6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


«mafkura  poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə12/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org

«mafkura 
poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega
» bo‘lgan bugungi
kunda axborot sohasi bilan bog‘liq jarayonlarga alohida e’tiborni qaratish – inson,
jamiyat va davlat ma’naviy-madaniy xavfsizligi va barqarorligining muhim
shartidir.

3. Din niqobidagi mafkuraviy tahdidlarning namoyon bo‘lish shakllari. 
YOshlarning faol ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning
turli mafkuraviy ta’sir va tazyiqlarning bosh ob’ektiga aylanishiga olib keldi.
Bunda ularning jamiyatning hali etarli tajribaga ega bo‘lmagan, tashqi ta’sirlarga
tez beriluvchan va ayni paytda, eng harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
YOshlarning turli oqimlarga kirib qolishlari sabablari qatorida ularning 

bilimlari, shu jumladan, diniy ilmlarni egallashga bo‘lgan qiziqish va intilishi


hamda ishonuvchanligi, birdaniga va hamma narsaga (boylik, shon-shuhrat,
martaba va h.k.) ega bo‘lishga harakat qilishi, ilmiy tilda aytganda maksimalizm
kabi ma’naviy-ruhiy omillarni alohida ajratib ko‘rsatish lozim. «Sen bu tashkilotga
kirish yoki mana bu vazifani bajarish bilan alohida, har kimga ham nasib
qilavermaydigan sharafli ishga qo‘l urgan bo‘lasan, kerak bo‘lsa, sen millat, din,
insoniyatning xaloskoriga aylanasan!», – degan qarashlarni singdirish jarayoni
aynan mana shu kabi xususiyatlarga alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi.



«YOshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi


avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman», - deb yozgan edi siyosiy
arboblardan biri. SHu nuqtai nazardan qaraganda, diniy ekstremistik oqimlar ham
jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, nazorat
qilishni ko‘zlab ish yuritmoqda deyish mumkin.
Ayniqsa, g‘oyalar kurashi avj olgan bugungi kunimizda yoshlar
ma’naviyatiga tajovuz solayotgan tahdidlar qatorida, dinni niqob qilib, diniy
qadriyatlarimizni oyoqosti qilishga urinayotgan ekstremistik va missionerlik
harakatlarining faoliyati jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. SHuning bilan birga, dindan
siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinish ba’zan mudhish holatlarning yuz
berishiga olib kelmoqda.
Davlatimiz kelajagi hisoblangan yosh avlod tarbiyasiga yurtimizda doimo
alohida e’tibor bilan qaralgan. Mamlakatimizda sog‘lom va ma’naviy boy,
intellektual rivojlangan, axloqan etuk, jismonan baquvvat avlodni tarbiyalash
hamda voyaga etkazish maqsadida 2000 yilni «Sog‘lom avlod yili», 2001 yilni
«Onalar va bolalar yili», 2008 yilni «YOshlar yili», 2010 yilni «Barkamol avlod
yili», 2014 yilni «Sog‘lom bola yili» va 2016 yilni «Sog‘lom ona va bola yili» deb
e’lon qilingani ham buning yana bir yorqin hayotiy-amaliy ifodasi bo‘ldi. Bu
borada yurtimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, «...
farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib
yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu
borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi».
Zero, jismoniy tarbiya bolani jismonan baquvvat, kuchli, sog‘lom etib
tarbiyalasa, ma’naviy tarbiya orqali unda yuksak axloq, ezgulik, insonparvarlik,
shijoat, rahmdillik va mehnatsevarlik sifatlari shakllanadi. Ma’naviy tarbiya
farzandning o‘zligini saqlashga, uning botiniy olamini ma’rifiy boyitishga xizmat
qiladi. Buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy aytganidek, «Inson
tabiatning eng oliy zoti, kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi.
Insonga katta sharaf ko‘rsatilgan – unga aql-zakovat va kuch berilgan. SHu
sababdan, insonning ma’naviy olami uning oldiga qo‘yilgan vazifalarga mos
bo‘lishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, ma’rifatli bo‘lmog‘i darkor». Demak,
farzand tarbiyasi avvalo, uning ma’naviy poydevori qanchalik mustahkamligi bilan
belgilanadi. Darhaqiqat, go‘zal xulq ila tarbiyalangan bola hayotda aql-idrok bilan
ish tutadi, imon-e’tiqodida sobit turadi, erkin va mustaqil fikrlaydi, har xil
aldovlarga uchmaydi hamda g‘arazli tashviqotlarga berilmaydi.
Ayni paytda, bir haqiqatni alohida qayd etish lozim. Ota-bobolarimiz dini
bo‘lmish islom har doim odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi xislatlarni
ko‘paytirib, yomonlaridan xalos bo‘lishiga chorlagan, og‘ir sinovlarga bardosh
berishga, yorug‘ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, bir so‘z bilan aytganda,



xalqimiz uchun ham imon, ham axloq, ham ma’rifat bo‘lib kelgan. Hozirda ham bu


ma’rifat odamlarga ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlab, o‘zaro mehr-
oqibatlilik tuyg‘ularining kamol topishiga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash nafaqat bir
davlat yoki mintaqa, balki jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb masalaga aylandi.
SHu jumladan, bizning yurtimizda ham begunoh kishilarning qoni to‘kilishi, obod
joylar vayron bo‘lishi, aholi o‘rtasida vahima, parokandalik kelib chiqishining
oldini olish maqsadida bu kabi ishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga qarshi
qat’iy kurash olib borilmoqda.
Hozirgi kunga kelib mintaqada, xususan, O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy
sohaning rivojlanishi diniy mutaassiblik xavfining oldini olishda muhim omil
bo‘lib qolmoqda. Ammo g‘arazli kuchlar ham o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida
yangi-yangi uslublarni, hiyla-nayranglarni o‘ylab topishlari ham tabiiy. Bu kabi
salbiy holatlarning paydo bo‘lishi va rivoj topishiga yo‘l qo‘ymaslik esa doimiy
xushyorlikni talab etadi.
Ming afsuski, diniy savodi past bo‘lgan ayrim kishilar o‘zlarini islom
dinining jonkuyarlari qilib ko‘rsatuvchi, aslida esa, hokimiyatni egallashni maqsad
qilib qo‘ygan turli oqim vakillarining quruq va’dalariga aldanib qolmoqdalar,
hatto, o‘zlarini qurbon qilishgacha etib bormoqdalar. Johillik ham mutaassib
oqimlarning g‘arazli niyatlarini amalga oshirishiga zamin yaratadigan omillardan
biriga aylandi. Mamlakatimiz hududiga yashirin tarzda olib kirilayotgan
ekstremistik
ruhdagi
adabiyotlar,
internet
tarmoqlarida
tarqatilayotgan
materiallardan ta’sirlanayotgan va to‘g‘ri yo‘ldan adashayotganlarning borligi ham
buni tasdiqlaydi. O‘zini portlatish orqali begunoh kishilarning halok bo‘lishiga,
qanchadan-qancha bolalarning etimga aylanishiga sabab bo‘ladigan jafokorlik ham
jaholatning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy
ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur
o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Bunday kuchlar yoshlarimiz ongi va qalbini
zabt etish maqsadida har qanday qabih yo‘llardan foydalanishga urinmoqda.
Yuqoridagi mulohaza va dalillar, diniy ekstremizm va mutaassiblikning asl
qiyofasini ochib berib, mazkur harakatlarning nafaqat dunyoviy qonun-qoidalar,
balki islom dini asoslariga ham zid ekanini ko‘rsatadi. SHunday ekan, bunday
oqimlarga qarshi murosasiz kurash, terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan
mutaassib kuchlarning islom diniga mutlaqo yot, begona ekanini har tomonlama
asoslash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda farzandlarimiz dunyoning eng o‘tkir, faol, uddaburon,
Vatanparvar yoshlariga aylanishi, ularni fidoiylik, vatanparvarlik, tadbirkorlik,
millatparvarlik, sadoqatga o‘rgatish ko‘p jihatdan ota-onalarga ham bog‘liq. Bu
borada, albatta, ota-onaga yordam berishda butun jamoatchilik – mahalla faollari,



diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi,


profilaktika noziri, Xotin-qizlar qo‘mitasi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati
kabi tashkilotlarning joylardagi mas’ullari birgalikda faol ishlashlari kerak.
Respublikamizda qaror topgan tolerantlik muhitini afkor ommaga ob’ektiv
ko‘rsatib berish, e’tiqod erkinligi sohasida O‘zbekistonda olib borilayotgan
siyosatni keng targ‘ib qilish, diniy-ekstremistik oqimlar tomonidan targ‘ib
qilinayotgan vayronkor g‘oyalarga qarshi islom manbalariga asoslangan ilmiy
raddiyalar berish, diniy mutaassiblik tamoyillarining jamiyatga tahdidi, uning
zamiridagi g‘arazli geosiyosiy maqsadlar, ularni amalga oshirayotgan buzg‘unchi
kuchlarning kirdikorlarini fosh etishga qaratilgan ishlanmalar yaratish yoki ularni
aholi orasida targ‘ib etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, har bir insonning o‘z ishini sidqidildan amalga oshirishi, loqaydlik,
beparvolikning oldini olishi, yon-atrofida bo‘layotgan voqea-hodisalarga
hushyorlik bilan qarab, Vatan tinchligi yo‘lida sergak va ogoh bo‘lib yashashi,
yoshlarimizning ongu qalbini jaholatdan, yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya
qilish, ajdodlarimizga armon bo‘lib qolgan, biz erishgan mustaqillik va tinchlik-
osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashning muhim omili hisoblanadi.
Buni hech qachon unutmasligimiz, tinchlik uchun doimo o‘zimizning bor kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etib yashashimiz lozim.

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə