5 Mavzu. Apoptoz Reja


Apoptik signalning uzatilish yo‘llari



Yüklə 382,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix23.12.2023
ölçüsü382,51 Kb.
#155481
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu

Apoptik signalning uzatilish yo‘llari
Apotoz rivojlanishida signalning uzatilish yo„llari 3 ta bosqichda amalga oshadi 
– 
induktor, effektor va degradatsiya bosqichlari.
Induksiya bosqichida
signalning retsepsiyasi va uning uzatilish boshlang„ich 
davri amalga oshadi. 
Effektor bosqichida
kaspaza faollashadi. Bu jarayon hujayrada qaytmas holatdagi 
jarayonlarni boshlab beradi. 
Degradatsiya bosqichida
hujayraning dasturlashtirilgan o„limi amalga oshadi. 
Apoptozda signal uzatilishida induksiya bosqichi ikkiga bo‘linadi

retseptorga 
bog‘liq davr 
– bunda tashqi omillarning maxsus membrana retseptorlariga ta‟siri 
amalga oshadi, 
mitoxonriya darajasidagi amalga oshuvchi davr
bunda hujayra ichki signal 
uzatilish jarayonlari amalga oshadi. 
Apoptozda signal uzatilishda induksiya bosqichining
retsepsiya mexanizmlari 
batafsil o„rganilgan. Apoptoz jarayonini tashqi omillar ta‟sirini qabul qilgan 
holatda boshlab beruvchi retseptorlar 
o‘lim retseptorlari
(Death Receptor – DR) 


deb ataladi. Bu retseptorlarning o„ziga xos tuzilishi hujayra ichki tomonida 
«
o‘lim
» domeni
(Death Domain – DD) sohasiga ega hisoblanishi hisoblanadi. Bu 
domen sohaning faollashishi hujayra ichki qismida apoptozga olib keluvchi singal 
uzatilishini boshlab beradi. DR o„lim retseptorlari 6 ta turi tavsiflangan – Fas 
(Aro-1 yoki CD95), FNO-R1 (r55 yoki SD120a), (TRAIL-R1/DR4, TRAIL-
R2/DR5, Apo-2/TRICK2/KILLER, LTpR, CAR1 va DR6). 
Apoptoz hujayrada autokrin yoki parakrin mexanizm asosida amalga oshadi. 
Apoptozga olib keluvchi ikkinchi yo‘l mitoxondriya bilan bog‘liq hisoblanadi

Bu hujayra ichki signal uzatilishi mexanizmlari orqali amalga oshadi. Bu 
ko„rinishdagi signallarga – o„sish omili etishmovchiligi, gormonlar va sito-kininlar 
kiritiladi. SHuningdek, radiatsiya, gipoksiya, gipotermiya, virusli inva-ziya va 
erkin radikallar ham hujayra ichki apoptozga olib keluvchi signallar xisoblanadi. 

Yüklə 382,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə