5 Mavzu. Apoptoz Reja


Apoptoz jarayonida mitoxondriyalarning roli



Yüklə 382,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix23.12.2023
ölçüsü382,51 Kb.
#155481
1   2   3   4   5   6   7   8
5-mavzu

 
Apoptoz jarayonida mitoxondriyalarning roli
Apoptoz 
– 
hujayraning genetik dasturlashtirilgan o„limi hisoblanadi. 
Bioorganizmlarning o„limi – dasturlashtirilgan bo„lib, tabiiy qonuniyatlar asosida 
amalga oshadi. 
Apoptoz 
jarayoni hujayraning noqulay hayot sharoitini anglatuvchi 
tasodifiy o„limi – 
nekroz
jarayonidan keskin 
farqlanuvchi jarayon hisoblanadi.Apoptoz jarayoni odatda qat‟iy tartib asosida 
amalga oshadi. Apoptozda kislorod etishmovchiligi va erkin radikallarning 
ortiqcha miqdorda xosil bo„lishi asosiy sabab sifatida ko„rsatiladi.Kislorod 
etishmovchiligi sharoitida mitoxondriyalar nafaqat tirik hujayralarda, balki alohida 
ajratib olingan holatda ham nobud bo„lishi aniqlangan. Agar kalamush jigari yoki 
buyragidan mitoxondriyalarni ajratib olib, kerakli muhit ta‟minlanadigan fiziologik 
eritmaga joylashtirilsa, ularda «nafas olish» jarayoni kuzatiladi (kislorod iste‟moli 
orqali substratlar oksidlanishi amalga oshadi) va ATF sintezi yuz beradi. Bundan 
tashqari mitoxondriyalar atrof eritma muhitidan Sa
2+ 
va fosfat ionlarini bog„lab 
olishi va ularni ichki qismida yig„ish xususiyatini saqlab qoladi.Agar 
mitoxondriyalar kislorod bo„lmagan muhitga joylashtirilsa, u holda bu hayotiy 
jarayonlar asta-sekin susayib boradi (biroq barchasi ham emas). Aftidan, 
mitoxondriyalar muhitda biroz miqdorda Sa
2+
ionlari mavjud bo„lsagina gipoksiya 
ta‟sirida buzilishga uchraydi. Muhitda kislorod bo„lgan holatda inkubatsiya 
muhitida biroz Sa
2+ 
ionlari bo„lsa xam yoki bo„lmagan holatda xam unga bog„liq 


bo„lmagan tarzda buzilishga uchramaydi.Mitoxondriya membranasi ichki 
tomonida fosfolipaza A2 fermenti mavjud bo„ladi, bu ferment membrana 
fosfolipidlarini parchalaydi va membrana ionlar uchun singdiruvchan bo„lib qoladi. 
Fosfolipaza A2 mitoxondriya membranasi ichki tomo-nida emas, balki membrana 
tashqi tomonida Sa
2+
ionlari mavjud sharoitdagina faollashadi. Fosfolipaza 
ta‟sirida fosfolipidlarning gidrolizlanishi mito-xondriya membranasidagi emirilish 
jarayonini boshlab beradi. Emirilishga uchragan mitoxondriya kislorod iste‟moli 
xususiyatini saqlab qolsada, membrana potensialini barqaror holatda ushlab tura 
olish xususiyatini yo„qota boshlaydi va shu sababli membrana ichki tomonida Sa
2+
ionlarini ushlab qola olmaydi, shuning-dek ATF sintezi qobiliyatini yo„qotadi, bu 
ko„rinishdagi mitoxondriyalarni deyarli o„lgan deb qarash mumkin va bu darajada 
emirilishga uchragan mitoxondriya-larga ega hujayralar ham endi o„limga mahkum 
hujayralar hisoblanadi.Kislorod etishmovchiligi sharoitida hujayrada energiya 
(ATF) etishmovchiligi butun halqasimon jarayonlarda amalga oshishi mumkin. 
Energiya tanqisligi natijasida dastlab hujayradan Sa
2+
va Na

ionlarini tashqariga 
chiqarib yuborish vazifasini bajaruvchi ion tashish nasoslari ishdan chiqadi, 
natijada esa o„z-o„zidan ma‟lumki hujayraning ichki qismida Sa
2+
ionlarining 
miqdori ortib boradi. Bu holat esa bevosita membranada joylashgan fosfolipazalar 
faolligini oshirib yuboradi, bu jarayon mitoxondriya membranalarining ion 
singdiruvchanligi qiymati ortishi bilan birgalikda amalga oshadi va bu holat 
(qisman mitoxondriya bo„kishida ishtirok etishi mumkin) membrananning to„siq 
sifatidagi funksiyasi ishdan chiqishiga sabab bo„ladi. Bu esa mitoxondriyaning 
butun halqasimon jarayon-lar davomida ATF shaklidagi energiyani kam 
sintezlashidan (yoki umuman sintez-lamasligidan) dalolat beradi. Agar hujayra bu 
holatdan chiqib keta olmasa tabiiyki u o„limga maxkum hisoblanadi. 

Yüklə 382,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə