5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Innovatsion potentsial, innovatsion muhit, yangi jarayon



Yüklə 147 Kb.
səhifə15/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-ma\'ruza

Innovatsion potentsial, innovatsion muhit, yangi jarayon.
Innovatsiyalar texnologiya, iqtisodiyot, savdo-sotiq, ijtimoiy tizim bilan aloqadorlikda xilma-xil ko’rinishlarda namoyon bo’ladi.Ana shu nuqtai nazardan pedagogika kollejlari boshqaruvida joriy etiladigan innovatsiyalarni quyidagicha tasnif etish mumkin:
1. Pedagogik innovatsiyalar.
2. Tashkiliy innovatsiyalar.
3. Iqtisodiy innovatsiyalar.
4. Texnologik innovatsiyalar.
1. Pedagogik innovatsiyalar deganda, pedagogik yangiliklarni o’rganish, o’zlashtirish, ularni baholash, foydalanish va amaliyotga tatbiq etish tushuniladi.Amaliyotchilarni ko’proq yangilanishlarning aniq natijalari tashvishga solsa, olimlarni aksincha faoliyatga tegishli bo’lgan bilimlar tizimi qiziqtiradi.
2. Tashkiliy innovatsiyalarga ta’lim muassasasini boshqarishning yangi metodlarini amalga oshirish, tashqi aloqa o’rnatish va ish o’rinlarini tashkil etish tushuniladi. Tashkiliy innovatsiyalar ta’lim muassasasining o’quv-tarbiya jarayoni samaradorligiga qaratilgan va ma’muriy buyruqbozlikdan voz kechadigan faoliyat turidir.
Tashkiliy innovatsiyalar yangi metodlar asosida xodimlarning ma’suliyati va vakolatidan kelib chiqib ish taqsimotini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Bu esa, o’z navbatida ishlab chiqarish va yaxlit pedagogik jarayonning takomillashishiga olib keladi.
3. Iqtisodiy innovatsiyalar deganda, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilinishi natijasida, jahon standartlariga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
O’zbekistonda ko’p ukladli bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida, ta’lim sohasida xam iqtisodiy innovatsiyalar shakllanmoqda.
U quyidagicha ko’rinishga ega:
 davlat tomonidan ta’limni yangi mexanizm asosida
moliyalashtirish;
 ta’lim oluvchilarning o’z-o’zini moliyalashtirishi;
 korxonalar tomonidan ta’lim tizimini moliyalashtirishning yangi
mexanizmi;
 ta’lim tizimida mehnatga haq to’lashning yangi mexanizmi;
 ta’limdagi faoliyat ko’lamini iqtisod qilish mexanizmi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə