5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Xissiyot psixodiagnostikasi. Emosional beqarorlik shkalasi



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə5/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-мавзу

Xissiyot psixodiagnostikasi. Emosional beqarorlik shkalasi.
His-tuyg‘u – insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiѐti davomida shakllangan ehtiѐjlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o‘zaro madaniy bog‘langan hissiѐtlaridir.
Hissiyot borliqqa, turmushga, shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsni sub’yektiv kechinmalarining aks ettirilishidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir, shuningdek, yakkashol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (ob’yektiv) aks ettiradi, in’ikos qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a) shaxsning eshtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’yektlarga sub’yekt sifatida qatnahishni; v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo. Sub’yektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, emosional holatlar, yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va emosiyani yuzaga keltiradi. Hissiyot -yaqqol voqelikning eshtiyojlar sub’yekti bo‘lmish shaxs miyasida ob’yektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan munosabatlarining aks ettirilishidir.
Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izoshlar berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar, tushunchalar mavjudkim, ularga mohshiyat, ma’no, qo‘lam, sifat, shakl jihatidan qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Psixologiya fanida munosabat tushunchasi ikki xil ma’noda qo‘llanilib kelinadi:
1) sub’yekt (shaxs) bilan ob’yekt (narsa) o‘rtasida tabiiy holda (tarzda) yuzaga keladigan o‘zaro aloqa o‘rnatish (ob’yektiv munosabatlar);
2) o‘rnatilgan aloqalarning aks ettirilishi (ularning kechinmasi), xususiy sub’yektning eshtiyojlari va ularning ob’yektlararo munosabati (sub’yektiv munosabatlar), binobarin, namoyon bo‘lgan eshtiyojlarni qondirishga shay turgan narsalar bilan odam o‘rtasidagi munosabat ma’nosida ishlatiladi. Hissiyot tushunchasi kundalik turmushda va ilmiy psixologik manbalarda har xil ma’noda qo‘llaniladi. Jumladan, hissiyot o‘rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohishlar, tilaklar, maqsadlar, talablar tushunchalardan foydalaniladi. Bu holatlar o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslanib ishlatilishi kundalik turmush voqealari bo‘lib hisoblanadi, xolos.
Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda "Hissiyot" odatda tirik mavjudodlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’yektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi.
Tish shifokorining ofisida yuqori psixologik va jismoniy stress shifokorning jismoniy va psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyotlarda tish doktori ishining bu jihatiga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Bu masala muhim ijtimoiy axamiyatga ega. Ularning psixologik holatini aniqlash uchun stomatologlar (RSO-Alaniya shifoxonasida)da so‘rovini o‘tkazishgan. Tyest natijalari bo‘yicha bemorlarning 44% potensial nevroz yoqasida ekanligini ko‘rsatadi. 65% foizdan tashqarida hech qanday stressni bartaraf yetish yo‘llarining yo‘qligi psixologik yukning oshishiga, to‘planishiga olib keladi. Shaxsiy tashvish odatda yuqori bo‘ladi. Past reaktiv tashvish bu ishda his-tuyg‘ularni jilovlay olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Tish shifokorlari orasida temperamentning ekstrovert turi ustunlik qiladi. (Stomatologlarning psixologik holati.nomli maqola (elektron resurs] Digurova, Xatagurov. XXI asrda sog‘liqni saqlash va ta’lim. Ilmiy maqolalar jurnal, 2016, https://rucont.ru/efd/513012)

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə