5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Destruktiv xulq ko‘rinishlari va omillari



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə2/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-мавзу

Destruktiv xulq ko‘rinishlari va omillari.
- Sabablar yetarlicha tarbiyani yuqligi. - 30%-80%- to‘liqsiz oilalar; - 70%- harakterni jiddiy buzulishi; - 66% - aksentuantlar; - 40% - kasallangan orasida; - 3% - uydan qochish va daydilanish; - 4% - qochishda lat yeganlar va kasalhonalarga jo‘natilganlar
- Qochishlarning kelib chiqishi: yetarli nazorat qilmaslikdan, oilaning o‘ta talabchanligi, yaqinlarni yetarli e’tibor bermaganligidan, o‘rtoqlar tamonidan shavqatsiz muomala qilganligidan va hokazolar.
- Erta ichkilikbozlik va nashavandlik. Ichkilikbozlik va nashavandlikni yarimi o‘smirlik davrida boshlanadi. Bu davrda o‘smirni davralarda bo‘lishi qiziqtiradi va o‘zini katta odam deb his qiladi, ruhiy holatini o‘zgartirgisi keladi. Shu bilan birga o‘smir ichkilikka va nashabandlikka o‘zi bilmagan holda berilib ketadi.
- O‘smirni ongida jinsiy aloqa haqida tushunchasi yetarli darajada emas. Hali jinsiy indentifikasiyasi oxiriga yetmagan. Shuning uchun o‘smir jinsiy aloqaga berilishi mumkin. Bir hil o‘smirlar viziantizm bilan qoniqadilar. Ya’ni o‘zini yechingan holda tamosha qiladi yoki yechinganlarni kuzatadi.
- Bu hol o‘smirni o‘sishi bilan asta-sekin yo‘qoladi. Lekin sharoiti yo‘q holatlarda, bu odat bo‘lib qoladi. O‘smirlarni gomoseksualizmi, odatda yopiq o‘quv maskanlarida, bir xil toifadagi jins bilan aloqa bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu zo‘rlash bilan, o‘g‘il bolalar orasida ko‘proq uchraydi.
- Deviant hulqi ohirigacha o‘rganilmagan. Bu hulq og‘ir hatolarga olib keladi. Faqat ruhiy faktorlar emas, balki ijtimoiy va avlodlarni bir-biriga moyilligi, katta ahamiyatga ega.
Shaxs destruksiyasi diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
- Charlz Kuli konsepsiyasi bo‘yicha o‘smirni yoshligida mehr-muhabbat, hurmat, mehnat, atrofdagilarga achinish, rahimi kelish, hamdardlik bildirish hislarini uyg‘otish kerak. Bolani har tamonlama rivojlantirib, hayot maktabini o‘rgatish va ko‘p bilim berish lozim. Bolani har bir harakatini atrofdagildar his qilib, ma’qullab yoki tanbeh berishini, o‘smir hamma vaqt sezishi kerak. Uning quvonchiga yoki kulfatiga atrofdagilar beparvo bo‘lmasligi lozim. Bu alifbe yoki gramatika yoki ko‘paytirish jadvalini tushuntirish emasdir. Bu turmush va hayotiy maktabdir. Bola o‘z o‘zidan shahs bo‘lib qolmaydi. Shaxs tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bola tashqi va ichki dunyo, odamlar bilan muloqot, tabiat, o‘simlik, hayvonot dunyosi bilan tanishib borishi kerak. Bular bolaga juda muhimdir. Bolalar uylarining tarbiyachilari, “tarbiyalanuvchilarning hamma sharoiti bor”, deyishini yaxshi ko‘rishadi. Ammo ularni ichida ruhan sog‘lom emas odamlar ko‘p. Bularning ichida jinoyatchilar va huquqbuzarlar topiladi.
- Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar 30 yoshidan keyin ham o‘z-o‘zini boshqara olmaydi. Bunday odamlar qarindosh, o‘rtoq, oila a’zolari, atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lishda qiynalishadi. Ular hayotda ko‘p narsa yo‘qotadi. Bu odamlar shunday muhitga tushib, urush, janjal, kaltaklash, kamsitish va hakozolar bilan irodasi sinadi va yanada ham yomon ishlarni qilishga urinadilar. Shu bilan birga odam shahs sifatida sinadi va so‘nadi, depressiyaga tushkunlikka tushadi. Ba’zilarida uni dorilar bilan davolaydilar. Ko‘pincha bunday odamlar o‘zini aroq bilan davolaydi va u hayot mazmunini yo‘qotadi.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə