6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#134345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Lecture-6

TBMm
*100
MBMm
 
Bunda: TBMs-tarmoqda band bo’lgan mehnat resurslarining salmog’i, 
foiz;
TBMm-tarmoqda band bo’lgan mehnat resurslarining miqdori, mln. ishchi;
MBMm-makroiqtisod miqyosida band bo’lgan mehnat resurslarining umumiy miqdori, mln.
kishi.
Bu ko’rsatkichni qishloq xo’jaligi tarkibidagi tarmoqlar (o’simchilik, chorvachilik, paxtachilik) 
doirasida ham aniqlash mumkin. Bunda qishloq xo’jaligi asos qilib olinadi. Ichki tarmoqlarning shunga 
nisbatan salmog’i aniqlanadi. Tarmoq miqyosida mamlakat qishloq hududlarida yashayotgan aholining 
qanday salmoqqa egaligi, qishloq xo’jaligida bandligi ham aniqlanishi mumkin. Uning darajasini 
aniqlash uchun qishloq xo’jaligida band bo’lgan mehnat resurslarining umumiy miqdorini qishloq 
hududlarida yashayotgan umumiy aholi miqdoriga taqsimlab, 100 ga ko’paytirish kerak. Chunki bu 
ko’rsatkich foizda aniqlanadi.
Shu ko’rsatkichlar yordamida makroiqtisod doirasida qishloq xo’jalik tarmog’ida band bo’lgan 
mehnat resurslarining salmog’i, ular mehnatining unumdorlik darajasi aniqlanib, tahlil qilinishi mumkin. 
Shuning natijasida tarmoqda mehnat resurslarining bandligiga oid chora-tadbirlar makroiqtisod doirasida 
ishlab chiqilishi mumkin.
Tarmoqda band bo’lgan mehnat resurslari miqdori va salmog’ining pasayishi respublikada amalga 
oshirilayotgan agrar-iqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi natijasidir. Mehnat resurslarini ish bilan 
ta’minlash, ularning mehnati unumdorligini oshirish maqsadida respublika Prezidenti I. Karimov 
sanoatni qishloqqa olib borish zarurligini asoslagan holda isbotlamoqdalar. Shu maqsadda uzoqqa 
mo’ljallangan turli xildagi chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirishga 
alohida e’tibor berilmoqda. Bu siyosatning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ahamiyatliligini 
quyidagilar isbotlamoqda: dastavval aholi juda zich joylashgan Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 
qishloq hududida «O’zbekiston - Koreya» avtomobilsozlik qo’shma korxonasi qurilib, samarali faoliyat 
ko’rsatmoqda. Qashqadaryo, Toshkent, Farg’ona, Navoiy viloyatlari qishloqlarida neft, gaz, 
to’qimachilik sanoatining yirik qo’shma korxonalari yaxshi faoliyat ko’rsatmoqda. Shu kabi sanoat 
korxonalarining ishga tushirilishi natijasida qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli 
qismi ish bilan ta’minlandi. Bu ularning oilalari real daromadlar bilan ta’minlanishini yuksaltirmoqda. 
Ular respublikada avtomobilsozlik, yoqilg’i, to’qimachilik sanoatining barpo etilishini hamda 
rivojlanishini ta’minlamoqda.
Yuqoridagi ijobiy natijalarga asoslangan holda mamlakatning qishloq hududlarida sanoat 
korxonalari va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlar barpo etish ishlari izchillik bilan amalga 
oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Bu jarayon qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlari oqilona 
joylashishini ta’minlashga ham ijobiy hissa qo’shadi. Natijada mehnat resurslaridan foydalanish 
koeffitsiyentining oshishi ham ta’minlanadi.
Mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanmagan qismi ishsizlar hisoblanadi. Qonuniy jixatdan 
ishsiz hisoblanishi uchun ular tumanlardagi Mehnat birj asiga murojat etishi zarur. Mehnat birjalari 
murojaat etgan ishsizlarni belgilangan tartibda ro’yxatga olib, ularga ishsizlar maqomini beradi. «Ishsiz» 
maqomini olgan fuqaro esa ijtimoiy jihatdan himoyalanishi uchun unga minimal ish haqi miqdoridagi 


mablag’ har oyda berib turiladi.
Mehnat birjalari ish bilan ta’minlanmaganlarni tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda 
malakasini oshirish yoki kasblarini o’zgartirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi. Shular natijasida 
ularning ish bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bu esa mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti 
yuksalishini ta’minlaydi.
Qishloq hududlarida ishlab chiqarish kuchlarining rivojlantirilishi tarmoqdagi mehnat 
resurslarining ma’lum bir qismi sanoat va boshqa tashkilotlarga o’tishiga ta’sir etmoqda. Shu tufayli 
qishloq xo’jaligidagi mehnat resurslarining tarmoq ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasi, ya’ni 
ularning yil davomida ish bilan to’liq ta’minlanishi oshmoqda.
Tarmoqda mavjud bo’lgan mehnat resurslarini ishlab chiqarishga jalb etish, ularning mehnatlari 
unumdorligini yuksaltirishda moddiy hamda ma’naviy rag’batlantirishning, ya’ni ularni mehnatlariga haq 
to’lash, yaxshi ishlaganlarini esa rag’batlantirishning ahamiyati ulkan. Hozirgi davrda davlat hamda 
jamoa mulkchiligiga asoslangan xo’jaliklarda shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan ishchi- 
xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan miqdorda mehnat 
haqi to’lanmoqda. Qishloq xo’jalik korxonalarida vaqtbay usulda ish haqi belgilanganlar mehnatlariga 22 
razryad asosida haq to’lanmoqda. Ishbay usuldagilarga esa ta’rif razryadlariga asoslangan holda tarif 
stavkalari belgilangan. Tarif razryadi, stavkasiga asoslangan holda ularni mehnatlariga haq to’lanmoqda. 
Hozirgi davrda minimal ish haqi miqdori ham belgilangan. Lekin erkin bozor iqtisodi sharoitida 
mehnatga to’lanadigan ish haqining yeng kam miqdori belgilanadi. Yuqori darajasi esa xo’jaliklarning 
iqtisodiy imkoniyatlaridan hamda ishchi-xizmatchilarning qobiliyatlariga, imkoniyatlariga asoslangan 
holda belgilanadi. Bunday tartib xususiy korxonalarda, fermer xo’jaliklarida ma’lum darajada 
qo’llanilmoqda. Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilashga doimo e’tibor berish 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə