6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə6/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

1.

Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari.
Terrorizm
(lotincha – «qo‘rqitish», «vahimaga solish») – aholining keng qatlamlarida vahima
va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat
hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir.
Terror – ommaviy va siyosiy maqsadlarga erishish uchun zo‘ravonlikdan
hamda zo‘ravonlik qilish bilan tahdid solishdan muntazam foydalanishdir.
SHunday qilib, «terror» dushmanni jismoniy zo‘ravonlik yo‘li bilan qo‘rqitish,
hatto uni jismonan yo‘q qilishni anglatadi. «Terrorizm» esa terror amaliyotidir. Bu



ikki tushunchani shu tarzda chegaralash maqbul bo‘lsa, u holda terrordan kelib


chiqqan terrorizm aslo yangi hodisa bo‘lmay, bugungi kungacha asrlar qo‘ynidan
etib kelgan, deb hisoblash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida «terrorizm»ga quyidagicha
ta’rif berilgan: «Terrorizm – xalqaro munosabatlarni murakkablashtirish,
davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzish, xavfsizligiga putur etkazish,
urush va qurolli mojarolar chiqarish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish,
aholini qo‘rqitish maqsadida davlat organini, xalqaro tashkilotni, ularning
mansabdor shaxslarini, jismoniy va yuridik shaxsni biron bir faoliyatini amalga
oshirishga yoki amalga oshirishdan tiyilishga majbur qilish uchun zo‘rlik, kuch
ishlatish, shaxs yoki mol-mulkka xavf tug‘diruvchi boshqa qilmishlar yoxud ularni
amalga oshirish tahdidi, shuningdek, terrorchilik tashkilotining mavjud bo‘lishini,
ishlab turishini, moliyalashtirilishni ta’minlashga, terrorchilik harakatlarini
tayyorlash va sodir etishga, terrorchilik tashkilotlariga yoxud terrorchilik
faoliyatiga ko‘maklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan
shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag‘-vositalar va resurslar berish
yoki yig‘ishga, boshqa xizmatlar ko‘rsatishga qaratilgan faoliyat».
Yuqorida keltirilgan ta’riflarda terrorizmning nihoyatda muhim bir
xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalariga emas, balki u
yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli
aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. XX asrning 60-
yillaridan boshlab, terrorizmning mojarolarni keltirib chiqaruvchi hodisa sifatidagi
salohiyati, butun-butun mintaqalar yo‘nalishi turlicha bo‘lgan terrorchi tashkilotlar
va guruhlar faoliyat ko‘rsatgan joylarga aylanib qoldi. Buning natijasida,
terrorchilik harakatining ko‘lamigina emas, balki metodlari ham o‘zgardi. Uning
eng dahshatli ko‘rinishlaridan biri – o‘zini avvaldan o‘limga tayyorlagan terrorchi-
kamikadzelar tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlarni keltirish mumkin.
Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani
uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish
maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Demak, terror, terrorchilik faoliyati, terrorchi birgalikda bir butun hodisa
sifatida terrorizmni tashkil etadi. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro
terrorizm shaklini oldi.
«Xalqaro terrorizm» tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy
Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə