5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Iroda sifatlarini tarbiyalash muammosi



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə14/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
5-мавзу

Iroda sifatlarini tarbiyalash muammosi.
Bolalarda ijobiy, irodaviy va axloqiy sifatlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun ota-onalar va tarbiyachilarning o‘zlari bunday sifatlarga ega bo‘lishlari lozim.
Xarakterning o‘sishida tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalashning roli katta. O‘sib kelayotgan yosh avlodning xarakteri, aavalo oilada va maktabda tarbiyalanadi. Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta mas’uliyatli vazifa ota-onalar, o‘qituvchilar va bolalar bog‘chasi tarbiyachilari zimmasiga tushadi. Xarakterni tarbiyalashda pedagog bolaning temperamentni ijobiy va salbiy tomonlarini yaxshi bilishi lozim. Xarakterni tarbiyalash, jumladan, temperamentning ijobiy tomonlarini o‘stirishdan, uning salbiy tomonlarini yo‘qotishdan va bu salbiy tomonlarni xarakterning ijobiy hislatlari bilan almashtirishdan iborat. Xarakterning salbiy tomonlarini yo‘qotmoq, ijobiy tomonlarini tarbiyalab yetkazmoq uchun tarbiyalanuvchining o‘z temperamentini o‘zi idora qilishiga o‘rgatmoq lozim. o‘z temperamentini idora qila bilish xarakterning ijobiy hislatidir.
Bola xarakterining tarkib topishida jamoaning tarbiyalovchi roli nihoyatda katta. Inson yakka bir-biridan ajralgan tariqa hayot kechirmaydi, muayyan jamoada, ya’ni muayyan oilada, maktabda, syexda va xokazolarda hayot kechiradi. Jamoa shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bug‘indir. Har  bir o‘qituvchi va tarbiyachi bola xarakterining ayrim hislatlarini tarbiyalashda faqat jamoa orqali ta’sir qilib, ijobiy natijalarga erishmog‘i mumkin.
Xarakterning tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, dadillik, sabotlilik singari ijobiy hislatlari bolalar bog‘chasida uyin faoliyatida tarkib topa boshlaydi. To‘g‘ri uyushtirilgan maktab jamoasi sharoitida o‘quvchilarda uyushqoqlik, intizom, saranjom-sarishtalik, o‘z-o‘zini tuta bilish, o‘zini idora qilish, o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lish kabi xarakter hislatlari tarbiyalanib yetishadi. Kishi jamoada bir-biri bilan aloqa qilish jarayonida boshqalarning va o‘zining xarakter xususiyatlarini bilib oladi. Xarakterini bir xili ijobiy, boshqa bir xili salbiy ekanligini ajratib oladi. Bunday sharoit kishini o‘z xarakterini o‘zi tarbiyalash, jumladan, o‘z xarakterini qaytadan tarbiyalashni yulga soladi.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə