6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja


Rj - jamoa ishbay narxi (so’m, tiyin);  Nich br



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#134345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Lecture-6

Rj
- jamoa ishbay narxi (so’m, tiyin); 
Nich br
- brigadaning mahsulot ishlab chiqarish 
normasi; 
Sti
- ishchining tarif stavkasi (so’m, tiyin); 
n
- brigada ishchilari soni.
Ish haqini hisoblashning ikkinchi varianti bajariladigan ishning sermehnatligi kalkulyasiyasiga 
asoslangan. Jamoa ishbay narxi bunday holda brigada baj argan ishlar majmuiga kiradigan alohida ish 
turlarining operasiyalar bo’yicha narxlari summasidan iboratdir. Brigadaning umumiy ish haqi 
tayyorlangan mahsulot miqdori (bajarilgan ish birligi) uchun umumiy jamoa narxi hosilasi sifatida 
aniqlanadi, keyin esa har bir ishchining razryadi va hisobot davrida u ishlagan haqiqiy vaqtni hisobga 
olgan holda brigada a’zolari o’rtasida taqsimlanadi.
Brigada ish haqining tarqalgan taqsimlash usullaridan biri 
qo’shimcha haq koeffisiyenti 
yordamida 
taqsimlashdir. Bunday holda har bir ishchining ish haqini hisoblash usuli quyidagilardan iborat bo’ladi: 
a)haqiqatda ishlagan vaqt uchun butun brigada ish haqining tarif stavkasi summasi aniqlanadi; 
b)qo’shimcha haq koeffisiyenti aniqlanadi, buning uchun jamoa narxlari bo’yicha brigadaning haqiqatda 
olgan ish haqi tarif stavkasi bo’yicha ish haqi summasiga bo’linadi; v)har bir ishchining haqiqiy ish haqi 
hisoblab chiqiladi: uning ishlangan vaqt uchun tarif bo’yicha ish haqi qo’shimcha haq koeffisiyentiga 
ko’paytiriladi.
Jamoa ish haqini taqsimlash usuli ham qarab chiqilgan usulga ancha yaqindir, bu usul bilan I 
razryadga doir keltirilgan ish soatlari soni va ishning bir soatiga I razryad bo’yicha haqiqatda 
to’lanadigan haq hisoblab chiqiladi. Mazkur usul bo’yicha ish haqini taqsimlash uchun dastlab 
brigadaning har bir a’zosi ishlagan soatlar va umuman brigada ishlagan soatlar soni aniqlanadi. Buning 
uchun har bir ishchi ishlagan soatlar soni uning razryadiga to’g’ri keladigan tarif koeffisiyentiga 
ko’paytiriladi. Olingan natijalar jamlanadi. So’ngra brigadaning haqiqatda ishlagan ish haqi summasi 
brigadaning 1 razryad bo’yicha keltirilgan ish soatlari miqdoriga bo’lish bilan keltirib o’tilgan bir soat 
ishga to’g’ri keladigan haqiqiy mehnat haqi miqdori aniqlanadi. Nihoyat, bir soatga to’langan haqiqiy 
haq miqdorini har bir ishchining 1 razryad bo’yicha ishlagan soatlari soniga ko’paytirish yo’li bilan 
ularning haqiqiy ish haqi aniqlanadi.
Jamoa ish haqini brigada a’zolari o’rtasida taqsimlashda vujudga keladigan asosiy muammo har bir 
ishchining brigada ishining umumiy natijasiga shaxsiy hissasini yanada to’laroq hisobga olishdan 
iboratdir. Brigada ish haqini taqsimlashning qarab chiqilgan usullari buni shunday holda hisobga olishi 
mumkin: agar har bir ishchi o’zining malakasiga to’g’ri keladigan murakkablikdagi ishni bajarish kerak 
bo’lsa, brigada har bir a’zosining mehnat unumdorligi taxminan bir xil bo’lsa. Biroq amalda hamisha 
ham shunday bo’lavermaydi. Ishchilarning umumiy brigada ishiga yakunlariga qo’shgan alohida hissasi 
ko’pincha birmuncha farq qiladi, ishlangan vaqt va razryad bir xil bo’lganda, ish haqi ham bir xil bo’ladi. 
bu hol brigada ish haqini taqsimlashning odatdagi usullariga tuzatish kiritish zarurligiga olib keladi.
Tuzatish kiritish usullaridan biri ishbay qo’shimcha haqni va brigadaning jamoa mukofotini 
ishtirok etish koeffisiyentlari yordamida taqsimlashdir, ular brigadaning ayrim a’zolari umumiy 


topshiriqni bajarishda qanday ishtirok etganligi darajasini ifodalaydi. Ishtirok etish koeffisiyentlari 
brigadaning o’zi tomonidan oylik ish yakunini chiqarish vaqtida hisoblab chiqish tartibida belgilanadi, 
hisoblash mehnatga haq to’lash to’g’risidagi Nizomda belgilangan bo’lib, u xodimlar bilan ish beruvchi 
o’rtasida kelishib olingan bo’ladi.
Ishtirok etishning o’rtacha koeffisiyenti bir deb qabul qilinadi. Uning pasayishi odatda mehnatga 
beparvolik bilan qarash, brigada boshlig’ining topshirig’ini bajarmaslik, mehnat unumdorligining 
pastligi, mehnat va texnologiya intizomini buzish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik va 
boshqa sabablar bilan bog’liqdir. Ishtirok etish koeffisiyentini oshirish shunday hollarda qo’llanadi: 
ishchi brigadaning boshqa a’zolariga nisbatan mehnat unumdorligida ancha yuqori natijaga erishadi, bir-
biriga yaqin kasblarni (operasiyalarni) o’zlashtirib oladi, ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishda 
tashabbus ko’rsatadi, ishining sifati yuqori bo’ladi. amalda ishtirok etish koeffisiyentlari brigadalarda 
belgilanadi va ko’pincha 0,8-1,5 atrofida bo’ladi. Ishlangan vaqt uchun tarif ish haqi odatda 
kafolatlanadi, qo’shimcha haq miqdori esa ishtirok etish koeffisiyentiga mutanosib ravishda aniqlanadi. 
shunday bo’lishi kerakki, belgilangan barcha ishtirok etish koeffisiyentlarining summasi brigada a’zolari 
soniga teng bo’lishi zarur, aks holda taqsimlangan ish haqining miqdori yozilgan ish haqi miqdoriga teng 
bo’lmasligi mumkin.
Mehnatga haq to’lashning ishbay (akkord) tizimida akkord topshiriqqa kirgan muayyan ishlar 
majmuini bajarganlik uchun to’lanadi, ayrim operasiyalar va ish turlarining bajarilishi hisobga olinmaydi. 
Akkord naryad bo’yicha ish haqi summasi kalkulyasiya asosida hisoblanadi. U vaqt (mahsulot ishlab 
chiqarish) me’yorini va mazkur majmuaga kiritilgan ish turlari narxlari hisobga oladi.
Akkord mehnat haqi to’lash odatda ishchilar jamoasi (brigada, zveno) uchun joriy qilinadi va 
haqiqatda pirovard mehnat natijalariga qarab mehnatga haq to’lash jamoa tizimining bir varianti sifatida 
qaraladi. Ayni vaqtda u mehnatga ishbay haq to’lashning boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, ish 
haqining umumiy miqdori bajarilgan ish uchun ishchiga oldindan, ish boshlanmasdan e’lon qilinadi.
Akkord haq to’lashning tatbiq etilishi odatda ishlab chiqarish topshirig’ini bajarishning muayyan 
muddatini belgilash bilan bog’liqdir. Akkord naryadini olgan ishchi ish hajmini yaqqol tasavvur qiladi va 
bajaradigan ishi uchun oladigan haqini va uni bajarish muddatini bilib oladi, bu esa ishlarni bajarish 
muddatini qisqartirishdan manfaatdorlikni oshiradi. Haq to’lashning mazkur tizimi ishlab chiqarish sikli 
uzoq davom etadigan tarmoqlarda (kemasozlikda), shuningdek ishlarni bajarish muddatini qisqartirish hal 
qiluvchi rol o’ynaydigan hollarda (masalan, yirik ishlab chiqarish agregatlarini shoshilinch ta’mirlashda) 
maqsadga muvofiqdir.
Akkord haq to’lashdan foydalanish uchun qurilishda ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Bunga xalq 
xo’jaligining mazkur tarmog’i uchun xos bo’lgan mehnatni tashkil etishning jamoa shakli va qurilish 
ishlarini jadallik bilan olib borish zarurligi yordam beradi. Akkord ishlab chiqarish topshirig’i 
bajarilishida atmosfera sharoitlarining yomon kelishi tufayli butun-butun smenalarda ish to’xtab qolishi 
mumkin. Bunday hollarda topshiriqni bajarish muddati uzaytirilishi, ko’rsatib o’tilgan tanaffuslar aniq 
hisobga olinishi mumkin.
Agar akkord topshiriqni bajarish uchun uzoq muddat talab qilinsa, ishchilarga mazkur hisob 
davrida bajarilgan ish hajmidan kelib chiqib avans beriladi. Uzil-kesil hisob-kitob topshiriqda ko’zda 
tutilgan barcha ishlar yakunlangandan keyin amalga oshiriladi.
Mehnatga haq to’lashning bevosita ishbay tizimi shundan iboratki, xodimning ish haqi uning 
shaxsiy ishlab chiqarish normasiga emas, balki boshqa xodimlar mehnatining natijalariga bog’liq bo’ladi. 
Haq to’lashning bunday tizimi ish normalari bajarilishini hisobga olish qiyinroq bo’lgan yordamchi 
ishlarni bajaruvchi xodimlar uchun tatbiq etiladi, lekin asosiy ishbay ishlovchi xodimlar ishlab chiqarish 
normalarining bajarilishi ularning mehnati natijalariga bog’liq bo’ladi. Bevosita ishbay tizim bo’yicha, 
masalan, asbob-uskunalarni sozlovchilar, transport ishchilari (haydovchilar, kirachilar, yuk tashuvchilar) 
mehnatiga haq to’lanadi, ular detallarni sexlar o’rtasida va sexlar ichida tashish ishlarida band bo’ladilar, 
shuningdek ko’prikli kran haydovchilari va stropalchilar mehnatiga ham shu tizim bo’yicha haq to’lanadi. 
Mehnatga bevosita ishbay haq to’lashdagi narxlar quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə