari shiralarini so`rib
quritadi.Po`stloq qurtlari daraxt po`stlog`ini kemiradi,ular p`ostloq ostiga 
tuxum qo`yib juda tez ko`payadi,shuning uchun daraxt tanasi 
oqlanadi.Kartoshka tuplariga kolorado qo`ng`izi,karamga karam kapalagi 
qurti,chigirtkalar ekinning barcha qismiga,karadrina qurti go`za 
bargiga,ko`sak qurti ko`sakka,mart qo`ng`izi o`simliklargajuda katta zarar 
yetkazadi.Mart qo`ng`izi 10-15 sm chuqur tuproqqa tuxum 
qo`yadi,o`simliklarning bargi va ildizi bilan oziqlanadi,yer yuzasiga mart 
oyida chiqqani uchun mart qo`ng`izi deyiladi.Mart qo`ng`izining 
tuxumlaridan oq buzoqboshilar chiqadiBuzoqboshi g`umbakka,keyin 
qo`ng`izga aylanadi va yer yuziga chiqadi. 
Foydali hasharotlar
-asalari gullarni changlaydi,xonqizi shira bitlari bilan 
oziqlanadi,chumolilar zararkunanda hasharot tuxumlarini yo`q 
qiladi,o`rgimchak turli mayda hasharotlarni yo`q qiladi. 
Qushlar
-kuzda uchib ketgan 
chittak,jiblajibon,qaldirg`och,vahmaqush,so`fito`rg`ay,sassiqpopishak 
bahorda mart oyida uchib keladi.Hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar 
hasharotxo`r qushlar deyiladi.Ular zararkunanda va qon so`ruvchi 
hasharotlarni yeydi.Chittak bir kunda o`z og`irligiga teng miqdorda 
,jiblajibon ekin orasidagi,chug`urchuq bir kunda 200 tagacha 
chigirtka,sassiqpopishak daraxt po`stlog`i,devor yoriqlaridagi,kakkuqush 
boshqa qushlar oziqlanmaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda 
yeydi. 
Uy parrandalari 
yovvoyi turlardan kelib chiqqan.Odamlar ularni 
boqib,qo`lga o`rgatgan,davrlar o`tib,xonakilashtirilgan.Tovuqning og`irligi 2 
kg dan 4kg gacha bo`ladi,ona tovuq 10-15 tagacha tuxumni 20-25 kun 


bosib yotadi,jo`jalar 3-4 oyda voyaga yetadi.Yovvoyi o`rdak ucha oladi 
og`irligi 2 kg,xonaki o`rdak 3 kg va undan ortiq,2-3 kunda bitta tuxum 
qo`yadi,yirik bo`ladi. 
G`oz ko`rinishidan o`rdakka o`xshash,lekin gavdasi katta,bo`yni uzun 
,og`irligi 5 kg dan ortiq,bir mavsumda 30-50 ta tuxum qo`yadi,baliq va 
boshqa jonivorlar bilan oziqlanadi. 
Kurka dumini yelpig`ichga o`xshab ko`tarib yuradi,boshi va bo`yni yuqori 
qismi patsiz,terisi g`uddali bo`ladi,10 kg va ortiq,bir yilda 70-90 ta tuxum 
qo`yadi. 
Sigir o`rtacha 15-20 yil yashaydi,8-10 l sut beradi,buzoqlar 2-3 yilda voyaga 
yetadi,qo`y 10-15 yil yashaydi,qo`zichoqlar 1 yilda voyaga yetadi,hisor 
qo`ylari eng yirik zotli qo`ylar ,ular go`sht va yog`I uchun boqiladi.Qorako`l 
qo`yning terisidan telpak,palto yengi va yoqalari tikiladi. 
Dunyoda otlarning 200 dan ortiq turi mavjud.O`zbekistonda 
“Q
or
abayir”,”Arabi”,”Vladimir” otlari bor,biya bitta,ayrim hol
larda ikkita 
bolalaydi,2-3 yoshgacha bo`lgan otning bolasi toy deyiladi. 
Baliqlar-suvga tuxum qo`yadi,ular to`p-to`p bo`lib hayot 
kechiradi,delfinning rangi chiroyli,yon tomonidan suzgichlari 
o`tkirlashgan,orqasidagi suzgichi egilgan,tumshug`i uzun,bitta guruhda 20-
100 ta delfin bo`ladi.birortasi yaralansa,kasal bo`lsa bir nechta delfin unga 
yordam beradi,qiziquvchan va o`yinqaroq delfin suvdan sakrab,kemalarni 
kuzatadi,baliqlar bilan oziqlanadi. 
Kit yer yuzidagi eng yirik hayvon,eng kattasi ko`k kit,uzunligi 32 
metr,og`irligi 145 tonna,mayda planktonlar,baliq,krill kabi suv hayvonlarini 
tutib yeydi. 
Baqa ko`proq suvda yashaydi,kasallik tarqatuvchi chivinlar bilan 
oziqlanadi,ko`lmak suv va botqoqliklarga tuxum qo`yadi,qurbaqalar suv va 
quruqlikda yashaydi,sakrab yoki qadamlab yuradi,kunduzi nam joylarda 
yashirinib yotadi,kechasi ovga chiqadi,suvga tuxum qo`yadi. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə