5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar


Ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi yuz beradigan ayni muhitdir. Hamkorlik pedagogikasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə67/81
tarix11.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#82794
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos

Ta’lim mazmuni shaxsning shakllanishi yuz beradigan ayni muhitdir. Hamkorlik pedagogikasi

Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko’pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, JJ. Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshqalardir.

Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi:

shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv;

dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;

tarbiya konsepsiyasi;

atrof-muhitni ta’lim-tariyaga moslash; Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.

Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o’zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika to’qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi.

I Sh.A. Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tugdirmoq;

bolaning qalbi va yuragini ulug’lamoq;

boladagi bilishga bo’lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;

keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tugdirmoq;

ideal tarbiya — bu o’z-o’zini tarbiyalamoq.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə