5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə21/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
5-мавзу

Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish. Sinaluvchi tanlab olgan fazilatlar soni har bir ko‘plik uchun sanalib chiqiladi va tegishli mezon qatoridagi umumiy so‘zlar soniga taqsimlanadi; Agar ijobiy ko‘plik bo‘yicha koeffisiyent birga yaqin bo‘lsa, bu sinaluvchi o‘zini ortiqcha baholab yuborgani va o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘lmaganidir. Salbiy ko‘p­lik bo‘yicha koeffisiyentning ijobiy ko‘plik bo‘yicha nolga yaqinligi o‘ziga yetarli baho bermaganligidir.
Koeffisiyentning 0,5 ga yaqin bo‘lishi sinaluvchining o‘ziga normal, o‘rta baho berishini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga u o‘zini ortiqcha baholab yubormasdan, o‘z-o‘ziga tanqidiy yondashganligini ko‘rsa­tadi.
Topshiriqning bajarilishi. Bu eksperimentni ikki qator qilib yozib qo‘yilgan so‘zlar orasida-gi bog‘lanishning koeffisiyentini hisoblab chiqish yo‘li bilan o‘tkazish mumkin. Bunda sinaluvchi ro‘yxatda berilgan so‘zlar orasidan tanlab olib ikki qatorga 20 tadan so‘z yozib chiqadi. Birinchi qatorga sinaluvchiga kamroq ma’lum bo‘lgan fazilatni ifodalovchi so‘zlar yoziladi. Undan keyin sinaluvchining ko‘ngliga ko‘proq yoqadigan fazilatni ifodalovchi so‘zlar yoziladi va hokazo. Nihoyat, sinaluvchiga eng ortiq darajada yoqadigan fazilatni ifodalaydigan so‘zlar yoziladi. Shundan so‘ng sinaluvchi ikkinchi qatorni tuzadi. Uni sinaluvchi o‘zida kam dara­jada mujassamlashgan fazilatni ifodalaydigan so‘zlardan boshlaydi. So‘ng sinaluvchi o‘zida ko‘proq mujas­samlashgan fazilatni ifodalaydigan so‘zlarni yozadi va hokazo. Oxirgi o‘rinda esa sinaluvchi o‘zida eng ko‘p mujassamlashgan xislatlarni ifodalovchi so‘zlarni yozadi.
Bajarilgan topshiriq natijalarini ishlab chiqish. Har ikkala qatorga yozilgan xossalarning tartib nomerlari ularning darajalari deb qabul qilinadi. U yoki bu xossani belgilab beruvchi nomerlar (darajalar) quyidagi formula yordamida hamma vaqt korrelyasiyani hisoblab chiqish imkonini beradi.
Bunda - ko‘rilayotgan xossalar soni.
- daraja nomerlarining farqi.
Masalan, sinaluvchi quyidagi ikki qatorni tuzadi:
1. Hasadgo‘ylik.
2. O‘zini tuta bilmaslik.
3. Ishonuvchanlik.
4. Qasoskorlik.
5. Ko‘rolmaslik.
6. Gumonsirashlik.
7. Qo‘rqoqlik.
8. Xushchaqchaqlik.
9. Uyatchanlik.
10. Pedantlilik.
11. Odamovilik.
12. Achinishlik.
13. Izlanuvchanlik.
14. Nafislik.
15. Nomuslilik.
16. Tashabbuskorlik.
17. Gʻamxo‘rlik.
18. Mag‘rurlik.
19. Ochiq chehralik.
20. Prinsipiallilik.
1. Ishonuvchanlik.
2. O‘zini tuta bilmaslik.
3. Hasadgo‘ylik.
4. Pedantlilik.
5. Gumonsirashlik.
6. Tashabbuskorlik.
7. Uyatchanlik.
8. Xushchaqchaqlik.
9. Qurqoqlik.
10. Qasoskorlik.
11. Nafislik.
12. Mag‘rurlik.
13. Prinsipiallilik.
14. Ochiq chehralik.
15. Gʻamxo‘rlik.
16. Nomuslilik.
17. Izlanuvchanlik,
18. Nafratlilik.
19. Odamovilik.
20. Achinishlik.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə