4-mavzu. Sezgi. Idrok reja


Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari



Yüklə 194,51 Kb.
səhifə3/15
tarix19.12.2023
ölçüsü194,51 Kb.
#152710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4-mavzu. Sezgi. Idrok reja

4.3. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari. Sezgilar qaysi a`zolar yordamida hosil qilinishiga qarab, quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul-harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Ular sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab tavsiflanadi.
Jahon psixologiyasi fanining so`nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko`rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo`ladi.

  • Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya`ni ekstroreseptiv sezgilar;

  • Ichki tana a`zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a`zolarida, to`qimalarda joylashgan sezgilar, ya`ni interoreseptiv sezgilar.

  • Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma`lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya`ni proprioreseptiv sezgilar.

Sezgilarning tasnifi va bu boradagi tadqiqotlarni tahlil qilamiz. Dastlabki mulohazalar interoreseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoreseptiv sezgilar asl, tub, ma`nodagi sezgilar emas, balki emosiyalar bilan sezgilar o`rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo`ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to`la o`rganilmaganligi sababli uni "noma`lum hislar" deb atalgan. Bu asosan ichki organlarning xastaliklarida vujudga keluvchi holatlarni diagnostika qilishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Interoreseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interosepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o`rganilgan. Ularning fikriga ko`ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi

Yüklə 194,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə