5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Xavotirlanish psixik xolati diagnostikasi va psixokorreksiyasi



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə7/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
5-мавзу

Xavotirlanish psixik xolati diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
Kayfiyat yo‘qlik - subdepressiya shkalasini aniqlash uchun V.Zung savolnomasiga asoslangan, T.N. Balasheva tomonidan moslashtirilgan savolnomasini o‘tkazish mumkin. Shkala 20 ta kayfiyat yo‘qlik - subdepressiyani namoyon qiladigan savollardan iborat.Eksperimentni o‘tkazish tartibi ertalab yoki kechqurun.
Shkala baholarining barcha diapozoni 4 zonaga bo‘linadi:
50 balldan past- tajriba vaqtida kayfiyati ko‘tarinki;
51 balldan 59 ballgacha – muxim bo‘lmagan, lekin anik ifodalangan kayfiyati yo‘qlik.
60 dan 69 ballgacha – kayfiyati yo‘qlik
70 balldan yukori – subdepressiya yoki depressiya.
Stress diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Stressni boshqarish usullari.
Bugungi pandemiya sharoitida ko‘pchilikda stress, xavotir yoki qo‘rquv kabi salbiy holatlar kuzatilayotgan bo‘lishi tabiiy. Ularga psixologik yordam ko‘rsatish hozirgi vaziyatda juda dolzarb. Psixologik mazmunga ko‘ra, pandemiya sharoitidagi bezovtalik odamlarda vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham jurnalist Humoyun Omonov O‘zbekiston Milliy universiteti Psixologiya kafedrasi psixolog-mutaxassislarining amaliy tavsiyalari bilan tanishtirishga jazm etdi. Marhamat psixologiya fanlari doktori Dilbar Muhamedova va katta o‘qituvchi Bobur Abdullayevlarning foydali maslahatlari bilan tanishing:
Ishonchli manbalarni o‘qing-Avvalo, kasallik haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Respublikamiz sog‘liqni saqlash idoralarining ishonchli manbalariga tayanish juda muhimdir. Siz u orqali JSSTning «COVID-19» haqidagi savollari va javoblarini o‘rganishingiz yoki koronavirus infeksiyasining qanday tarqalishi, uni yengib o‘tishning tibbiy choralari haqida aniq ma’lumotlar olishingiz mumkin. Agar siz yangiliklarni o‘qiyotganingizda o‘zingizda vahima qo‘zg‘alishini his qilsangiz va xavotirlik hissi sizda oshsa, internetda o‘tirishdan vaqtingizni cheklang. Vahimali fikrlar bilan yolg‘iz qolmaslik uchun, siz yangiliklarni o‘qishingiz uchun kuniga 30 minut vaqt ajratishingiz foydalidir, albatta kunning birinchi yarmida o‘qing. Keyin, qanday ma’lumotni tarqatayotganingizga ham e’tibor bering. Tasdiqlanmagan ma’lumotni vahimaga tushmasdan o‘chirib tashlang.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə