4-mavzu. Xo‘jalik operatsiyalarida ikkiyoqlama yozuv. Reja


Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi



Yüklə 283,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix27.03.2022
ölçüsü283,44 Kb.
#84776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4 ва 5мавзу маъруза

Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi 

№ 

Schyotlar turkumlanishi 

xususiyatlari 

Xususiyatlardan kelib chiqqan holda 

schyotlar tarkibi 

1. 


Schyotlarning tuzilishiga 

ko‘ra 


Doimiy schyotlar 

Aktiv (A) 

Passiv (P) 

Vaqtinchalik 

schyotlar 

Tranzit schyotlar (T) 

Balansdan tashqari schyotlar (BT) 

2. 


Ko‘rsatkichlarni aks 

ettirilishiga ko‘ra 

Sintetik schyotlar 

Analitik schyotlar 

3. 

Balansda aks ettirilishiga 



ko‘ra 

Balans schyotlari 

Balansdan tashqari schyotlar (BT) 

4. 


Tayinlanish– mo‘ljaliga 

ko‘ra 


Asosiy schyotlar 

Aktiv schyot (A) 

Passiv schyot (P) 

Tartibga soluvchi 

schyotlar 

Kontr-aktiv (KA) 

Kontr-passiv (KP) 

To‘ldiruvchi schyotlar 

Taqsimlovchi 

schyotlar 

Yig‘ib taqsimlovchi 

Hisobot davrlari 

bo‘yicha taqsimlovchi 

Kalkulyatsiya schyotlari 

Taqqoslovchi schyotlar 

Doimiy schyotlar - bu hisobot davri oxiriga saldoga ega bo‘lib, buxgalteriya 

balansida aks ettiriladigan aktivlar, majburiyatlar, sarmoyalar schyotlaridir.  



Aktiv  schyot  (A)  -  bu  aktivlarni  aks  ettirishga  mo‘ljallangan  schyot  bo‘lib, 

unda iqtisodiy resurslarning qoldig‘i va ko‘payishi schyotning debetida, kamayish 

esa kredit bo‘yicha aks ettiriladi. 

Passiv schyot (P) - bu majburiyat va sarmoyani aks ettirishga mo‘ljallangan 

schyot bo‘lib, unda majburiyat va sarmoyaning qoldig‘i va ko‘payish schyotining 

krediti bo‘yicha, kamayish esa debet bo‘yicha aks ettiriladi. 

Kontr-aktiv  schyot  (KA)  -  bu  u  bilan  bog‘lik  bo‘lgan  aktiv  schyotning 

saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi 

schyotdir. 

Kontr-passiv  schyot  (KP)  -  bu  u  bilan  bog‘lik  bo‘lgan  passiv  schyotning 

saldosidan  chegiraladigan  moliyaviy  hisobotda  majburiyat  yoki  sarmoyaning  sof 

qiymatini aks ettiruvchi schyotdir. 

Tranzit schyotlar (T) - bu hisobot davrida foydalaniladigan, lekin yopiladigan 

Moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobotda  aks  ettiriladigan  hisobot  davri  oxiriga 

qoldiqqa ega bo‘lmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik schyotlaridir. 

Balans  schyotlari  deb,  balansda  qatnashadigan  schyotlarga  aytilib,  ular 

bo‘yicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi. 

Balansdan tashqari schyotlar (BT) - bu korxonaga qarashli bo‘lmagan, lekin 

vaqtinchalik  tasarrufida  bo‘lgan,  aktivlarning  mavjudligi  va  harakati,  shartli 

huquqlar  va  majburiyatlar  haqidagi  axborotni  umumlashtirishga  mo‘ljallangan 

schyotlardir.  Bu  schyotlar  boshqa  schyotlar  bilan  o‘zaro  bog‘lanmaydi  va 

korxonaning hisobotida aks ettirilmaydi. 

Sintetik schyotlar xo‘jalik mablag‘lari va ular manbalari haqida umumiy va 

qiymat  ko‘rinishidagi  ma’lumotlarni  olish  maqsadida  hisob  yuritishga 

mo‘ljallangan. 

 Analitik  schyotlar  ma’lumotlari  xo‘jalik  mablag‘lari  va  ularni  manbalarini 

nafaqat  qiymat,  balki  natura  hamda  mehnat  o‘lchovi  birliklarida  yuritishga 

mo‘ljallangandir.    Analitik  schyotlar  bo‘yicha  buxgalteriya  provodkalari  amalga 

oshirilmaydi. 

Korxona  ba’zi  xo‘jalik  mablag‘lari  hisobini  yuritishda  bir  necha  bahodan 

foydalanish zaruriyati tug‘iladi. Shunday mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari 

hisobini yurituvchi schyotlar tartibga soluvchi schyotlar deb ataladi. 

To‘ldiruvchi  schyotlar  tegishli  mablag‘  va  ular  tashkil  topish  manbalari 

hisobini  yuritishga  mo‘ljallangan  schyot  ma’lumotlarini  to‘ldirish  uchun 

mo‘ljallangan. 

Taqsimlovchi  schyotlar.  Bu  schyotlar  korxonaning  ba’zi  bir  xarajatlarini 

hisobga  olish  va  ularni  kalkulyatsiya  obyektlari  yoki  hisobot  davrlari  o‘rtasida 

to‘g‘ri taqsimlash maqsadida qo‘llaniladi  

Yig‘ib  taqsimlovchi  schyotlar.  Bu  schyotlar  ma’lum  xo‘jalik  jarayonidagi 



xarajatlarni  bir  oy  davomida  hisobga  olish,  bu  xarajatlarni  iqtsiodiy  mazmuniga 

qarab,  guruxlashtirish  va  ularni  kalkulyatsiya  obyektlari  o‘rtasida  oldindan  qabul 

qilingan biror bazisga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlash uchun xizmat qiladi. 

Kalkulyatsiya  schyotlari  korxona  faoliyatida  mahsulotlar,  sotilgan  tovarlar, 

bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlar hisobini 

yuritishga mo‘ljallangan. 

Taqqoslovchi  schyotlar  ayni  bir  muomalalar  yoki  korxonaning  butun  bir 

moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijasini aniqlash uchun ishlatiladi. 

Xo‘jalik  mablag‘lari  turi  va  joylanishini  ko‘rsatuvchi  aktiv  schyotlarning 

xususiyati  shundaki,  mablag‘larning  ko‘payishi  debet,  mablag‘larning  kamayishi 

esa schyotning kredit tomonida aks ettiriladi.  

Aktiv schyot xususiyatini quyidagi chizmada yaqqol ko‘rishimiz mumkin: 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 283,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə