4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


-ilova Blis-so’rov savollari



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə15/63
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#181649
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

1-ilova
Blis-so’rov savollari.

1. Gulli o’simliklarning er yuzasida ustunli.


2. Gulli o’simliklar sistematikasi.
3. Gulli o’simliklar kelib filogenetik sistemasi?
4. Magnoliyatoifalar bo’limi klassifikatsiyasi?
5.Magnoliyasimonlar va lolasimonlar sinfi?
6.Magnoliyadoshlar oilasi, vakillari?
7.Ayiqtovondoshlar oilasining sistematik va turkum vakillariga ta’rif bering?
8.Oilaning chorvachilikda oziqa sifatida qullanishi?


2-ilova

Magnoliyatoifa o’simliklar yoki
Gulli yoki yopiq urug`li o’simliklar (Magholio
Phyta, Anqiospermae yoki Anthophyta). bo’limi




REJA:

1.Magnoliyafitlar bо‘limining о‘ziga xos xususiyatlari


2.Gulli о‘simliklarning kelib chiqishi xaqidagi nazariyalar.
3.Magnoliyatoifalar bо‘limi klassifikatsiyasi.
4.Magnoliyadoshlar oilasining sistematik belgilari, tarqalishi va kо‘payishi, asosiy vakillari.
5. Ayiqtovondoshlar oilasining sistematik belgilari.
6. Asosiy turkum vakillari, tarqalishi va kо‘payishi.

Tayanch iboralar:


Magnoliyatoifa yoki yopiq urug‘li o’simliklar bo’limi
(Angiospermae yoki Magnoliophyta)
Bu bo’lim 250000 dan 300000 gacha turga ega bo’lib, yuksak o’simliklarning 80 % ni tashkil etadi. Bo’limning ba’zibir vakillari juda katta, gigant daraxtlar bo’lib, bo’yi 100 metrdan ham baland bo’lib, tanasining aylanasi esa 20 metrgacha bo’ladi (gigant evkalipt). Shu bilan birga ba’zi vakillari juda ham mayda - kichkina, kattaligi 1 mm bo’lishi mumkin (suvda suzuvchi - ryaska o’simligi).
Gulli o’simliklar bo’limi daraxt, buta, chalabuta ko’p yillik va bir yillik o’t o’simliklari bo’lishi bilan birga, tropik o’rmonlarda chirmashib o’suvchi lian va epifit o’simliklarga ega.
Umuman olganda, bu bo’lim vakillari 100 mln. yildan ortiq yil mobaynida quruqlikda ustunlik, xukmronlik qilib kelmoqda.
Bu bo’lim, oz bo’lsada, saprofit va parazit holda yashovchi vakllarga ham ega.
Yopiq urug‘li o’simliklar urug‘i meva ichida bo’lishi, changchi va urug‘chiga ega bo’lgan gulning bo’lishi, ularning xilma - xil yo’llar bilan changlanishi, qo’sh urug‘lanishning kuzatilishi va shuningdek urug‘ kurtakning urug‘ga, tutunchaning esa mevaga aylanishi kabi o’ziga xos belgilarga egadir.
Zamonaviy botaniklarning ko’pchiligi gulli o’simliklarkni monofiletik yo’l bilan kelib chiqqan deb, hisoblaydilar.
Gul va yopiq urug‘li o’simliklarning kelib chiqishi haqida ikki nazariya mavjud. Bo’lar ichida qadimiy, XX asrda avstraliyalik botanik Rixard Vetteshteyin tomonidan taqdim etilgan psevdant - soxta gul nazariyasidir. Bu nazariyaga asosan gul efedranomalar, gnetnamolar qabilasiga mansub bo’lgan erkak va urg‘ochi g‘uddalaridan (to’pgulidan) vujudga kelgan (mayda, ko’rimsiz gullar).
Ikkinchi nazariya esa - evant (haqiqiy gul) nazariya bo’lib, bunga asosan gul, bennetitsimonlarning shakli o’zgargan strobilidan iborat bo’lib, o’qning uchki qismining shakli, vazifasi o’zgarib gul kosachaga aylangan (gullari yirik, gul kosachalariga ega).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə