5-mavzu bo’yicha mustaqil ta’lim topshiriqlari quyidagi atamalarga izoh bering: Moliyaviy hisobotning asosiy elementlari, muhimlik


Mijoz-korxona faoliyati(biznesi)ning ko’lami



Yüklə 34,2 Kb.
səhifə2/9
tarix22.06.2022
ölçüsü34,2 Kb.
#89902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Raxmatov Sherzod mustaqil ish Audit

1. Mijoz-korxona faoliyati(biznesi)ning ko’lami. Mijoz-korxonada sodir bo’ladigan xo’jalik muomalalarining miqdori qanchalik ko’p bo’lsa, auditorlik riski shunchalik yuqori bo’ladi va uning moliyaviy hisobotidan shuncha kengroq hajmda foydalanish zarur bo’ladi. Auditorlik risk darajasini aniqlashda moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarning fikrlari asos bo’lib hisoblanadi. Masalan, agar aksiyadorlik jamiyati qo’shimcha aksiya chiqarishni rejalishtirmagan bo’lsa, u holda faqat haqiqiy aksiyadorlar fikri inobatga olinadi. Agar qo’shimcha aksiya chiqariladigan bo’lsa, aksiyalarga obuna bo’luvchilar fikrlari ham inobatga olinadi. Yangi aksiyadorlarni asosan yuqori dividendlar va ijobiy auditorlik xulosasi bilan jalb qilish mumkin.

2. Mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari ham auditorlik risklarning maqbul to’plamiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarinikiga qaraganda aksiyadorlarining ishonchini ko’proq qozonganligi bois, auditorlik riskini pasaytirishi mumkin. Bu ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarida har xil mulkdorlar mavjudligi bilan izohlanadi. shuningdek, aksiyadorlarning manfaatlari har doim ham bir-birinikiga mos kelavermaydi va shuning uchun ham ular bir-birlarini nazorat qilib turadilar.

3. Kreditorlik qarzlarining miqdori va tavsifi. Mijoz-tashkilot kreditorlari qanchalik yirik korxonalardan iborat bo’lsa, demak, uning moliyaviy hisobotiga ishonch shuncha yuqori ekanligi va uni tekshirish bilan bog’liq tavakkalchilik xatari shunchalik past bo’ladi.
Auditorlik riskiga boshqa shart-sharoitlar ham ta’sir ko’rsatadi. Jumladan: mutaxasislarning buxgalteriya hisobini bilishi, auditorlik tekshiruviga umumiy yondashuv, me’yoriy-huquqiy tizimdagi o’zgarishlar, hisobning kompyuterlashtirilganlik darajasi, mijoz-korxonadagi ichki nazorat tizimining ishonchliligi, rahbarlar almashinishi va ularning shaxsiy fazilatlari, olingan natijalarni baholash va ularning to’liqligi, mazkur tashkilot faoliyatiga xos bo’lmagan muomalalar miqdori va sh. k.



Yüklə 34,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə