5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə12/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
5-мавзу

Iroda akti tuzilishi.
Irodaviy aktning boshlanishi maqsadga erihish yo‘l-yo‘riqlari haqiqatdan ham aniq istaklarning ushalishiga xizmat qilishi to‘g‘risida oqilona qarorga kelishda o‘z ifodasini topadi. Psixologik ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, tanlangan harakatlar oqilona, omilkor, odilona ekanligi to‘g‘risida qarorga kelinganida, maqsadga muvofiqligi ishonchli dalillar ustiga qurilganida ushbu jarayon qiyinchiliklarsiz sodir bo‘ladi. Biroq aksariyat shollarda qarorga kelish murakkab jarayonga aylanadi, buning natijasida motivlar kurashi yuzaga keladi, binobarin, tanlash, yakdillikka kelish muddati birmuncha cho‘ziladi. Masalan, shaxsda ish joyini almashtirish xohish-istagi tug‘ildi deb aytaylik, biroq unda boshqa xususiyatga ega bo‘lgan intilishlari shukm surishi mumkin, o‘z navbatida ular ishxonani o‘zgartirishga to‘sqinlik ham qiladi. Jumladan, ish joyini o‘zgartirish maoshning yangi ishxonada biroz yuqoriligi bilan bog‘liq bo‘lsa-da, lekin yangi muhitga va jamoaga, notanish shart-sharoitga, boshqacha talabga moslahish (ko‘nikish) zarurligini taqozo etadi. Ana shu tarzdagi munosabatlar bilan motivlar kurashi yuzaga keladi, uning negizida: a) yangi ish joyidan, b)ichki qanoatlanish tuyg‘usidan voz kechish kerakmi; yoki v) qimmatli imkoniyat tug‘ilishi, g) uning istiqboli evaziga o‘zining boshqa eshtiyojlaridan yuz o‘girishi lozimmi degan motivlar kurashi boradi. Motivlar kurashida u yoki bu tarzda qarorga kelishni ma’qullash (e’tirof qilish) yoki ma’qullamaslik (e’tirof etmaslik)to‘g‘risidagi mulohazalarni tahlil qilish (ularni chamalash) bilan cheklanib qolmasdan, balki o‘zaro ziddiyatli, bir-birini inkor etuvchi harakatlarni tatbiq etishga undovchi qabildagi motivlar kurashi ham tug‘ilishi mumkin. o‘zaro qarama-qarshi motivlarning salmog‘i qamrovli bo‘lsa, shaxsni faoliyatga undovchi ehtiyojlarning ob’yekti o‘zining qiymati (ahamiyatliligi) bilan o‘zaro baravarlashsa, u holda bunday motivlar kurashi ularga hamoshang tarzda kuchli kechadi. Mabodo shaxsda televideniyeda kino ko‘rish xohishi bilan do‘stining tavallud topganligini tabriklash uchun borish istagi o‘rtasida ruhiy kurash yuzaga kelsa, motivlar kurashi sodir bo‘lmaydi, chunki bunday mashalda shaxsda kinoni tomosha qilish tilagi (intilish) o‘zidan o‘zi yo‘qoladi.
Lekin motivlar kurashi hamisha ham shunday yengil kechadi deb xulosa chiqarmaslik kerak, bunda munosabat, xohish shaxs uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Jumladan, shaxsni (safarga otlanish (tayyorgarligi) hamda qarindoshdagi to‘yga tabriklash uchun borish istaklari (zarurati) o‘rtasidagi motivlar kurashi o‘zaro bir-biriga zid ekanligi tufayli faqat ulardan bittasini tanlash taqozo etilganligi sababli murosasiz kurash tariqasida keskin tus olishi mumkin. Shunga o‘xshash motivlar kurashi natijasida muayyan qarorga kelishi yoki qaror qabul qilish vujudga keladi, bunda shubhalanish, sustlik, loqaydlik, ikkilanish singari sifatlar (gosho illatlar) faoliyat doirasidan siqib chiqarilib, butun diqqat e’tibor qarorni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Mabodo qarorga kelinganidan keyin ham jur’atsizlik shaxsni ikkilanish sari yetaklashda davom etaversa, u holda irodaviy harakat tub ma’nodagi g‘ayratdan, shijoatdan, sobitqadamlikdan, belgilangan maqsad sari intilishdan mashrum ekanligini aks ettiradi. Maqsadga erihish uchun shaxs o‘zini tayyorlaydi, psixologik va statistik kutilmalar o‘zaro tafovutlanishi yuzasidan ma’lumotlarni umumlashtiradi.
Shuni eslatib o‘tish o‘rinliki, qarorga kelish, uni amalga oshirishda qiyinchiliklarni bartaraf etishda irodaviy zo‘r berish muhim ahamiyat kasb etadi. Aksariyat psixologik holatlarda inson tomonidan qarorga o‘z eshtiyojlarining ustuvorligi darajasi ta’sirini zaruriy chora tariqasida yengish bilan uyg‘unlashgan, jiddiylik, zo‘riqish xususiyatli ichki zo‘r berish jarayoni bilan uzviy bog‘liqlikka ega. Shaxs o‘zidagi qarama-qarshiliklarni yengishga nisbatan bunday munosabat (zaruriyat) birinchidan, sub’yektning ayrim istaklari, mustashkamlangan salbiy odatlari; ikkinchidan, turmush hodisalariga nisbatan ko‘nikish hissi; uchinchidan, ma’qullanilmagan axloq-odob prinsiplari, an’analar bilan kurashining kechishi irodaviy aktning o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan xislati (sifati) hisoblanish irodaviy zo‘r berish tomonidan idora qilinadi.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə