5 Mavzu. Apoptoz Reja


mitoxondrial oazis gipotezasi



Yüklə 382,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü382,51 Kb.
#155481
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu

mitoxondrial oazis gipotezasi
deb atashdi. 
Aytaylik, mitoxondriyalardagi NAD+ konsentratsiyasiga, shuningdek SIRT3 
va SIRT4 ga xam ta‟sir qilishi mumkin bo„lgan shunday bir molekula bor. 
SHunday molekulani yaratib umrning davomiyligini sezilarli uzaytirish 
mumkin. Ochlik organizmning yosharishiga va umrning uzayishiga sabab 
bo„lishi mumkin degan taxminlar bor. Doktor Kristian Lyuvenburg 
boshchiligidagi Florida universiteti olimlari ta‟kidlashicha, oziq moddalarining 
organizmga etarlicha tushib turmasligi va davomiy xolda hujayralarga 
cheklangan miqdorda ta‟minlanishi o„z navbatida ularning xayotini uzaytiradi. 
Bu holat hujayrachi autofagiyasi faollashishi, ya‟ni jarohatlangan 
mitoxondriyalar va boshqa hujayra strukturalarining parchalanishi va qayta 
ishlanishi orqali yuz beradi. Keyinchalik ular hayot faoliyatini ta‟minlash 
uchun yangi hosil qiluvchi hujayra materiali sifatida ishlatilishi mumkin. YOsh 
hujayralar esa o„z navbatida eski hujayralardan qolgan jarohat-langan 


strukturalarni tez qayta ishlash va ularni yangi organellalar qurish yoki 
energetik zahirani to„ldirish uchun ishlatish qobiliyatiga ega. 
Afsuski, hujayralar qarigan sari bu xususiyatini yo„qotadi, va bu 
jarohatlangan organellalar yig„ilishiga va butun organizmning qarishiga olib 
keladi. Hayvonlarda o„tkazilgan eksperimentlar shuni ko„rsatdiki, ochlik qari 
hayvonlar yurak hujayralarining o„z o„zini tozalash qobiliyatini 120% ga oshirdi 
va yosh hayvonlar hujayralariga deyarli ta‟sir qilmadi. 
SHuningdek aniqlandiki, sekin bo„linuvchi yoki bo„linmaydigan qari hujayra-
larning deformatsiyalangan membranalari endogen oziqlanishda yosh hayvonlar 
hujayralarining shakliga o„xshash shaklga kiradi. YA‟ni quruq ochlik vaqtida 
hujayra himoyasining tiklanish jarayonlari kechadi. Tez bo„linuvchi hujayralar-
ning bo„linish jarayoni bu paytda sekinlashadi. Ayni vaqtda fermentativ tizimning 
qayta qurilishi efferent hujayralarning (nerv oxirlari) retseptor apparati 
kuchayishini ta‟minlaydi, va bu ana shu retseptorlar (xemoretseptorlar) fermentlari 
holatining sifati yaxshilanishi xisobiga bo„ladi. Bu fermentlar hujayra 
membranalarida joylashgan va himoya funksiyasini hujayrachi sAMF nukleotidini 
aktivlashtirishi orqali kuchaytirish qobiliyatiga ega. SHunday qilib quruq ochlikda 
hujayralar himoya funksiyasining kompleks tiklanishi va sAMF tizimi kuchayishi 
ta‟minlanadi. Ochlikda hujayralar genetik apparati yangilanishi hisobiga yangi 
o„zak hujayralar paydo bo„ladi, ba‟zi a‟zolarda esa qo„shimchalari paydo bo„ladi. 
Qari, jarohatlangan hujayralar yo„qotilishi va yangi o„zak hujayralarning paydo 
bo„lishi oqibatida organizm a‟zolari va to„qimalari ancha yosharadi. SHuni eslatib 
qo„ymoqchimanki, Islom dini Ramazon oyi mobaynida kunduzi emoq va 
ichmoqdan tiyilishga amr qiladi, ya‟ni qisqa muddatli quruq ochlik bo„ladi.

Yüklə 382,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə