5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Vayronkor munozaralarda qatnashmang



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə8/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
5-мавзу

Vayronkor munozaralarda qatnashmang-Turli xil salbiy fikrlarga ega bo‘lgan odamlar bilan bahslashish uchun kuch sarflamaslikka harakat qiling. Hozirgi paytda o‘z hissiy holatingiz qanday ekanligiga, munozaraga kirishganingiz uchun ishonchli manbangiz bor yo‘qligiga katta e’tibor bering. O‘zingizni va atrofingizni bezovtalik hissi bilan baholamang, o‘zingizga va boshqalarga nisbatan nohaq munosabatlardan tiyiling.
Kundalik harakatlaringiz haqida o‘ylang-Kundalik hayotingizni tashkil etadigan narsalarga va siz boshqarishingiz mumkin bo‘lgan narsalarga e’tibor bering. Kundalik odatdagi tartibni bajarishga harakat qiling, uyquni, ovqatlanishni, jismoniy faollikni kuzatib boring, gigiyena tavsiyalariga rioya qiling, shifokor tavsiyalariga amal qiling, agar mavjud bo‘lsa, muntazam ravishda ko‘rikdan o‘ting.
Noma’lum va haddan tashqari tashvishli vaziyatlarda, yordam so‘rashdan qo‘rqmang, shaxsiy uchrashuvlar cheklangan paytda yaqinlaringiz bilan mobil aloqada bo‘ling. Agar his-tuyg‘ular sizni ortiqcha tashvishga solayotganini sezsangiz psixolog, psixoterapevtdan yordam so‘rang.
INSON KORONAVIRUS PANDEMIYASI PAYTIDA VAHIMA BILAN QANDAY KURASHISH KERAK?-«COVID-19», shuningdek, yurtimizdagi karantin holati bilan bog‘liq vaziyat albatta, odamlarning hissiy holatiga o‘ziga hos ta’sir etishi tabiiy. Biz bu vaziyatni boshdan kechiryapmiz va unga har xil munosabatda bo‘lyapmiz. Kimdir e’tibor bermayapti, kimdir g‘azabda, qo‘rqadi va kimdir xafa bo‘ladi – vahima ichida kimdir sodir bo‘layotgan voqealarda aybdor bo‘lganlarni qidirmoqda.U nafaqat virus vahimasini, balki insonlar o‘rtasida axborot ko‘chkisini paydo etadi. Ya’ni bu psixologiya fani tilida psixologik infeksiyani yuzaga keltirmoqda.
Bizningcha, «Pandemiya» vaziyati bilan bog‘liq psixologik infeksiyani keltirib chiqarayotgan psixologik omillar bu «kayfiyat» va «vahima» hislaridir. Psixologik infeksiya - bu vahima va qo‘rquvdan iborat bo‘lib, uning ta’siri nafaqat organizmga balki, butun jamiyat kishilari psixikasiga ta’sir etadi. Shuning uchun, axborotlar oqimi va unga bo‘lgan munosabatni inson adekvat tarzda o‘zgartirishi lozim. Qo‘rquv eng xavfli psixologik infeksiya sifatida salbiy oqibatlarga ega. Qo‘quvdan farqli o‘laroq, vahima bilan kurashish osonroq.
Bizning ayrim psixologik maslahatlarimizga amal qiling: voqelikka e’tibor qarating, nima bo‘layotgani haqida o‘ylang, lekin kechayu kunduz axborot oqimida bo‘lmang, vahima qo‘zg‘atishni kamaytiradigan boshqa hayotiy, qiziqarli ma’lumotlarga e’tibor qarating!

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə