4-mavzu. Agrokgonsalting xizmatini tashkil etishniig asosiy yo’nalishlari va usullari Reja


Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilg`or texnologiyalari va usullari



Yüklə 129,15 Kb.
səhifə10/10
tarix19.12.2023
ölçüsü129,15 Kb.
#152696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 мавзу[1]

Agrokonsalting faoliyatini tashkil etishning ilg`or texnologiyalari va usullari. Konsalting, AMX ko`rsatish yo`llari:

  • tadqiqotlar olib borish;

  • maslahatlar berish;

  • bilimlarni tarqatish;

  • joriy etishga sharoit yaratish va ko`maklashish.

Ma`lumotni etkazish, uzatish, targ`ibot va tashviqot qilishusullari:

  • axborot etkazish va maslahat berish kunlari: ertalab, masalan, har haftaning seshanba kuni ertalab soat 7:00 da markaz ofisida yoki ikki haftada bir marta, tanlangan fermer xo`jaligi hududidagi dala shiyponida yoki "Namunali dala uchastkasi"da;

tanlovlar, ko`riklar va namoyishlar tashkil etish. Ushbu yo`nalishdagi tadbirlarni tuman Fermerlar Kengashi va qishloq fuqarolari yig`ini bilan hamklrlikda o`tkazish maqsadga muvofiq.

  • ma`lumot va xizmatlardan foydalanish, innovatsion g`oya va ilg`or tajribani joriy etishni aks ettiruvchi seminar-treninglar, interaktiv o`quvlar, onlay-internet aloqasini tashkil etish;

  • radio va televedinie orqali eshittirish va ko`rsatuvlar tashkil etish, gazeta, jurnal, axborotnoma va byulletenlarda materiallar chop etish;

  • "Fermerlar dala maktabi"ni ("Namunali dala uchastkasi"ni) tashkil etish;

  • internet veb-saytlarida xabarlar joylashtirish, elektron pochta va uyali telefonlarga davriy va tezkor hamda tavsiyaviy xarakterdagi ma`lumotlar yuborish;

  • iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va erkinlashtirish mavzulari hamda xo`jalik faoliyatini tashkil etish, boshqarish, hisob-kitobini yuritish, ta`minot, resurs va kerdit olish muammolari bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha davra suhbatlari, "onlayn-internet" muloqotlari tashkil etish;

  • xo`jalik faoliyati bilan bog`liq dolzarb masalalar va ular echimi bo`yicha o`kuv-uslubiy va amaliy qo`llanmalar tayyorlash, ularni disklarda tarqatish;

  • fermer xo`jaligida erga ishlov berish, er va suvdan resurstejamkor innovatsion usul va zamonaviy agrotexnologiya- lardan foydalanish bo`yicha davra suhbatlari, o`quvlar tashkil etish va boshqalar.

Fermer va dehqon xo`jaligi rahbarlari hamda qishloq tadbir- korlarining axborot-konsalting va axborot-maslahatlarga bo`lgan talabidan kelib chiqqan holda har bir yo`nalish bo`yicha ma`lu­motlarni quyidagi toifalar bo`yicha takdim etish maqsadga muvofiq:

  • ko`rsatma beruvchi ma`lumot va axborotlar;

  • to`ldiruvchi ma`lumot va axborotlar;

  • bilim va ko`nikmani oshiruvchi ma`lumot va axborotlar;

  • ko`mak beruvchi ma`lumot va axborotlar;

  • axborot almashinuvi maqsadidagi ma`lumot va axborotlar.

Taxlillar markazlarda axborot-konsalting va AMXlari ko`rsatish jarayonida foydalanilayotgan ma`lumotlarga bo`lgan talab tuzilishiga quyidagi omil va holatlar ta`sir etishini ko`rsatmoqdaki, iste`molchilarga xizmat ko`rsatish va axborot- ma`lumotlarni etkazish yoki uzatishda ushbu omillar va holatlarga alohida e`tibor qaratish tavsiya qilinadi:

  • fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting va AMXlariga hamda axborot-ma`lumotlarga bo`lgan talabi ularning moddiy imkoniyati darajasiga mos kelishi (bu masalaga sub`ektiv va ob`ektiv xarakterdagi omillar ta`sirining yuqori-ligi);

  • axborot-konsalting va AMXlari hamda umuman, ma`lumotlarga talabi bo`lgan fermer va qishloq tadbir­korlarining ma`lumoti va bilim darajasi;

  • axborot-konsalting va AMXlari hamda axborot-ma`lumotlarga talabi bo`lgan fermer va qishloq tadbir­korlarining faoliyat turi va ishlab chiqarish yo`nalishi;

  • axborot-konsalting va AMXlari hamda axborot-ma`lumotlarga talabi bo`lgan fermer va qishloq tadbir­korlarining daromadi hamda markazlar taklif etayotgan xizmatlar bahosi;

  • axborot-konsalting va AMXlariga hamda axborot-ma`lumotlarga talabi bo`lgan fermer va qishloq tad- birkorlarida komp’yuter vositasining mavjudligi, ularning internet tarmogiga ulanganligi va undan foydalanish darajasi;

  • takdim etilayotgan axborot va ma`lumotlarning yangiligi, zamonaviyligi va miqdori hamda hajmi;

  • axborot va ma`lumotlarni etkazish usuli va vositasi;

  • axborot va ma`lumotlarni yangilash davriyligi va muddati;

  • axborot va ma`lumot xizmatlari ko`rsatish tur va xillari va boshqalar.

Qishloq hududlarida fermer va qishloq tadbirkorlarining AKXlariga bo`lgan talabini quyidagi usullar yordamida aniqlash maqsadga muvofiq:
1-usul. Axborot-konsalting markazlari xizmatlariga bo`lgan talab fermer va dexqon xo`jaliklari, shuningdek, boshqa tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida maxsus so`rov (anketa), uchrashuv, ko`rgazma, namoyish, tanlov va ko`riklar o`tkazib, xizmatlar turi, yo`nalishi va ko`lamini o`rganish orqali aniqlash.
2-usul. Axborot-konsalting markazi xodimlari tomonidan kelgusi yil uchun hududda faoliyat yuritayotgan fermer va qishloq tadbirkorlaridan buyurtmamalar yig`ish usuli orqali aniqlash.
3-usul.Hisobot yilida hududda haqiqatda ko`rsatilgan xizmatlar har bir turining hajmidan kelib chiqqan holda yoki har bir xizmat turi bo`yicha o`tgan yil rejasining bajarilishini o`rganish asosida talabni aniqlash.
Tadqiqotlar ko`rsatishicha, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi mavjud axborot-konsalting markazlari aksariyat hollarda uchta katta yo`nalishda faoliyat ko`rsatmoqtsa:
1-yo`nalish. Turli xil yo`nalishlarda fermer va dehqon xo`jaliklari va boshqa agrar tadbirkorlik sub`ektlariga maslahatlar berish bilan shug`ullanayotgan markazlar. Jumladan, agronomiya va tuproq unumdorligi, o`simliklarni himoya qilish, ilg`or agrotexnologiyalar, naslchilik ishlari, irrigatsiya va melioratsiya bo`yicha va boshqalar.
2-yo`nalish. Moliyaviy, buxgalteriya va huquqiy hujjatlarni tayyorlab berish hamda ular talabnomalari asosida xizmat ko`rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo`yicha to`lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko`rsatish yo`nalishlarida faoliyat yuritayotgan markazlar. Masalan, biznes-rejalar tayyorlab berish, bankdan kredit olish uchun hujjatlar tayyorlab berish, investitsiya uchun texnik-iqtisodiy asosnoma tayyorlash, buxgalteriya xizmatlarini bajarish va boshqalar.
3-yo`nalish. Qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini va boshqa iste`molchilarni turli xildagi ma`lumotlar va axborotlar bilan ta`minlash yo`nalishlarida faoliyat ko`rsatayotgan markazlar. Jumladan, qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxlari, moddiy- texnika resurslari narxlari, yangi texnika vositalari va ilg`or texnologiya va biostimulyatorlar, iqlim o`zgarishi, ob-havo va boshqalar to`g`risidagi ma`lumotlar.
Axborot-konsalting markazlari faoliyatining barqaror bo`lishiga quyidagi omillar ta`sir etmoqda:
- ichki omillar: ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish xususiyati bilan bog`liq omillar;

  • tashqi omillar: to`g`ridan-to`g`ri ta`sir etuvchi omillar, ya`ni axborot-maslahat olish-etkazish usuli, shakli, bu borada joriy etilgan tartib-qoida, ular davriyligi va muddatlari;

  • ob`ektiv va sub`ektiv omillar: moliyaviy, pul, kredit, soliq tizimi qonunchilik bazasi, ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish)dagi o`zgarishlar, AMX ko`rsatishda mehnat va xizmatlarga haq to`lash tizimi hamda uni tashkil qilish shakllari; kadrlar malakasi, bilimi, ma`lumot va texnik ta`minot bazasi, aylanma kapitalining mavjudligi va boshqalar.

Axborot-konsalting markazlarining faoliyat funktsiyasi va xizmatlar yo`nalishi quyidagilardan iborat bo`ladi:

  • o`qitish, qayta o`qitish, kasbiy mahorat va malakasini oshirish;

  • ilmiy-amaliy, ilmiy-uslubiy xizmatlar ko`rsatish;

  • axborot ta`minoti xizmatlari ko`rsatish;

  • maslahat xizmatlari ko`rsatish;

  • innovatsiya va ilg`or tajriba, ish uslubi, texnologiya va ishlab chiqarish(xizmat ko`rsatish) borasida maslahatlar berish, uni amalga oshirish-o`zlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratishga yordam berish, xizmat ko`rsatish;

  • reklama va targ`ibot ishlarini (vakolati va qonun doirasida) olib borish borasida xizmat ko`rsatish;

  • ko`rgazmalar, ko`riklar, namoyishlar va tanlovlar tashkil etish;

  • on-layn video anjumanlari, mavsumiy-davriy va maxsus ruknlar hamda mavzular bo`yicha anjumanlarini tashkil etish;

  • xorijiy investorlarni axborot bilan ta`minlash, ularga istiqbolli loyihalar va investitsiya faoliyatining me`yoriy-huquqiy asoslari haqidagi ma`lumotlarni takdim qilish;

  • xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar o`rtasida uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish va boshqalar.

Istiqbolda axborot-konsalting markazida xizmat turlarini kengaytirish va xizmatlardan foydalanuvchilar sonini ko`paytirish asosida markaz daromadini oshirish maqsadida tashkiliy jihatdan quyidagilar tavsiya etiladi:

  • manfaatdor tashkilot va idoralar bilan viloyat, mintaqa va mezo darajada "Innovatsion xizmatlar ko`rgazmasi"ni tashkil etish;

  • hududlarda mahalliy sharoitlarda innovatsion g`oya, ilg`or tajriba va fan yangiliklarini amaliyotda qo`llab kelayotgan ilg`or va yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishgan fermer xo`jaliklari bazasida davra suhbatlari va taqdimotlar tashkil etish;

  • tanlab olingan hududlarda ilg`or tajriba va innovatsion ishlanmalarni joriy etgan fermer xo`jaligi dalasida "Fermerlar dala maktabi"ni tashkil etish;

  • tanlab olingan hududlarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer va dexdon xo`jaliklari, xususiy korxona chorvachilik fermasi bazasida "CHorvador maktabi"ni tashkil etish;

  • ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomasi asosida davlat grantlariga loyihalar tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish va boshqalar.


1 For a fine account of the history of management consulting see H. J. Klein: Other people's business: A primer on management consultants (New York, Mason-Charter, 1977); and P. Tisdall: Agents of change: The development and practice of management consultancy (London, Heinemann, 1982).

2Kubr M. Management consulting. Geneva. 2002


3 Мухторов А.Х. “Қишлоқ хўжалигида ахборот консалтинг хизмати кўрсатишни ташкил этиш” Амалий қўлланма- Тошкент. Адабиёт учқунлари, 2016 йил

4 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill,
2008. page 41

Yüklə 129,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə