5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


So‘rov natijalarini qayta ishlash



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə20/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
5-мавзу

So‘rov natijalarini qayta ishlash
DDS savollari shunday tartibda guruhlanganki, ularga berilgan javoblar faoliyatning tufli sohalarini farqlash imkonini beradi. Bu o‘rinda kasb turlari shartli ravishda quyidagicha qisqartirib olindi:
1 ustunda — «Odam — tabiat» — O — Tt; 2 ustunda — «Odam — texnika» — O — Ta; 3 ustunda — «Odam — odam» — O — O; 4 ustunda — «Odam — Belgilar tizimi» — O — Bt; 5 ustunda — «Odam — badiiy obraz» — O — Bo.
Sinaluvchilarga yuqorida ko‘rsatilgan javob varaqasi tarqatilib va ular ko‘rsatmada ta’kidlaganidek, o‘z javobini tegishli raqam va harfni doira ichiga olish bilan belgilab bo‘lishganlaridan so‘ng, javob varaqalari yig‘ib olinib, ular tadqiqotchi tomonidan qayta ishlab chiqilishi ham mumkin, yoki natijalarni qayta ishlashda sinaluvchilarning o‘zlaridan ham foydalanish mumkin. Bunda ularning o‘zlari o‘z javob varaqasidagi har bir ustun bo‘yicha belgilangan javoblar miqdorini hisoblab chiqadilar.
Qaysi ustun bo‘yicha belgilangan javoblar sonining ko‘p bo‘lishi sinaluvchining shu toifa kasblarga moyilligini bildiradi. Agar hamma ustunlar bo‘yicha javoblar miqdori bir xil bo‘lib chiqsa, bu qiziqishlar yoyilib ketganligini, u yoki bu kasbga nisbatan qiziqishning shakllanmaganligini yoki yorqin ifodalangan ustunlikning yo‘qligini bildiradi. Bunday hollarda tadqiqotdan so‘ng sinaluvchi bilan bafurja suhbatlashish, unga qiziqishlarini aniqlab olishga yordam berish lozim.
Agar sinaluvchida u yoki bu kasbga moyillik yorqin ifodalangan bo‘lsa va u konkret bir kasbni tanlagan bo‘lsa, unda aynan shu kasbni tanlash motivi qanday ekanligini bilish zarurati ham yuzaga kelib qolishi mumkin. Bu o‘rinda psixolog yuqori «Kasb tanlash motivasiyasini aniqlash» - deb nomlangan metodikadan foydalanishi mumkin.
Javoblar varaqasi
F.I.O.____________________________________________________________
Yoshi:________________ Vazifasi:_________________________________


O — Tt

O — Ta

O — O

O — Bt

O - Bo

1a

1b

2a

2b

3a

3b

4a

4b

5a

5b

6a




6b




7a




7b

8a




8b

10a

9a




9b




11a







10b




13b

11b

12a

12b

13a

16a

14a

14b

15a

15b







16b




17a

20a

17b

18a




18b




19a




19b













20b






O‘zini baholash diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
Shaxsni o‘z-o‘zini baholash metodikasi.
Maqsad: Shaxsning o‘z-o‘zini baholash
Zarur material. Shaxsning ayrim fazilatlarini xarakterlovchi so‘zlar: saranjomlik, beg‘amlik, sermulohazalik, tajanglik, zehnli bo‘lish, g‘ururli bo‘lish, qo‘rslik, xushchaqchaqlik, g‘amxo‘rlik, hasadchilik, uyatchanlik, samimiylik, izlanuvchanlik, injiqlik, ishonuvchanlik, sustkashlik, xayolparastlik, vahimachi bo‘lish, qasoskorlik, matonatlik, nafislik, bemalollik, asabiylik, jur’atsizlik, o‘zini tuta bilmaslik, jozibadorlik, jizzakilik, ehtiyotkorlik, iltifotli bo‘lish, pedantlilik, harakatchanlik, gumonsirashlik, prinsipiallilik, shoironalik, ko‘rolmaslik, ochiq chehralik, shilqimlik, be’manilik, dadillik, ishga berilib ketib o‘zi­ni unutib yuborish, vazminlik, achinishlik, nomuslilik, chidamlilik, qo‘rqoqlik, qiziquvchanlik, sabotlilik, ko‘ngilchanlik, beparvolik, tashabbuskorlik.
Topshiriqning bajarilishi. O‘z-o‘zini baholash saviyasini miqdoriy ifodasini topishda quyidagi metoddan foydalaniladi.
Sinaluvchi oldin yuqorida keltirilgan so‘zlar orasi­dan o‘zida mavjud bo‘lgan xislatlarni ifodalovchi so‘z­larni topadi. So‘ngra o‘zida qanday xislatlar bo‘lishini xohlovchi so‘zlarni topadi.
Sinaluvchi berilgan so‘zlarni diqqat bilan ko‘rib chiqadi, so‘ngra ularni ikki qatorga (har qatorga 10—20 gacha so‘z) yozib chiqadi. Birinchi qatorga o‘zining idealiga mos, ikkinchi qatorga esa o‘zida bo‘lmasligini ifodalov­chi so‘zlarni yozadi. Ikkinchi qatorni shartli ravishda «anti ideal» deb atashi mumkin. Birinchi qatordagi so‘z­lar «ijobiy» ko‘plikni, ikkinchi qatordagi so‘z­lar «salbiy» ko‘plikni tashkil etadi. Ular mezon bo‘lib hisoblanadilar.
So‘ngra sinaluvchi «ijobiy» va «salbiy» ko‘pliklar orasidan o‘zida bor xislatlarga mos bo‘lgan so‘zlarni topadi. Bunda sinaluvchi mazkur xislatlarning qanday ifodalanganligi darajasini emas, balki uning o‘zida bor yoki yo‘qligini ko‘zda tutmog‘i lozim («Ha» yoki «Yo‘q»).

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə