4-mavzu. Transport xizmatlarni bron qilishning asosiy tizimlari. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


Bronlash – biror kimsa yoki narsa uchun atab, band qilib qo‘yish



Yüklə 55,65 Kb.
səhifə2/11
tarix30.12.2023
ölçüsü55,65 Kb.
#164570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4-mavzu. Transport xizmatlarni bron qilishning asosiy tizimlari.-fayllar.org

Bronlash – biror kimsa yoki narsa uchun atab, band qilib qo‘yish 
demakdir. 
Bugungi kunda jahonda to‘rtta global (dunyo miqyosida) bronlash 
tizimi (Global Distribution Systems – GDS) mavjud. Bular: 


Amadeus, 


Galileo, 
Sabre 
Worldspan. 
Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko‘prog‘ini qamrab 
olgan. Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik 
agentliklarda o‘rnatilgan. Bu tizimlar «oltin to‘rtlik» deb atalishi bejiz emas. 
Jahon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy bronlash 
tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo‘shilish arafasida turgan 
tizimlarga tegishli. 
Bronlash tizimlari bilan ishlashning universal resepti mavjud emas, shu bois
har bir muayyan mehmonxona uchun mijozlarning strukturaviy tarkibini, narx-
navo siyosatini va h.k.ni mufassal tahlil qilish lozim.
Har bir GDS, global tizim ekanligiga qaramay, jahonning muayyan qismida
amal qiladi. Masalan, Amadeus va Galileo eng avvalo, Yevropada, Sabre va
Worldspan esa – Amerikada faoliyat ko‘rsatadi. Sahara tizimi MDH
mamlakatlarida hamda Afrika va Yaqin Sharqning ba’zi bir mamlakatlarida
tarqalgan.
Mustaqil mehmonxonalar uchun global miqyosidagi bronlash tizimlari bilan
ishlashning bir necha variantlari mavjud:

bir yoki bir nechta bronlash tizimlarining terminallarini o‘zida
o‘rnatish va mustaqil ishlash;

bunday xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashgan vositachi kompaniya
bilan shartnoma tuzish;

dunyo miqyosidagi bronlash tizimlari bilan ishlaydigan yirik
turoperator bilan shartnoma tuzish.
Mehmonxonada o‘z GDS terminallarini o‘rnatish eng murakkab va qimmat
yechimdir. Uni amalga oshirish uchun mehmonxona bronlash tizimlari bilan
shartnomalar tuzishi, aloqa tarmoqlarini o‘tkazishi, kerakli asbob-uskunalarni
o‘rnatishi, xodimlarga ularda ishlashni o‘rgatishi va boshqa ko‘plab shunga
o‘xshash ishlarni amalga oshirishi lozim.
Qilingan sarf-xarajatlar yaqin kelajakda o‘zini oqlashi uchun GDSdan
muttasil ravishda ko‘plab buyurtmalar olish lozim. Binobarin, bunday yondashuv
faqat o‘z mehmonxonalar tizimiga ega bo‘lgan mehmonxonalar tarmoqlari uchun
o‘rinlidir. Shu bois GDS bilan mustaqil mehmonxonalarning ishlash holatlari
deyarli ma’lum emas.
Vositachi kompaniya (provayder) orqali ishlash ancha yengil va arzondir.
Bundan tashqari, qoida tariqasida, maxsus asbob-uskunalar o‘rnatish, maxsus
ajratilgan aloqa tarmoqlarini o‘tkazish va mehmonxonaga xos bo‘lmagan boshqa
funksiyalarni bajarish talab etilmaydi. Mehmonxonani, uning nomerlarini,
narxlarni mufassal tavsiflovchi so‘rovnomani to‘ldirish va bronlashga tasdiqnoma
kelishini (odatda faks orqali) ko‘tish kifoyadir.
Provayder xizmatlari haqi bir yilda bir necha yuz dollardan bir necha ming
dollarga yetishi mumkin. Har bir sof (ya’ni amalga oshirilgan va bekor
qilinmagan) bronlash uchun qayd etilgan haq (taxminan 10 AQSH dollari) olinadi.



Vositachi kompaniya funksiyasiga (tegishincha mehmonxona harajatlariga ham)


bronlashni amalga oshiruvchi turistik agentlarga vositachilik haqi to‘lash kiradi.
Vositachilik haqi miqdorini har bir mehmonxona har xil belgilaydi. Odatda uning
miqdori bronlash summasining 10% ni tashkil qiladi.

Yüklə 55,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə