6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish tartibi



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə3/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish tartibi.
Respublikamiz
fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarini
birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar,
diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar)
diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi
7
.
Mamlakatimizda diniy tashkilotlarni tashkil etish, davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish yoki faoliyatini tugatish Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
6
Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида (янги таҳрири) Ўзбекистон Республикаси Қонуни. Т.: 1998.
– Б. 8.
7
Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида (янги таҳрири) Ўзбекистон Республикаси Қонуни. 8-
модда. Т.: 1998. – Б. 5.



20 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan


o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan olib boriladi.
Diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan va
respublika hududida doimiy yashayotgan 100 nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari
tashabbusi bilan tuzilishi mumkin. Tashkilot ustavi qabul qilingandan keyin bir oy
muddatda barcha zarur ta’sis hujjatlari Adliya vazirligi yoki uning joylardagi
idoralariga taqdim etilishi zarur. Bir diniy tashkilotning a’zosi bir vaqtning o‘zida
boshqa diniy tashkilotning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Markaziy boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasining kamida 8 ta
hududiy tuzilmasi (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)da
faoliyat ko‘rsatayotgan tegishli konfessiyalarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan diniy
tashkilotlari va diniy o‘quv yurtlari vakillari ta’sis konferensiyasi tomonidan
tuziladi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Boshqa diniy tashkilotlar ustavi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan, Din
ishlari bo‘yicha qo‘mita yoki uning joylardagi vakili bilan kelishilgan holda, davlat
ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Taqdim etilgan hujjatlar bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi hamda ustavni
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda diniy tashkilotlarga
Adliya vazirligi yoki uning joylardagi idoralari tomonidan guvohnoma beriladi.
Tegishli hollarda diniy tashkilot faoliyatini tugatish va tarqatib yuborish
to‘g‘risidagi qaror uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qabul qilinadi.

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə