6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#134345
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Lecture-6

asosiy ish haqi
deb atash qabul qilingan.
Ish haqini asosiy (tarif) va qo’shimcha (rag’batlantiruvchi) haqlarga bo’lish muqarrar ravishda 
ularning nisbati qanday bo’lishi kerak degan masalani o’rtaga qo’yadi. Mantiqan olganda, asosiy ish haqi 
o’zining nomini oqlashi uchun hyech bo’lmaganda 50% dan ko’proqni tashkil etishi, rag’batlantiruvi ish 
haqi esa tegishli ravishda 50%dan kamroq bo’lishi, ya’ni rag’batlantiruvchi qismning (Qr) ulushi 100% 
va asosiy haq (Ah) o’rtasidagi farqqa teng bo’lishi kerak:
Qr = 100 - Ah
 
Ayni vaqtda ish haqini amaliy ravishda tashkil etish uchun nomlar mantig’ining o’zi bilan ish 
ko’rish yetarli emas. Ish haqining tarkibiy qismlari nisbatiga korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish va 
unga xos bo’lgan mehnatni normalashtirish sifati hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Tajribaning ko’rsatishicha, 
bu ko’rsatkichlar qanchalik past bo’lsa, xodim bajaradigan vazifalar doirasi qanchalik noaniq bo’lsa, 
tarifli haq to’lash salmog’i shunchalik past bo’ladi va rag’batlantiruvchi haq to’lashning ulushi 
shunchalik yuqori bo’ladi va aksincha.
Xo’jalik yuritishning sosialistik tizimida mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi 
xodimlarga haq to’lash darajasi bo’yicha faoliyatni tashkil etish pastroq bo’lgan korxonalarda nisbatan 
pastroq bo’lishi mumkin edi. Bunga sabab shu ediki, yagona tarif stavkalari bilan mehnatga kam haq 
to’lanadigan korxonalarda xodimdan zarur samaraga erishish uchun ko’proq rag’batlantiruvchi tizimlarni 
joriy etish yoki rag’batlantirish miqdorini ancha yuqori qilib belgilash talab qilinardi.
Boshqa teng sharoitlarda tarifli va rag’batlantiruvchi to’lovlar nisbatiga ta’sir ko’rsatuvchi ikkinchi 
muhim omil korxona kasaba uyushmasining (yoki korxonada yollanma xodimlar manfaatlarini himoya 
qiladigan boshqa biron-bir tashkilot) yetuklik darajasi, mehnatga haq to’lash shartlari va darajasiga ta’sir 
ko’rsatish imkoniyati hisoblanadi.
Vaqtbay ishlovchi ishchilar va maoshlar bo’yicha haq oladigan xodimlarda mehnat vazifalari 
tushunchasi yana ham soddaroq bo’lib, ko’pincha ishxonada to’liq ish kunini o’tkazish va o’zlariga 
ma’lum daraj ada biriktirilgan u yoki bu yumushni ado etishdan iborat bo’lardi. Vaqtbay haq to’lashda 
qandaydir ishlar hajmini (masalan, rejali topshiriqni) qayd etish qo’shimcha mukofot to’lanishini talab 
qilardi. Sekin-asta shunday tamoyil qaror topdi: ishga kelganlik uchun - tarif haqi, ishda biron- bir 
yumushni bajarganlik uchun mukofot to’lash. Bunday tushunchaning vujudga kelishiga mehnatga haq 
to’lash sohasidagi siyosat ham yordam berdi.
Davlat tomonidan belgilanadigan tarif stavkalari ancha past bo’lib, kamdan-kam hollarda qarab 
chiqilar va rejalashtirish hamda mehnatga haq to’lashning haqiqiy darajasiga zid kelardi. Davlat past 
darajadagi asosiy ish haqini kafolatlagan bo’lib, haqiqatda to’lanadigan haqni tarif stavkasidan deyarli 
ikki baravar ko’p qilib rejalashtirar, bu bilan korxonalarni o’z-o’zidan turli rag’batlantiruvchi to’lovlar 
joriy etishga, mehnat vazifalarini asosiy (tarif bo’yicha haq to’lanadigan) va qo’shimcha (turli 
rag’batlantirishlar yordamida haq to’lanadigan) vazifalarga bo’lishga undardi. Shuning uchun ham ish 
haqi tarkibida rag’batlantiruvchi to’lovlar darajasi yuqoriroq edi.
Bu daraja hozirgi vaqtda ham ba’zi korxona va tashkilotlarda yuqori bo’lib turibdi. Bunday 
sharoitda korxonalarning rahbarlari tarif stavkasining past darajasiga amal qilib, rag’batlantiruvchi 
to’lovlarning rolini oshirishga e’tibor bermoqdalar. Bu esa haq to’lashni xodimlar mehnatining natijalari 
bilan bir amallab bog’lab turishga imkon bermoqda.
Ilgari ko’rsatib o’tilganidek, mehnatga haq to’lashning oddiy tizimlari xodimning ish haqini 
mehnat natijalarini hisobga olishning bitta ko’rsatkichi: ish vaqti yoki tayyorlangan mahsulot sifatiga 
qarab shakllantiradi.
Oddiy vaqtbay tizim xodimning ish haqini uning tarif stavkasiga yoki haqiqatda ishlagan vaqtiga 
qarab belgilaydi. Ana shunga muvofiq ravishda tarif stavkalari: soatbay, kunbay va oylik stavkalar tatbiq 
etiladi.
Soatbay va kunbay tarif stavkalarini tatbiq etishda xodimning ish haqi miqdori quyidagi formula 
bilan belgilanadi:



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə