5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə4/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-мавзу

Shaxs destruksiyasi.
Destruktiv faoliyat fenomenining ilm-fanda deyarli tadqiq etilmaganligini aytib o‘tish joiz. Hatto “destruksiya”, “destruktivlik”, “destruktiv faoliyat” tushunchalariga izoh ham ko‘pchilik lug‘atlarda uchramaydi, uchragan taqdirda ham ularning tarjimasigina keltiriladi (inglizcha “destructive” – “yemiruvchi”,”vayron qiladigan”, “halokatli”). Aksariyat adabiyotlarda destruksiya “biror narsaning tuzilmasini vayron qilish” sifatida sharhlanadi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan insonning vayronkorlikka moyillik tabiati ta’kidlab o‘tilgan bo‘lsa-da, bu mavzuga Erix Frommning yirik ilmiy ishi - “Inson destruktivligi anatomiyasi” kitobigina alohida bag‘ishlangan . Shunga qaramay ba’zi olimlar destruksiyaning xususan, qotillik, suisid, terrorchilik faoliyati singari turli ko‘rinishlariga e’tibor qaratishgan. Bu hodisalar esa oydinlashtirilishi lozim bo‘lgan umumiy xususiyat, asoslarga egadir. Bundan tashqari destruktiv faoliyatning ayrim ko‘rinishlari maxsus ixtisoslikka ega mutaxassis (biolog, genetik, psixolog, seksopatolog, tarixchi, huquqshunos)lar tomonidan o‘rganilgan. Shunday qilib, destruktiv faoliyat tushunchasi zamirida insonning tashqi olamga nisbatan yo‘naltirilgan maxsus faolligi shakli tushuniladi. Bu faollikning mohiyati esa turli ob’yekt yoki tizimlarni vayron qilish yoxud vayron qilishga intilishda namoyon bo‘ladi. Destruktiv faoliyat boshqa insonlar, jamiyat, davlat, tabiiy muhit, madaniy-tarixiy yodgorliklar, turli buyumlarga, shuningdek, shaxsning o‘z-o‘ziga (shaxs tubanlashuvi, inqirozi, suisid) ham qaratilishi mumkin. Bevosita insonning tabiatida mavjud bo‘lgan destruksiya turli tartibsizliklarni keltirib chiqarib, faoliyatning pirovard maqsadi hisoblanishi ham, yaratuvchilik, ijodkorlik jarayonining tarkibiy qismi bo‘lishi ham mumkin. Destruktiv faoliyat biologik va neyrofiziologik asoslarini tahlil etishning mushkulligi mazkur muammoga bag‘ishlangan alohida amaliy ishning yo‘qligi bilan izohlanadi, shuning uchun ushbu masalani ko‘rib chiqishda insonlar va hayvonlarning tajovuzkorligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar xulosalariga hamda qotillar va suisidal harakatlarni amalga oshirishga uringan kishilar guruhida o‘tkazilgan tajribalar natijalariga murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Inson psixikasining biologik va ijtimoiy tabiatidan kelib chiqqan holda ta’kidlash mumkinki, shaxs destruktiv faoliyatining psixik darajadagi sababchisi sifatida qondirilmagan ehtiyojlar xizmat qiladi. Amerikalik taniqli psixolog olim Abraxam Maslou ehtiyojlar nazariyasida bu jihatni mukammal asoslab bergan. Ehtiyojning inson ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishdagi, o‘zini o‘zi namoyon qilishdagi ahamiyatini boshqa psixologlar ham ta’kidlaganlar. Masalan, A.Adlerning fikricha, inson hayoti asosiy qonuni sifatida shaxsning ustunlik, afzallikka intilishini ko‘rsatish mumkin. Biroq bu intilishning nafaqat destruktiv, balki konstruktiv yo‘nalishda ham qo‘llanishi ehtimoli mavjud. Destruktiv yo‘nalish xulq-atvori sharoitga qiyin moslashadigan, xudbin, shaxsiy manfaatlarni birinchi o‘ringa qo‘yadigan kishilarda kuzatilsa, konstruktiv yo‘nalishdagi faoliyatni kirishimli, xatti-harakatlarini umum manfaatidan kelib chiqib amalga oshiradigan shaxslar namoyon etadilar. Shunday qilib, destruktiv faoliyatga o‘z asosiy ehtiyojlarini qondirolmagan insonlar moyil bo‘lib, E.Fromm ta’kidlaganidek, ular buzish, vayron qilish orqali o‘z “Men”ini ifodalaydilar (tarixda Gerostratning faoliyati bunga misol bo‘la oladi). Destruktivlik o‘zining salmog‘i, nufuzi, e’tibori yo‘q ekanligini tan olish g‘oyat qiyin bo‘lgan bir sharoitda eng avvalo, dastlab o‘z nazarida, keyin boshqalar nazdida ahamiyatli ekanligini isbotlashga urinishdir.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə