5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Xotira mashqlari. Shaxsni aqliy faollashtirish



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə17/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
5-мавзу

Xotira mashqlari. Shaxsni aqliy faollashtirish.
Mashq: O‘tmishga qaytish
Xotira mashqlari
Aqliy qobiliyatning yuqori darajada bo‘lishida inson xotirasining yetarlicha o‘rni bor. Ushbu korreksion mashg‘ulotda o‘quvchi va talabalarning xotirasini o‘stirishga mo‘ljallangan bir qator mashqlar va ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirib o‘tiladi
Mashg‘ulot maqsadi: xotirani o‘stirish. Mashg‘ulot uchun zarur jihozlar: ko‘rsatma beruvchi material, xotira mashqlari to‘plami, ruchka va qog‘oz. Navbatdagi mashg‘ulot boshlovchi tomonidan «Ortga nazar» deb nomlanuvchi yo‘naltiruvchi so‘z bilan boshlanadi. Barcha ishtirokchilar uni tinglab turadilar.
Kirish-yo‘naltiruvchi so‘z: Siz bir nechta dalillarni eslash uchun bir oz vaqt sarflang. Buni bajarish uchun xotiralaringiz sifatida xizmat qiluvchi diqqatingizga murojaat qiling.
Ular qanchalik aniq va jonli. Ular qanday tez namoyon bo‘ladi?
Ushbu xotirotlarni to‘lig‘icha miyada jonlantirishga harakat qiling.
Og‘irgi bora qayerda suzganingizni eslang.
Birinchi o‘qituvchingizning ismini eslang.
Oxirgi marta o‘qigan romaningizning ikkinchi bobida nima haqida yozilganini eslang.
Kanadaning poytaxti nomini eslang.
Sarimsoqpiyozning hidini eslang.
Nima uchun osmon moviyligini eslang.
O‘n ikkinchi bora nishonlagan tug‘ilgan kuningizda siz nima qilganligingizni eslang.
Xotirangiz siz uchun yaxshi xizmat qilgan paytni eslang.
O‘n oltining kvadrat ildizini eslang.
Siz kecha qanday kiyim kiyganligingizni eslang.
Qayin daraxtining bargi qandayligini eslang.
Ilk taassurotlaringizni eslang.
Bizning psixokorreksion mashg‘ulotlarimiz boshlangan kunni eslang. Ushbu kirish-yo‘naltiruvchi so‘zdan so‘ngra ishtirokchilarning har biri o‘z taassurotlarini birma-bir aytib o‘tadilar. Muhokama tugagach ishtirokchilarga xotira mashqlari taqdim etiladi.
Asosiy mashqlar: Xotira uchun mashqlar
Siz eslay olasizmi...
* Bundan besh daqiqa oldin nima to‘g‘risida o‘ylagan edingiz?
* Bir soat oldin nima haqida o‘ylagan edingiz.
* Kecha shu vaqtda nima bilan mashg‘ul edingiz?
* Oxirgi uch kun ertalabki nonushtaga nimalar tanovul qilgan edingiz?
* Oxirgi dam olish kuni qanday kiyim kiygandingiz?
Xotiraning tahlili
* Sizni ilk xotiralaringiz qanday boshlanadi?
* Eng taassurotli xotiralaringiz nimadan iborat?
* Sizni tushkunlikka tusho‘rgan xotiralaringiz qanday?
* Hamma narsadan yaxshiroq esda olib qoladigan narsangiz nima?
* Esga olib qolishga qiynaladigan holatingiz?
Qisqa muddatli xotira
Qarshingizdagi kishiga ro‘para o‘tirib olib, biron-bir matndan bir nechta gapni o‘zingiz uchun o‘qing. Keyin sherigingizga qarab gapni aniq ifodalab ayting. Sherigingiz siz aytgan gapni takrorlashi kerak. Agar u gapni aytishda xatoga yo‘l qo‘ysa yana qaytadan siz to‘g‘rilab ayting. Sherigingiz uni to‘g‘ri aytgach navbatdagisiga o‘tasiz. Bunda dastlab qisqa gaplardan boshlab, ancha uzun va murakkab gaplarga o‘tib boring.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə