5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə72/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

4.5.4. O’qitishni tabaqalashtirish


G.K.Selevko tadqiqotlarida o’qitishni tabaqalashtirish o’quv jarayonini tashkil etish shakli sifatida izohlanadi, o’zida bilim darajasi bir xil bo’lgan, u yoki bu jihatdan o’quv jarayonida umumiy sifatlarga ega bo’lgan o’quychilar guruhi bilan o’qituvchi ishlaydi. O’qitishni tabaqalashtirish o’quv jarayonidagi ta’liin oluvchilarning turli guruhlarini ixtisoslashtirilishini ta’minlaydigan umumiy didaktikaning bir qismi sifatida ham belgilanadi.

O’qitish tizimining qurama texnologiyasi (N.P. Guzik).

«O’qitish tizimining qurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo’yicha davriylikni rivojlantirishga ko’ra sinf ichidagi o’qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo’yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo’ladi:

1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);

2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o’quv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko’zda tutgan, tuzilgan seminar mashg’ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo’lishi mumkin);

3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo’yicha sinovlar);

4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo’yicha vazifalarni himoya qilish);

5) dars-praktikumlar.

Keyingi bosqichda o’qituvchi o’quvchilarning saviyalariga ko’ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil etadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko’nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.

Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: «A»,«V»,«S» dasturlari ajralib turadi.

Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:

muayyan darajadagi bilim, malaka va ko’nikmalarni egallashni ta ‘minlaydi;

talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; «S» dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish

orqali ta’lim oluvchilar fan bo’yicha o’quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o’zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o’tmasdan oldin har bir o’quvchi bajara olishi lozim.

«V» dasturi mavzuni qo’llash bilan bog’liq masalalarni echish uchun zarar bo’lgan o’quv va aqliy faoliyatining umumiy va o’ziga xos usullari bilan birga egallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo’shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish etadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo’llanishini ko’rsatib turadi.

«A» dasturi o’quvchilarning bilimlarini to’la anglash, ijodiy qo’llash darajasiga ko’taradi. Bu dasturda ijodiy qo’llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan.

Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni erkin tiklash metodikasi qo’llanadi.

Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o’tiladi va u chuqurlashtiriladi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə