6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O‘zbekiston tajribasi. Reja: 1


partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik



Yüklə 84,9 Kb.
səhifə7/14
tarix29.11.2023
ölçüsü84,9 Kb.
#141313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
6-mavzu. O‘zbekistonda vijdon erkinligi. Ekstremizm va terrorizm-hozir.org


partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik
faoliyatini ifodalaydi. U og‘ir jinoyatlardan bo‘lib, uzoq davom etgan
jarayonlarning hosilasi hisoblanadi

Xalqaro terrorizm fenomeni, ayniqsa, XX asr boshlarida avj ola boshladi,
ya’ni xalqaro terrorizmga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikni yo‘lga



qo‘yilishi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934 yilda Madridda


bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga
bag‘ishlangan konferensiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har
qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash»
degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan. 1937 yilda 20dan ortiq davlat
terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi
Konvensiyani imzoladi.
Bugungi kunda terrorchilik uslublari ancha kengayganini ta’kidlash zarur.
1970-yillarda biror shaxs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti
ko‘proq uchragan bo‘lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus va
poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko‘plab tasodifiy kishilarning qurbon
bo‘lishiga olib keladigan qo‘poruvchilikni amalga oshirishga e’tibor berilmoqda.
Ekspertlarning fikricha, bunday harakatlar birinchi navbatda nobud bo‘lganlardan
ko‘ra, uning guvohlariga qaratilgan.
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:

xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgani;

davlatlar chegaralarini buzish orqali amalga oshirilishi;

a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma
shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi;

ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha
xorijlik yo‘riqchilarning qatnashishi;

ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan
maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;

tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va
ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog‘
savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilishi.
Muayyan mamlakat hududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan
u yoki bu belgilarning bo‘lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib
chiqib, unga mos choralar ko‘rilishiga olib keladi.

Yüklə 84,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə