6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə9/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

3.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-
ma’rifiy asoslari
. Din niqobidagi ekstremizm va

u bilan bog‘liq terrorizm


dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Er kurrasining
turli qitalarida joylashgan bunday mamlakatlarni shartli tarzda bir necha guruhga
bo‘lish mumkin.
Birinchi guruhga mansub SHimoliy Afrikada joylashgan ayrim arab
mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bo‘lgan Misr Arab Respublikasi
uchun diniy ekstremizm bilan bog‘liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga
aylandi. 1970-1980 yillarda bunday jarayon Tunisni ham qamrab oldi. Mazkur
mintaqada joylashgan yana bir arab davlati – Jazoirdagi diniy-ekstremistik
tashkilotlarning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli o‘n minglab begunoh insonlar
halok bo‘lgan bo‘lsa, radikal oqimlar Sudanda ichki ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikning mutlaqo izdan chiqishiga, Darfur mintaqasining dunyoning eng
fojiali nuqtalaridan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi.
Ikkinchi guruhga Osiyo qit’asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini
kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga
ko‘ra, Falastin hududlari, Suriya, Iroq Respublikasi diniy ekstremizm bilan bog‘liq
terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko‘rmoqda. Ayniqsa, Suriya davlatining
iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi.
Mamlakatning o‘nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino va inshoatlar
poydevorigacha yo‘q qilingan, neft-gaz qazib chiqaruvchi quvvatlarning ko‘p
qismi «ISHID» jangarilari qo‘lida qolmoqda. SHu sababli, 85% suriyaliklar
qashshoq holatga tushib qolgan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyani tiklash
uchun yiliga 100 milliard AQSH dollari lozim bo‘ladi. SHundan keyingina 9 yil
ichida davlat 2010 yilgi darajaga chiqishi mumkin. Suriyaning sobiq Bosh vaziri
va hozirda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Komissiyasi ijroiy kotibining o‘rinbosari



bo‘lgan Abdulloh al-Dardoriy aytishicha, 2010 yili Suriyaning yalpi ichki


mahsuloti 62 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan. Ammo, fuqarolar urushidan
so‘ng yalpi ichki mahsuloti 27 milliard AQSH dollariga tushib ketgan. Faqatgina
ishlab chiqarish maydonlarining o‘zi 90% vayron qilingan. Turar-joy binolarining
yarmi esa buzib tashlangan.
Diniy-ekstremistik faoliyatning uchinchi o‘chog‘i Janubi-SHarqiy Osiyo
mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa,
Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Filippinning ayrim
hududlarida o‘zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha
aytganda, qadim-qadimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga
e’tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning
qo‘poruvchilik salohiyati o‘zini ko‘rsatmoqda.
Islom mafkura sifatida musulmonlarni birlashtiruvchi kuchli omil bo‘lib
kelgan. Asrlar davomida turli ijtimoiy tabaqalar va millatlarni qamrab olishi
natijasida, bugungi kunda islom o‘z rivojlanishida katta qiyinchiliklarga duch
kelmoqda. Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli qarama-qarshiliklar oqibatida
jangari millatchilik va diniy ekstremizmga asoslangan siyosiy kuchlar va ittifoqlar
paydo bo‘lmoqda.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib borishda kompleks va
tizimli, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy chora-tadbirlarni qo‘llash
muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunday chora-tadbirlarni qo‘llash katta vaqt,
tegishli reja va yirik mablag‘lar talab qiladi.
Diniy ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham
katta ahamiyatga ega. Xususan, o‘z hududida diniy ekstremistlar va terrorchilar
faoliyatiga yo‘l ochib bermaslik, ularga yordam ko‘rsatmaslik va siyosiy boshpana
bermaslik hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Arab – musulmon davlatlari ichida Misr Arab Respublikasi birinchi bo‘lib
terrorizm muammosiga 1940-yillarda, «Musulmon birodarlar»ning o‘z faoliyatida
ishontirish usullaridan radikal terrorchilikka – davlat, politsiya va armiyaning
ko‘zga ko‘ringan arboblarini jismonan yo‘q qilish yo‘liga o‘tishi natijasida duch
keldi. Ushbu davlatning diniy mutaassiblikka qarshi kurashdagi bir necha o‘n yillik
tajribasi radikal diniy guruhlarga xayrixohlik bilan qarash, ularni pinhona
rag‘batlantirish ekstremistik harakatlarning yanada faollashuviga, yangilarining
paydo bo‘lishiga imkon yaratishini ko‘rsatadi.
Musulmon mamlakatlarining diniy ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi
umuman olganda, har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor
yo‘nalishlaridan qat’i nazar, bilvosita va bevosita qarshilik ko‘rsatish usullarini o‘z
ichiga oladi.



Bilvosita choralarga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik, zo‘ravonlikka


qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish, shuningdek,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam
beradigan dasturlarni kiritish mumkin.
Bevosita qarshilik ko‘rsatish o‘z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari
tomonidan ko‘riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qabul qilish,
ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. SHu o‘rinda, masalan, Misr
qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz.
Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo‘ravonlikni
targ‘ib etuvchilar, radikal guruhlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovchilarga nisbatan
qattiq ma’muriy-jinoiy choralarni qo‘llashini ham qayd etish lozim.
1990-yillarda zo‘rlik va terror harakatlarining kuchayishi esa Misr
hukumatini «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonun kabi, bir qator yangi
huquqiy hujjatlarni qabul qilishga majbur qildi. Bunday maxsus Qonunning qabul
qilinishi xavfsizlik idoralariga ko‘proq erkinlik berish va ular olib borayotgan
faoliyatning samaradorligini ta’minlash bilan bog‘liq edi.
Musulmon mamlakatlari diniy ekstremizm va zo‘ravonlik muammolarini
ilmiy va keng qamrovda echish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etmoqda.
Jumladan, ilmiy-tekshirish institutlari va strategik markazlarda bu muammoning
ilmiy-tizimli tahliliga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatda
muayyan o‘ziga xosliklar kuzatilishi, tabiiy, albatta. Masalan, Indoneziyada
ekstremizmga qarshi olib borilayotgan kurashda ekstremistlarning yirik vakillari,
jumladan, qamoqda bo‘lgan Abu Bakar Bashir tomonidan tashkil etilgan «islom
maktablari»ni yopish choralari ko‘rilayotgani bunga misol bo‘la oladi.
SHuningdek, 2002 yilda Bali orolida sodir etilgan va 200 dan ortiq kishining
umrini xazon qilgan portlashlarning tashkilotchilaridan biri Imom Samudra
tomonidan yozilgan va jangarilik g‘oyalariga boy bo‘lgan kitoblarni bosish va
tarqatish man etilganini ham qayd etish zarur.
Bunday harakatlar hozirda hukumat va ulamolarning diniy ekstremizmga
qarshi birgalikda olib borayotgan ishlarining bir qismi sifatida qaralmoqda.
Umuman olganda, Indoneziyada «Politsiya ishtirokida kuchga va musulmon
ulamolarining faol ishtirokida mafkuraga tayanib ish olib borish – ekstremizmga
qarshi kurashning ikki fronti» sifatida e’lon qilinganini ta’kidlash lozim. Radikal
qarashlarga qarshi kurash bo‘yicha etakchi musulmon ulamolari ishtirokida guruh
shakllantirilgani ham bu yo‘lda amaliy ishlarga o‘tilganining isboti bo‘la oladi.
Diniy ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kelayotgan musulmon
mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlarda ko‘tarish bilan dunyo
jamoatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda. SHuningdek, radikal
kayfiyatdagi mutaassiblar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida



hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama


kelishuvlarni imzolashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, arab
davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni tartibga solish va terrorizm
muammosini arab davlatlari Ichki ishlar vazirlari majlislarining dolzarb mavzusiga
aylantirish yo‘lidagi harakatlar ham shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy qismi
hisoblanadi.
Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman
kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Zamonaviy ekstremizm va
terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va
bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda o‘zaro
hamkorlik va sobitlikni talab etadi. SHakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga
qarshi kurashmagan davlatlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va
barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə