5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o’qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə71/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Tayanch sxemalar izohidan foydalangan holda istiqbolli o’qitishni boshqarish S.N.Lisenkova texnologiyasi. Bu texnologiya asosida quyidagilar yotadi:

hamkorlik pedagogikasiga bo’lgan shaxsiy yondashuv;

o’zlashtirish (muvaffaqiyat) - o’qitish jarayonida bolalar rivojlanishining eng muhim sharti;

sinfdagi fayz: xayrixohlik, o’zaro yordam;

xatolaridan ogoh qilish, lekin xatolar ustida ishlash emas;

o’quv materialining ketma-ketligi, izchilligi;

vazifaning har bir o’quvchiga qulayligi va ularga alohida-alohida bo’lib berilishi;

asta-sekin to’liq mustaqillikka o’tish;

bilag’on o’quvchi vositasida bilmaydigan o’quvchilarni o’qitish.

S.N.Lisenkova metodikasining xususiyati shundaki, qiyin mavzular dasturda belgilangan soatlarda emas, balki undan oldin o’rganila boshlanadi. Bu istiqbolli tayyorgarlikdir.

Istiqbolli tayyorgarlik o’rganilishi yaqinlashib kelayotgan qiyin mavzularni yo’l-yo’lakay o’tishning boshlanishidir.

Umumlashtirish bu muayyan bilimlar asosidagi mavzuni umumlashtirishdir.

S.N.Lisenkova metodikasi asosida materialni o’zlashtirish uch bosqichda

kechadi:

1. Kelgusida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlarni oldindan kichik hajmlarda berib borish;

2. Yangi tushunchalarni aniqlashtirish, ularni wnumlashtirish va qo’llash;

3. Fikrlash usullari va o’quv xatti-harakatlarining ravonligini rivojlantirish.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə