6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə5/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati. 
Diniy ekstremizm va terrorizm kabi hodisalarning ildizlari uzoq tarixga borib
taqalsa-da, ular hech qachon ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot uchun bugungidek
tahdid solmagan. Zero, hozirda diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga
ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf
solmoqda. SHunday ekan, uning oldini olish va unga qarshi kurashish
insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi.
Ekstremizm (lotincha – «aql bovar qilmas darajada», «haddan oshish»)
jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga zid radikal qarashlar va harakatlarni
anglatadi. Ularga diniy tus berish esa, diniy ekstremizmga olib keladi.



Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va


aqidalarni rad etish, ularga zid g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga
asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi.
Ekstremistik qarashlarni barcha dinlarda, buddaviylik, xristianlik,
islomdagi turli oqimlarda uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik
cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad
etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda
tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya
faoliyatini ham ekstremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydilar. Ammo
hozirda islom dini niqobi ostidagi diniy-siyosiy harakatlar a’zolari tomonidan turli
jinoyatlar sodir etilayotgani jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda.
Fundamentalizm – (lotincha – «asos») tushunchasining ma’nosi muayyan
ijtimoiy hodisaning dastlabki ko‘rinishini anglatadi.
Diniy fundamentalizm – «ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish
va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin», degan
fikrni ilgari surish ta’limotini anglatadi. Istilohda aqidaning o‘zgarmasligini
himoya qiladigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida
belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab
qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladi.
«Fundamentalizm» atamasi aslida xristian dini bilan bog‘liqdir.
Fundamentalizm iborasi birinchi bor I Jahon urushi arafasida vujudga kelgan
protestantlikdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910
yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning
an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni
mustahkamlash, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu
oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon
xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
XX asrning 70-yillaridan boshlab, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila
boshladi. Bunda «fundamentalizm» atamasi – Qur’on va hadislarni so‘zma-so‘z
talqin etuvchi, ilk islomga qaytishga qaratilgan aqidalarni targ‘ib qiluvchi diniy-
konservativ ruhdagi yo‘nalishga nisbatan ishlatildi. Buning natijasida jahon
matbuotlarida islom niqobidagi mutaassib jangarilarni «fundamentalistlar» deb
atash ham odat tusiga kirdi.
SHunday ekan, ekstremizm yoki fundamentalizmni faqat muayyan din
bilan bog‘lash mutlaqo asossiz. Xususan, islom dini, u bilan bog‘liq turmush tarzi
va qadriyatlar majmui hech qachon ekstremistik tuzilmalarning go‘yo din va
musulmon jamoasi ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan terrorchilik xurujlarining
asosiy sababi sifatida qaralishi mumkin emas.



Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, dinning asl mohiyatini buzib


talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar xuddi yuqoridagi kabi go‘yoki, keng xalq
ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik
va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai
sifatida odamlar ongini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali
hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydi.
Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va mutaassib harakatlar
turli dinlar, shu jumladan, islom, xristianlik, yahudiylik dinlari ta’limotlaridan
foydalanmoqdalar.
Aqidaparastlik (arab. – «aqida» – «ishonch», «biror narsani ikkinchisiga
bog‘lash») muayyan sharoitda, biron-bir g‘oyaga qat’iy ishonib, uni
mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni
hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinishni anglatadi. U
muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy kengaytirishga urinishda yorqin
namoyon bo‘ladi.
Mutaassiblik (arab. – «g‘uluv ketish», «chuqur ketish») o‘z fikr-mulohaza
va dunyoqarashi to‘g‘riligiga o‘ta qattiq ishonib, boshqa diniy e’tiqodlarga
murosasiz munosabatda bo‘lishni anglatadi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din
va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab
bo‘lgan.
Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy
tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy mutaassiblik g‘oyalarning
tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu jarayonning eng xatarli jihati dinni
siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan odamlar orasiga nifoq
solish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ro‘yobga
chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Demak, diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu
– mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo‘lishidir. Mutaassiblik diniy ekstremizm
va terrorizmga zamin tayyorlaydi. SHu o‘rin qayd etish joizki, ko‘p manbalarda
«aqidaparastlik» so‘zi hozirgi voqelikdan kelib chiqib «mutaassiblik» so‘zi bilan
almashtirilgan holda istefoda etilmoqda.

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə