5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə18/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
5-мавзу

Kundalik xotira. Siz har kuni uxlashga yotishga hozirlik ko‘rarkansiz timsollar orqali kundalik voqea-hodisalarni ko‘z oldingizga jonlantiring. Buning uchun ertalab turganingizda to kechga qadar kechgan voqea-hodisalarni va bir kunlik bosib o‘tgan yo‘lingizni izchillikda tiklang. Siz bir kunlik xatti-harakatlaringiz yashirin kamera orqali nazorat qilingan deb tasavvur qiling.
Ushbu mashg‘ulotda ishtirokchilar xotirani o‘stirishga doir mashqlarni bajarish bilan birga o‘zlariga ma’lum bo‘lgan mashqlar va usullar bilan o‘rtoqlashishlari e’tiborga olinadi.
Ishtirokchilarga mashg‘ulot davomida amalga oshirilgan mashqlarni uyda mustaqil bajarish vazifasi topshiriladi.
Aqliy faoliyat diagnostikasi va psixokorreksiyasi.
Aqlning egiluvchanligi mashqi
Uchinchi kunning birinchi mashg‘ulotida psixotrening ishtirokchilariga tahlil va sintez jarayonlari bo‘yicha mashqlar taqdim etiladi
Mashg‘ulotning maqsadi: Muammolarni yechishda tahlil va sintez jarayonlarini amalga oshirish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
Mashg‘ulot uchun zarur jihozlar: mashqlar to‘plami, ruchka va qog‘oz.
Dastlabki topshiriqlar tahlil jarayoni uchun ajratilgan bo‘lib, boshlovchi bu safar ham tahlil jarayoni mashqlarini ishtirokchilarning o‘zlaridan boshlaydi.
Mashq. Har bir ishtirokchi o‘zining tashqi qiyofasini tasvirlashi lozim.
Tahlil-bo‘laklarga ajratish jarayoni bo‘lib, xar bir ishtirokchi o‘zining tashqi qiyofasini tasvirlashda, fikran o‘z tanasini qismlarga ajratishi kerak. So‘ngra har bir ajratilgan qismni tasvirlashi lozim. Tana qismlarini tasvirlashda ishtirokchilar muhim va o‘ziga xos elementlarni hisobga oladilar. Soch, sochning rangi; teri, terining rangi; ko‘z, ko‘z rangi; oyoq,oyoq o‘lchami; yuz, yuzning shakli va boshqalar tarzida. Ishtirokchilar vazifani bajarib bo‘lgach, muhokama qilinadi.Ushbu mashq tahlil qilingach, ishtirokchilarga biron bir buyum yoki narsani tahlil qilib berish topshiriladi. Buning uchun stol, qog‘oz, tufli yoki xonadagi biron bir buyum tavsiya etiladi. Ishtirokchilar predmetga qarab uning qiyofasini quyidagi beshta mezon bo‘yicha ko‘rib chiqadilar: kelib chiqishi, materiali, tarixi, ayni vaqtda foydalanishi va kelajakda foydalanilishi. Topshiriq ishtirokchilar orasida muhokama qilinadi.
Topshiriqlar:

  • Toshkent shahridagi hayvonot bog‘ida yuz bosh va yigirma oyoq bor. Hayvonot bog‘ida nechta hayvon va nechta qushlar bor?

  • Uchta missioner va uchta kannibal qayiq yordamida daryoning bir qirg‘og‘idan ikkinchisiga o‘tishlari lozim. Misseonerlar ehtiyot bo‘lishlari kerakki, kaniballar biror qirg‘oqda soni ortiqcha bo‘lib qolmasligi kerak. Ularning barchasi qanday qilib bir qirg‘oqdan ikkinchisiga o‘tib oladilar?

  • «Tashla» nomli o‘yinda uch kishi tanga tashlashayaptilar. O‘yin shartiga ko‘ra yutqizgan odam g‘oliblarga oldingi yutuqning ikki barobaricha haq to‘lashi kerak. Uch marotaba o‘yin bo‘ldi. Har bir o‘yinchi bir marotabadan yutuqqa erishdi. Yutuqlar esa ikki barobar oshgan edi. O‘yin oxirida hammalari o‘ttiz olti dollardan olganlari ma’lum bo‘ldi. Ular qanday miqdordagi pul bilan o‘yinni boshlaganlar?

  • Yangi-Gveniya-Papua orolida besh yuz ayol yashaydi. Ulardan olti foizi bitta quloqda zirak taqadilar. Qolgan to‘qson to‘rt foiz ayollarning yarmi ikki qo‘log‘iga zirak taqadi. Qolgan qismi esa zirak taqmaydi. Orolda yashaydigan nechta ayol zirak taqadi?

  • Halim bilan Salim kafega kirishdi. Halim o‘ziga kofe, Salim esa sut buyurtma berdi. So‘ngra Halim bilan Salim ta’blariga ko‘ra ichimlik tayyorlash uchun quyidagicha ish tutdilar. Dastlab Halim Salimning piyolasidagi sutdan bir qoshiq olib o‘zining kofesiga aralashtirdi. So‘ngra Salim ham Halimning piyolasidagi aralashmadan bir qoshiq olib o‘zining piyolasiga soldi va aralashtirdi. Aytingchi, sutdagi kofe ko‘pmi yoki kofedagi sutmi yoki bir xil tenglikdami?


Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə