5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə11/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
5-мавзу

Shaxsning irodaviy xususiyatlari.
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar yechimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli eshtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang- barang bo‘lgan harakatlar, xatti -harakatlar va sa’i -harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo‘ysundiriladi. Eshtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: "Maqsadga erihish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi".
Shaxsning irodaviy faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan anglangan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning majmuasidan iborat emas. Zo‘r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning moshiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi. Ustivor (etakchi) motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildiradi.
Iroda diagnostikasi.
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo‘lib, inson ongining moshiyatini kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to‘planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. 17- asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta’kidlab o‘tganlaridek, faollik manbai bemahsul sohaning paydo bo‘lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatining hissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug‘ilishi irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo‘lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub’yekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo‘lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə