5- ma’ruza: IX-XII asrlarda Movarounnahrda fan va madaniyat. So‘fiylik ta’limoti Reja



Yüklə 461,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix02.04.2022
ölçüsü461,08 Kb.
#84957
1   2   3   4   5   6   7   8
5-maruza matni Документ Microsoft Word (3)

 

IX-XII


 

asrlarda  Movarounnahr  va  Xurosonda  sodir  bo‘lgan  o‘ta  murakkab 

siyosiy  vaziyatning  rivoji,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  o‘zgarishlar  mamlakat  madaniy 

hayotiga ham kuchli ta’sir etdi. 

 Ma’lumki,  Movarounnahr  istilo  qilinib,  xalifalikka  qo‘shib  olingach,  zabt 

etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islom dinigina emas, balki 

arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili edi. 

Shuningdek, Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan ko‘p jihatdan 

arab  tilining  mohiyati  oshib,  uni  o‘zlashtirishga  bo‘lgan  intilish  kuchli  bo‘ldi. 

Islomni  qabul  qilgan  aholining  ko‘pchilikka  arab  tili  bilan  muloqoti,  garchi  faqat 

ibodat vaqtlarida Qur’oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-

da, ammo mahalliy mulkdorlar arab tilini xalifalik ma’murlari bilan yaqinlashish va 

mamlakatda  o‘z  siyosiy  mavqelarini  tiklab,  uni  mustahkamlashning  asosi  deb 

hisoblardilar. Uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday 

ehtiyoj  va  intilish  tufayu  ko‘p  vaqt  o‘tmay  Movarounnahrda  ham  hatto  o‘z  ona 

tilidan  ko‘ra  arab  tili  va  yozuvini  yaxshiroq  o‘zlashtirib  olgan  bilimdonlar  paydo 

bo‘ladi.  Davlatni  boshqarishda  abbosiylar  ma’muriyati  ayniqsa  ko‘plab  bilimdon 

siymolarga  muhtoj  edi.  Chunki  arablar  orasida  bu  paytda  davlat  ishiga  yaroqli 

bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi. 

Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan 

asarlar  yo‘q  qilinib,  yerli  bilimdonlar  quvg‘in  ostiga  olib  turilgan  bir  paytda  bu 

mamlakatlarning  ko‘pgina  tolibi  ilmlari  xalifalikning  markaziy  shaharlari: 




Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod 

qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm 

va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar 

uyi») - islom Sharqining o‘z davridagi Fanlar Akademiyasi tashkil etilgan edi. «Bayt 

ul-hikma»  da  katta  kutubxona  hamda  Bag‘dodda  va  Damashqda  astronomik 

kuzatishlar olib boriladigan rasadxonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan 

tolibi ilmlar tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon va hind olimlarining ilmiy 

merosini o‘rganish va asarlarini arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanardilar. Bu 

yerda Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Xabash Marvaziy va Abul Abbos 

Javhariy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asr ilm-u faniga 

katta hissa qo‘shadilar.

1

 



Muso al-Xorazmiy qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. Dastlabki 

savod  va  turli  sohadagi  bilimlarini  u  o‘z  ona  yurti  Xorazm  va  Movarounnahr 

shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Ma’mun zamonida (813-

833) «Bayt ul-hikma» da mudir sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Xorazmiy zamondosh 

olimlar  bilan  birgalikda  yer  aylanasining  uzunligi  -  radiusini  hamda  geografik 

xaritalar  tuzish  kabi  masalalar  bilan  mashg‘ul  bo‘ldi.  Zamonasining  mashhur 

matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shdi. Xorazmiy 20 

dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar: 

«Aljabr va al-muqobala» hisobi haqida qisqacha kitob; «Hind hisobi haqida», ya’ni 

arifmetik  asar;  «Kitob  sural  ul-arz»,  «Yer  surati»  haqida  geografiyaga  oid  kitob; 

«Zij»  va  «Usturlob  bilan  ishlash  haqida  kitob»  kabi  astronomiyaga  oid  asarlar; 

shuningdek  «Kitob  at-tarix»,  «Yahudiylarning  taqvimi  va  bayramlarini  aniqlash 

haqida  risola»  nomlari  bilan  atalgan.  Xorazmiy  merosida  ayniqsa  «Aljabr  va  al-

muqobala»  kitobining  ilmiy  ahamiyati  nihoyatda  buyukdir.  Bu  kitobi  bilan  u 

matematika  tarixida  birinchi  bo‘lib  algebra  faniga  asos  soldi.  Xorazmiyning  bu 

risolasi  XII  asrdayoq  Ispaniyada  lotin  tiliga  tarjima  qilinadi  va  qayta  ishlanadi. 

Vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos solib, tarixda o‘zidan o‘chmas iz 

qoldirdi. 

 «Bayt ul-hikma» da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, 

matematik va geograf Ahmad al-Farg‘oniydir. U Farg‘onada tavallud topgani uchun 

Sharqda Al-Farg‘oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U 

awal  Matu,  so‘ngra  Bag‘dod,  Damashq  va  Qohira  shaharlarida  astronomiya, 

matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar 

yozib  qoldirdi.  U  asosan  Damashqdagi  rasadxonada  osmon  jismlari  harakati  va 

o‘rnini aniqlash yangicha «zij», ya’ni astronomik jadval yaratish ishlariga rahbarlik 

qildi . 832-833-yillarda Suriyaning shimolida Sanjar dashtida va ar-Raqqa oralig‘ida 

yer  meridianining  bir  darajasini  uzunligini  o‘lchashda  qatnashdi.  861-yilda  uning 

rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi 

sohilida qurilgan qadimgi gidrometr - daryo oqimi sathini o‘lchagich «Miqyos an-

Nil»  inshooti  va  uning  darojoti  qayta  tiklandi.  Ahmad  Farg‘oniy  tarixda 

birinchilardan bo‘lib Yerning dumaloqligini isbotlab bergan olimdir. 

                                                 

1

 Eshov B. O’zbekiston davlatchiligi tarixi. T., “Marifat”, 2009. 48 b. 




Dunyoviy  fan  olimlari  bilan  b\r  qatorda  bu  davrda  islom  ta’limoti  va 

mafkurasining  takomili  yo‘lida  movarounnahrlik  muhaddis  ulamolarning  ham 

xizmati  katta  bo‘ldi.  Bu  borada  ayniqsa  Imom  al-Buxoriy,  uning  zamondoshi  va 

shogirdi Iso Termiziy - (Abu Iso Muhammad at-Termiziy - 824-894-u. u.) laming 

hissasi  nihoyatda  buyukdir.  Birgina  Imom  al-Buxoriy  islom  ta’limotiga  oid 

yigirmadan ortiq asar yozdi. Uning «Jomi’ as-Sahih» nomli shoh asari musulmon 

Sharqida qariyb o‘n ikki asr davomida islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi 

asosiy  manba  sifatida  yuqori  baholanib  kelinmoqda.  Bu  bebaho  asarga  kiritilgan 

7275 hadislar va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p sharhlarda faqat shariat ahkomlariga 

oid  qoidalargina  ifodalanilmay,  balki  inson  ma’naviy  kamolotining  ramzi 

hisoblanilgan  mehr-muhabbat,  hurmat-u  izzat  hamda  o‘zaro  tinch-totuvlik  kabi 

insoniy fazilatlar haqida ma’lumotlar berilgan. 

Bu  davrda  Movarounnahr,  Xuroson  va  Xorazmdan  xalifalikning  markaziy 

shaharlariga  borib,  fanning  turli  sohalarida  ijod  qilgan  olimlardan  tashqari 

madaniyatning deyarli barcha sohalari bo‘yicha ham yetuk ustod-u shogirdlarning 

soni Bag‘dod shahrida oz emas edi.  

Abu  Mansur  al-Moturidiy.  Hadis  va  fiqh  olamining  ravnaqiga  ulkan  hissa 

qo‘shgan buyuk alloma Abu Mansur al-Moturidiy taxminan 870 yilda Samarqand 

yaqinidagi Moturid qishJog‘ida tugildi. Al-Moturidiy islomiy odob qoidalari, shariat 

qonunlari, ma’naviy-axloqiy kamolot sirlaridan ta’lim berishga mo‘ljallangan qator 

asarlar yozgan bo‘lsa-da, uning eng muhim «Kitob at-Tavhid» («Allohning birligi») 

va «Ta’vilot ahl as-sunna» nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Bu asarlar ilohiyot 

ta’limotining eng qadimiy asarlaridan bo‘lib, alohida ilmiy va nazariy ahamiyatga 

egadir  Moturidiy  asos  solgan  ta’limot  kishilarni  yaxshilikka,  rostgo‘ylikka,  sabru 

qanoat-ga,  sharm-hayoga,  oliyhimmatlikka,  vatanni  sevishga  chorlaydi.  Al-

Moturidiy  944  yilda  Samarqandda  vafot  etgan  va  shahar  yaqinidagi  Chokardiza 

qabristonida dafn etilgan. 

Somoniylar  davlatining  tashkil  topishi  va  Xorazmning  yuksalishi  siyosiy 

barqarorlik va iqtisodiy ko‘tarilish madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Bu 

davr  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu  Abdulloh 

Xorazmiy,  Mahmud  Zamaxshariy  va  Muhammad  Narshaxiy,  Rudakiy,  Daqiqiy, 

Abulqosim  Firdavsiy  kabi  jahon  fani  va  madaniyati  taraqqiyotiga  ulkan  hissa 

qo‘shgan buyuk siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi. 

Abu Nasr Forobiy 873-yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan 

Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan. U awal ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro 

va  Bag‘dodda  bilim  olgan.  Umrining  oxirlarida  Xalab  va  Damashq  shaharlarida 

yashagan,  950-yilda  vafot  etgan.  Forobiy  riyoziyot,  falakiyot,  tabobat,  musiqa, 

mantiq, falsafa, tilshunoslik, tarbiyashunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 

160 dan ortiq asar yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular 

orasida Arastuning «Metafizika» asariga sharh», «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga 

erishuv  haqida»,  «Tirik  mavjudot  a  ‘zolari  haqida»,  «Shaharlar  ustiga  siyosat 

yurgizish»  va  boshqa  ko‘pgina  asarlari  bo‘lgan.  Forobiy  bilimli,  ma’rifatli,  fikr-

mulohazalarining  kengligi  va  mantig‘ining  teranligi  tufayli  Sharqda  Arastudan 

keyingi  yirik  mutafakkir  -  «Muallimus-soniy»,  («Jkkinchi  muallim»)  nomi  bilan 




shuhrat topdi. Forobiy ilk o‘rta asr sharoitida aql va ilm g‘alabasi, ma’naviy ozodlik, 

inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan buyuk siymo edi. 

Bu davrning ulug‘ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980-

yilda  Buxoro  yaqinidagi  Afshona  qishlog‘ida  mahalliy  amaldor  oilasida  dunyoga 

keldi. Besh-o‘n yoshlarida  maktabda ta’lim oladi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu 

Abdulloh-dan  mantiq,  falsafa,  riyoziyot  va  fiqh  ilmlarini  o‘rganadi.  O‘n  olti 

yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy asarlarini 

mustaqil  o‘rganadi.  Ayniqsa  u  tabobat  ilmining  qadimgi  allomalari  Gippokrat  va 

Golen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu Bakr ar-Roziy 

(864-925)  ning  asarlarini  puxta  o‘rganadi.  Ibn  Sino  o‘n  yetti  yoshidayoq  e’tiborli 

hakim va olim bo‘lib yetishadi. IX asrning oxiri va X asr boshlarida Movarounnahr 

va Xurosonda yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino o‘z ona shahri Buxoroni tark 

etib, avval Urganchda, Xorazmshoh Ma’mun saroyidagi olimlar qatoridan joy oladi. 

So‘ngra Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib ketadi. U 

umrining  oxirigacha  Obivard,  Go‘rgon,  Ray,  Qazyin,  Isfaxon  va  Xamadon 

shaharlarida  hukmdorlar  qo‘l  ostida  tabiblik  va  vazirlik  qiladi.  1037-yilda 

Xamadonda vafot etadi. 

Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha uch yuzdan ortiq 

asarlar yozdi. Uning «Al-qonun fit-tib» asari XII asrdayoq lotinchaga tarjima qilinib, 

to XVII asrgacha Yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma sifatida foydalanilgan. O‘rta 

asrning buyuk allomasi Sharqda «Shayx ur-rais», G‘arbda esa «Avitsenna» nomlari 

bilan shuhrat topdi.

2

 

Beruniy. O‘sha zamonda Urganchda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlardan 



bin Abu Rayhon Beruniy (973-1048) edi. U Xorazmda tug‘ilib, dastlab Urganchda 

ta’lim  olgan.  Uzoq  yillar  Go‘rgonda  yashagan.  So‘ngra  Xorazmshoh  Ma’mun 

saroyida  ijod  qilgan.  1017-yilda  Mahmud  G‘aznaviyning  talabi  bilan  G‘azna 

shahriga  borib  umrining  oxirigacha  shu  yerda  ijod  qilgan.  Beruniy  1048-yilda 

G‘aznada vafot etdi. U falakiyot, geograflya, matematika va tarix fanlari bo‘yicha 

154  ta  ilmiy  asar  yozdi.  Beraniyning  «O‘tmish  avlodlardan  qolgan  yodgorliklar», 

«Hindiston», «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. 

U  o‘zining  falakiyotga  oid  asarlarida  Kopernikdan  qariyb  besh  asr  muqaddam 

Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari 

surdi.  Yerning  dumaloq  shaklda  ekanligini  asoslab  berdi.  U  dunyoning  geografik 

xaritasini tuzdi. Beraniyning ilmiy va falsafry katta merosi shubhasiz jahon fani va 

madaniyati xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. 

Mahmud  Zamaxshariy  (Abulqosim  Mahmud  az-Zamaxshariy  -  1074-1144-

yillarda  yashab  ijod  qilgan).  Bu  davrda  Xorazm  diyorida  yetishib  chiqqan  buyuk 

allomalardan  yana  biri  Mahmud  az-Zamaxshariydir.  U  1074-yilda  Xorazmning 

Zamaxshar qasabasida (qishloqcha) dunyoga kelgan. Dastlab ma’lumotni u otasidan 

oladi.  So‘ngra  madrasada  tahsil  ko‘radi.  Ilmga  bo‘lgan  chanqoqlik  uni  Buxoro, 

Marv, Nishopur, Isfaxon, Shorn, Bag‘dod, Hijoz va Makkada hayot kechirib, arab 

tili  grammatikasi  va  lug‘ati,  maqollari,  urf-odatlarini  chuqur  o‘rganishiga  sabab 

bo‘ldi. Mintaqa geografiyasiga doir ma’lumotlarni to‘playdi.

3

 

                                                 



2

 Irisov A. Ibn Sino. T., 1992. 7b. 

3

 Eshov V.J. Odilov A.A. O’zbekiston tarixi. T., 2014.  




Mahmud  Zamaxshariy  turli  soha  ilmlariga  oid  ellikdan  ortiq  asarlar  yozib 

qoldirdi. Ayniqsa, uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan «Al-

Mufassal»,  xorazmshoh  Otsizga  bag‘ishlangan  «Muqaddamat  ul-adab»,  «Tog‘lar, 

joylar  va  suvlar  haqidagi  kitob»  kabi  asarlari  nihoyatda  ahamiyatlidir.  «Notiqlik 

asoslari» va «Aruzda o‘lchov» (mezon) asarlari qimmatli manbalardan hisoblanadi. 

Zamaxshariyning  Qur’oni  Karim  tafsiriga  oid  «Al-Kashshof»  asari  musulmon 

olamida  ayniqsa  mashhurdir.  Qohiradagi  dunyoga  dong‘i  ketgan  Al-Azxar  diniy 

dorilfununining talabalari «Al-Kashshof» asosida Qur’oni Ka-rimni o‘rganadilar. 

Mahmud Zamaxshariyning keng bilimi, fanning turli sohalariga doir salmoqli 

va mazmundor asarlari u hayot paytlaridayoq musulmon Sharqida unga katta shuhrat 

keltirgan edi. «Arab va g‘ayri arablar ustozi», «Xorazm faxri» kabi sharafli nomlar 

bilan ulug‘langan. U 1144-yilda 70 yoshida Xorazmda vafot etgan. 

Burhonuddin  al-Marg‘inoniy  (1118-1197).  Mashhur  faqih  (huquqshunos) 

Burhonuddin  al-Marg‘inoniy  1118  yilda  Farg‘ona  vodiysining  Rishton 

shaharchasida  tavallud  topgan.  U  Rishton,  Marg‘ilon,  Samarqand,  Buxoro  hamda 

Movarounnahrning boshqa shaharlarida Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallab, 

islom  huquqshunosligi  bo‘yicha  chuqur  bilimga  ega  bo‘ldi.  Al-Marg‘inoniy 

Najmuddin Abu Xafs Nasafiy, Xusomuddin Umar as-Saraxsiy, Abu Umar ibn Al 

Poykandiy,  Ahmad  ibn  Rashid  al-Buxoriy  va  boshqa  ko‘pgina  faqih  ulamolardan 

ilm  o‘rgandi  va  Hadis,  islom  qonunshunosligini  puxta  egallab,  «Boshlovchilar 

uchun  dastlabki  ta’lim»,  «Mazhabning  yoyilishi»,  «Ilmni  ziyoda  qiluvchi  kitob», 

«Inson majbuhyatlari haqida kitob» kabi asarlarni yaratdi. 

Turkiy yozma adabiyot. Bu davrda Movarounnahr, Shosh, Farg‘ona, Yettisuv 

va Sharqiy Turkistonda turkiy xalqlarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki 

adabiyoti bilan bir qatorda, yozma adabiyot yuzaga keladi. Qator didaktik poemalar 

bitildi.  Ammo  ularning  juda  oz  nusxalarigina  bizgacha  saqlangan.  Ulardan  eng 

nodiri  Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»  (Saodatga  boshlovchi  asar)  nomli 

asaridir.  Asarda inson va uning ijtimoiy  mohiyati,  hayotdagi o‘rni va vazifasi har 

tomonlama  tahlil  qilinadi.  «Qutadg‘u  bilig»  da  oddiy  xalq,  mehnatkash  inson 

alohida  ehtirom  bilan  tasvirlanadi.  Yusuf  Xos  Hojib  ayniqsa  dehqonlar, 

chorvadorlar, hunarmand va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. Dehqonlarni u 

hammadan ham yuqori qo‘yadi. «Qutadg‘u bilig» da axloq, odob va ilm-ma’rifatga 

doir  ko‘p  qimmatli  pand-nasihatlar  keltiriladi.  Muallif  rostgo‘ylik,  halollik,  odob, 

sadoqat va sevgi kabi masalalar haqida hikmatli so‘zlar yuritadi. U ilm va ma’rifatga 

saodatning kaliti deb qaraydi. Shuning uchun ham o‘z dostonini «Qutadg‘u bilig» 

deb  ataydi.  Unda  ilm  va  ma’rifatni  targ‘ib  qiladi,  olimlarni  ulug‘laydi,  davlat 

boshliqlarini  ilm-fan  ahllaridan  ta’lim  olishga  va  ularning  maslahatlari  bilan  ish 

ko‘rishga da’vat etadi. 

XII  asrda  turkiy  tilda  ijod  etgan  shoir  va  mutafakkirlardan  yana  bin  Ahmad 

Yugnakiy  (tug‘ilgan  yili  1147-  1150-yillarga  to‘g‘ri  keladi)  va  ikkinchisi  Ahmad 

Yassaviy  (vafoti  1166/67-y.y)  edi.  Ahmad  Yugnakiydan  yagona  adabiy  meros 

«Hibat ul-haqoyiq» nomli asar saqlanib qolgan. U turkiy adabiy tilning qimmatli va 

nodir  yodgorligi  hisoblanadi.  O‘z  asarida  shoir  Yusuf  Xos  Hojib  singari  ilm-fan, 

olim  va  fozillarni ulug‘laydi,  ma’rifatpa^-varlikni targ‘ib  etadi,  kishilarni  ilmli  va 

ma’rifatli bo‘lishga chaqiradi. 



Bizga qadar Ahmad Yassaviy she’rlari to‘plami aynan asli emas, balki keyingi 

nusxalarigina yetib kelgan bo‘lsa-da, ammo bu asar turkiy adabiyotning va adabiy 

tilning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu davr turkiy adabiy tili, xususan 

eski  o‘zbek  va  uyg‘ur  tillarining  vujudga  kelishida  ham  muhim  bosqich  bo‘ldi. 

Turkiy  qabilalarning  bir-biriga  tobora  yaqinlashib  borishi  bilan  ularning  tili  ham 

qorishib,  o‘g‘uz,  qipchoq,  uyg‘ur  tili  guruhlari  yuzagakeldi.  O‘rtaasrlarda  yoki 

«chig‘atoy» tili deb yuritilgan adabiy tilning taraqqiy etib borishida mahalliy aholi 

o‘rtasidagi iqtisodiy-madaniy aloqalarning hamda yozma adabiyotning o‘rni katta 

bo‘ldi. 


Yüklə 461,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə