6 Mavzu: Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonlarini boshqarish Reja



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#134345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Lecture-6

3
 
Qishloq xo’jaligida mehnat bozori, uni rivojlantirish va boshqarish. 
Qishloq hududlarida mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan to’liq va samarali foydalanish, ularning 
mehnatlari unumdorligini yuksaltirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash yeng dolzarb 
muammo hisoblanadi. Bu muammo muvaffaqiyatli hal etilishi uchun quyidagi masalalar aniqlanib, 
ularning yechimini ta’minlashga qaratilishi lozim:
-
qishloq hududlarida mavjud bo’lgan mehnat resurslarining umumiy miqdorini, istiqbolda 
ularning o’zgarish (ko’payish, kamayishi) darajasini aniqlash;
-
qishloq hududlaridagi barcha tadbirkorlik shakllarida qisqa va uzoq muddatga bo’sh bo’lgan ish 
joylari miqdorini mutaxassislik turlari bo’yicha belgilash;
-
qisqa va uzoq muddatga bo’sh bo’lgan ish joylarini ishlovchilar bilan ta’minlashga qaratilgan 
chora-tadbirlarni asoslangan holda ishlab chiqish (kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta 
tayyorlash ...);
-
amalga oshirilishi lozim bo’lgan hamma tadbirlarni, barcha resurslar bilan ta’minlovchi ishlarni 
amalga oshirish;
-
ish bilan ta’minlanmaganlarning umumiy miqdorini aniqlash, ularni iqtisodiy, ijtimoiy 
himoyalash bo’yicha me’yoriy tadbirlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va boshqalar.
Ta’kidlangan muammolarning samarali hal etilishi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lganlar bilan 
mehnat jarayonini tashkil etuvchi sub’yektlar hamda iqtisodiy, ijtimoiy himoyalashni amalga oshiruvchi 
tashkilotlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlar amalga oshirilishini taqozo yetadi. Bu masalalarni hal etish, 
mehnat bozori zimmasiga yuklanmoqda. Mehnat bozori, mehnat birjasining huquqiy asoslari 
yaratilmoqda. Ular o’z faoliyatlarini «Mehnat kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida»gi 
hamda «Birjalar to’g’risida»gi qonunlar asosida yuritmoqdalar.
Qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo’jaligidagi) fuqarolarning mehnat qilish imkoniyatini, 
ya’ni taklifini, ularni ishga yollash (sotib olish), ya’ni ish bilan ta’minlovchilar hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
himoya qiluvchilar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni qonun talablari darajasida amalga 
oshiradigan maskan (hudud) yoki sub’yekt mehnat birjasi ekanligidan dalolat beradi.
Erkin bozor iqtisodi sharoitida o’z mehnatini taklif etayotgan fuqaro mehnat bozoriga chiqadi. U 
yerda mavjud bo’lgan takliflarni o’rganib, o’zining intelektual qobiliyatini, mehnatini taklif etadi. Ular 


bir-biriga mos kelganda shartnomalar tuzilib, ishga yollanadi. O’zbekiston Respublikasida ham shunday 
tartib j oriy etilmoqda. Bu vazifani qishloq hududlarida tuman hokimiyati tarkibidagi Mehnat birjasi yoki 
aholini ish bilan ta’minlash bo’limi amalga oshirmoqda.
Demak, mehnat bozorida o’zlarining mehnat qilish qobiliyatini (intelektini) taklif etuvchilar bir 
tomondan, ularning shu imkoniyatlarini iste’mol etuvchi, ya’ni ishga yollovchi sub’yektlar ikkinchi 
tomondan uchrashib, mehnat almashuv (mehnat oldi-sotdisi) jarayonini amalga oshiradilar.
Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat 
bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar 
rivojlanishining ob’yektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog’langan. Haqiqatdan ham talabga ega 
bo’lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega 
bo’lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o’z iste’mol sifatlarini 
yo’qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o’zini qayta ishlab chiqarish, balki 
mehnat resurslari va butun aholining sifat ko’rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, 
ushbu tengsizlikni yo’q qilishi mumkin. Ishchi kuchiga jami talab - investisiya va ishlab chiqarish 
hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori - bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan 
qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga 
oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni 
amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, 
bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: ishchi kuchiga talab va 
uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi raqobat. Talab agrosanoat majmuasi, ishlab chiqarish 
ijtimoiy infratuzilmasi va xalq xo’jaligining boshqa sohalarining mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish 
haqi fondi, shaxsiy yordamchi xo’jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan ta’minlangan 
ehtiyojning hajmi va tarkibini aks ettiradi. Taklif yollanma sharti bilan ishga ega bo’lishdan manfaatdor 
bo’lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat (soni, jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, 
ishlab chiqishi, daromadi va boshqalar bo’yicha) tarkibini ifodalaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni 
tarkibiy qismlarining tizimtik tadqiqoti mazkur bozorni o’tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni 
ham aniqlashga imkon beradi:
*
ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;
*
bozor uslubida xo’jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida 
ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
*
mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko’rsatish;
*
ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko’maklashish;
*
ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o’zgartirish.
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi - mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yohud
shartidir.
Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko’rsatayotgan bir qator 
iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz 
quyida batafsilroq ko’rib chiqamiz.
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo’lib, yollanma xodimlarni 
o’z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki 
xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’yektlarni o’zaro 
almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy 
iste’molchilik yotadi. Ular ham o’z navbatida qayta takror ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy 
turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojining ifodalanishi bo’ladi.
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatga erishish uchun 
o’zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo’lishlarini 
taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai 
nazaridan o’zaro bog’langan hamda bir-birlariga qaram bo’lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.
Ishchi kuchi talab va taklifi o’rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishida hal 


qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi. Ammo bunday muvozanat mavjud emas. Buning asosiy 
sababi - taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o’sishi.
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar 
va ish beruvchilarning sifat ko’rsatkichlari oshishi yetakchi o’rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida 
ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari muhim 
rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xo’jaligi yerlarida va yetarlicha suv 
bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko’proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat 
ko’rsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo’li bilan ishchi 
kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga 
keltiriladi. Bu esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin 
kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.
Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga 
talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim 
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga 
quyidagilar kiradi: noqishloq xo’jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo’llaniladigan 
amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizasiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni 
jalb qilish, yangi yerlarni o’zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko’rsatish va shaxsiy mehnat 
faoliyati ko’lamini kengaytirish, kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
boshqalar. Shu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar 
vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy yordamchi xo’jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy 
tadbirkorlik va o’z-o’zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va 
nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq 
etish, inflyasiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda 
malakasini oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar ishchi kuchiga 
talabning pasayishiga ko’maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to’lash 
qobiliyatiga ega bo’lmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlarni o’zlashtirish 
ko’lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv 
texnologiyani qo’llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur hududlarda 
ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi, ma’lumoti, mobillik va 
eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o’sish sur’atining ish joylari miqdoriga 
nisbatan yuqoriligi, qishloq xo’jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko’payishi, mehnatni 
qo’llash mintaqalarining yetishmasligi va boshqalar.
Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining 
shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, 
yollangan xodimlar va ish beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo’lgan 
mablag’lar jamg’armasi; yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo’rlar va bolalik ayollarning 
mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishga zaruriyati bo’lgan shaxslarni mablag’lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va 
oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo’jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da band 
bo’lganlar soni; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va 
malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va hokazo.
Ishchi kuchiga talabning o’sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat 
ko’rsatkichlarining o’zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo’lgan va yangidan yaratiladigan ishchi joylari; 
investisiya salohiyati va uning takror ishlab chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar; 
mulkchilik shakllarining turli-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to’lovga qodir emasligi 
(bankrotligi) va hokazo.
Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan 
bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu ijtimoiy muammolarni hal qilish, ijtimoiy- mehnat 
mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar 
markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar 


asosida tartibga solinadi. Jamoaviy bitimlar tuzilayotganda O’zbekiston Respublikasining «Mehnat 
Kodeksi», Xalqaro Mehnat Tashkilotining Konvensiyasi va tavsiyalariga asoslaniladi. Xalqaro Mehnat 
Tashkilotining Konvensiyasida (54-bandida) ta’kidlanganidek, “Jamoaviy muzokaralar, bir tomondan, 
tadbirlar, tadbirkorlar guruhi bilan, boshqa tomondan esa, mehnatkashlarning bitta yoki bir necha 
tashkiloti o’rtasida: a) mehnat sharoiti va bandlikni belgilash; b) tadbirkorlar va mehnatkashlar 
o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish; d) tadbirkorlar yoki ularning tashkilotlari va 
mehnatkashlarning tashkiloti yoki tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida 
olib boriladigan barcha muzokaralarni bildiradi”.
Mehnat bozorida bunday tartibga solishni qo’llanishning eng muhim afzalligi shundaki, unda qabul 
qilinadigan qarorlar nihoyatda qayishqoq (egiluvchan, moslashuvchan) bo’ladi, ularni na qonunchilik, na 
sud va na ma’muriy usullarga qiyoslab bo’lmaydi.
Xodim bilan tuzilgan shaxsiy shartnoma ish beruvchisi uchun ancha foydalidir. Shaxsiy shartnoma 
tizimi mehnatchining mehnat sharoiti va unga to’lanadigan ish haqini shu odamga qarab belgilash 
imkonini beradi. Jamoaviy bitimlarga ko’ra esa, bunday qilib bo’lmaydi. Shu bilan birga, tuziladigan 
shaxsiy bitim ko’p hollarda mehnatkashlarni ijtimoiy kafolatlarining kattagina qismidan mahrum etadi.
Rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida doimiy ishchi kuchlarini vaqtincha yoki to’liqsiz 
ish vaqtida ishlovchi shaxslar (yoshlar, xotin-qizlar, nogironlar va hokazo) bilan almashtirish qoida tusiga 
kirmoqda. Tabiiyki, mazkur ijtimoiy guruhlarning vakillari ijtimoiy jihatdan kam muhofazalangan va 
jamoaviy shartnomalar bilan qamrab olinmagan. Shu bois davlat ayniqsa, xo’jalik yuritishning bozor 
munosabatlariga o’tish sharoitlarida yollashning shaxsiy sharnoma shakllari rivojini nazorat qilib borishi 
kerak. Aks holda, norozilik kuchayishi natijasida davlat ishsizlik bo’yicha ijtimoiy to’lovlarni ancha 
ko’paytirishga majbur bo’lib qoladi.
So’nggi holatni alohida hisobga olishimiz lozim. Chunki, respublikamizda, bir tomondan, 
ishchilarni yollab ishlatish bo’yicha xususiy tadbirkorlik va biznes yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, ikkinchi 
tomondan esa, kam ta’minlangan hamda ijtimoiy jihatdan yetarli darajada himoya qilinmagan 
mehnatkashlar orasida ishsizlar soni oshib borayapti.
Bularning hammasi mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning yangi, 
samarali hududiy usullarini, ularni mehnat resurslari ortiqcha va yetishmaydigan hududlarga bo’lgan 
holda, tadqiq etishni talab qilmoqda.
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg’ona, Namangan, 
Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni 
tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi va uning taklifi 
kamayishini hisoblash zarur.
Mazkur usullar nimalarda ifodalanishini batafsil ko’rib chiqaylik:
a)
ishchi kuchiga talabning oshirish usuli.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida mullkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, 
iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish, zarra keltirib ishlayotgan korxonalarni tugarish, fan- texnika 
taraqqiyoti yutuqlari vaintensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan ishlab chiqarishdan 
bo’shatilayotgan xodimlar - mehnatkashlar salmog’i ko’paymoqda.
Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tadbiq etish - mehnat 
resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni 
rivojlantirishga qaratilgandir.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqqlash va xarid qilish hamda agroservis xizmati 
ko’rsatish va shaxsiy mehnat faoliyatibo’yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va 
bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektoridagi ishdan vaqtincha bo’shatilayotgan 
shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish 
maqsadida to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar - sarmoyalar qo’llanishining asosiy yo’nalishlaridir.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat resurslarini qayta 
taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish hamda mavjudlarini qayta ta’mirlash va 
yangi zamonaviy ksblarni egallashga sarmoyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etish orqali tartibga solish 
mumkin. Dotasiyalar,subsidiyalar va kreditlarni agrosanoat majmuidagi korxonalarni, ayniqsa, qayta 
ishlash korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayt aqurollntirish va rekonstruksiyalashga, shaxsiy 
mehnatfaoliyatini rivojlantirish yo’li bilan ximat ko’rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko’p 


bolali ayollar. Mehnatga layoqatli pensionerlar,nogironlar, o’smirlar va boshqalarga mos ish joylarini 
vujuga keltirishga yo’naltirish maqsadga muvofiq. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurrslarini yuqorida aytib 
o’tilgan tarmoqlarga va ayrim mahsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda ishchi kuchlarining kasbiy va 
malaka tarkibiga bevosita ta’sir o’tkazish mumkin.
Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish, aholi bandligini 
oshirishning jng muhimyo’nalashlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, 
byudjet to’lovlari va xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug’urta badallarini 
kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noan’anaviy shakllarini tashkil 
etish bilan bog’liq sarf-xarajatlarini to’lash chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi;
b)
ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli.
Ishchi kuchlariga bo’llgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularni mehnat bozoriga oqib kelishini 
qisartirish va boshqa joyga ketishni rag’batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy 
ishlab chiqarishda band bo’lganlar o’rtasida qayta taqsimlash orqali samarali tashkil etish mumkin. 
Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish va 
o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida kunduzgi ta’lim 
oladigan talaba o’rinlarini ko’paytirish va kechki hamda sirtqi o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, 
ishla chiqarishdan ajralagan holda o’qiyotganlarga stipendiyalarni oshirish, ayolarga bola parvarish uchun 
to’ldanadigan nafaqalar va beriladigan ta’lim muddatini ko’paytirish. Mehnat stajini hisoblashda ularga 
imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini 
oshirish - mehnat bozorida ishchi kuchlarini oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo’lgan taklifni kamaytirish 
maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o’tishlarini 
rag’batlantirishga ulargaham ish bilan to’la band qilingan shaxslarga mo’ljallangan ijtimoiy ta’minotning 
turlarini, ta’tillar va ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o’rnatish, kafolatlargan eng kam miqdordagi ish 
haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o’z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi 
davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning ishchi kuchi yetishmaydigan mintaqalari (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi)da isi kuchlariga talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko’paytirish 
mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir.
Ushbu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat:
a)
ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usullari
Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda va tarmoqlarda 
ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid 
quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha soliqlar 
belgilash;qat’iy kredit siyosatini o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir martalik to’lov 
joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag’batlantirish va hookazolar kiradi. Bundan 
tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi 
muhim ahamiyatga egadir.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish - raqobat, 
foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi umumxo’jalik mexanizmlari va dastaklari yordamida 
ta’minlanishi lozim. Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishshi samaradorligini oshirishni 
rag’batlantirishning umumxo’jalik mexanizmlari yaxshi takomilashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat 
resurslari uchunilgari joriy qilingan to’lovlarni qayt atiklash maqsadga muvofiqdir. Ular mehnat 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan tashqari xodimlar sonini kamaytirishga 
ko’maklashadi. Bu xil to’lovlar korxona va tashkilot tomonidan shtatdan tashqari saqlash uchun qat’iy 
stavka shaklida o’rnatiladi. Shu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar 
o’rnini qoplash uchun ijtimoiy sug’urta solinadigan mahsus soliq (ikkalasi ham - mehnatga haq to’lash 
fondidan foizlarda)dan foydalanish mumkin. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning 
ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi fonli mehnatdan foydalanishning 
intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi 
uchun zarur kafolatlarni yaratadi;
b)
ishchi kuchlari taklifini ko’paytirish usuli.
Hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq ko’paytirishga qayta 


ishlash sanoati va xizmat ko’rsatish tarmoqlari va shoxobchalari hamda shaxsiy mehnat faoliyati 
sohalarining rivoji jiddiy to’siq bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka strukturasi bo’yicha hudud 
iqtisodiyotining noqishloq ishlab chiqarish tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o’sish sur’atiga javob 
bermaydi. Shu bois ishchi kuchi taklifining sifat ko’rsatkichlarini o’zgartirish hamda uning mehnat 
bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlik davlat xizmati tizimidagi va 
boshqa o’quv yurtlaridagi xodimlarning malakasini oshirishni tashki etish, korxonalarning o’zidagi 
mahsus kurslarda kasb-korga o’rgatishni yaxshilash va ularga soliy to’lovida imtiyozlar berish mahalliy 
kadrlar raqobatbardoshligini oshirishninshg maqsadli mahsus dasturini ishlab chiqish kerak.
Ish chi kuchlari taklifini rag’batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish 
usullarini qo’llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo’lib, bo’sh ish joylari va 
ishga joylashish hamda qayta o’qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil 
etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlashni,ishsizlarni ro’yxatga 
va hisobga olishni, kasbga yo’naltirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish kabi 
yo’nalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarni qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orsida 
turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko’rsatib o’tish mumkin. Mazkur uslublar 
hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehna va uy- joy shart-shaoitlarini hamda, 
madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarini o’tkazib, ularni tartibga solish 
asosida tadbiq etiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, 
ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti lauriyati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuyelson va 
boshqa olimlar tomonidan yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani hayotga tatbiq etish yo’llari 
ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat shu bozorda erkin sotilishi lozim. Shundagina u 
qiymatga ega bo’ladi, ya’ni tovar shaklida ayirboshlanadi.
Demak, mehnat bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarur. Bu bozorda mehnat 
munosabatlariyu, iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar talab va taklif iqtisodiy qonunlari talablari asosida amalga 
oshirilishi lozim. Mehnat bozorida inson o’zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini 
taklif yetadi. Iste’molchi, ya’ni mehnatni oluvchi shu qobiliyatni sotib oladi. Demak, oldi-sotdi 
jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning mehnat qilish qobiliyati hisoblanadi. Insonning 
mehnat qilish qobiliyatiga to’lanayotgan ish haqi shu mehnatning qiymati, ya’ni bahosi ekanligidan 
dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasida erkin bozor iqtisodi bosqichma-bosqich shakllanishi munosabati bilan 
mehnat va u bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar ham asta-sekin hal etilmoqda. Dastavval tumanlarda 
mavjud bo’lgan Mehnat resurslari bo’limi negizida hokimiyat tarkibida Mehnat birjasi tashkil etildi. 
Mehnat birjalariga qishloq xo’jaligidagi mehnat bozorini tashkil etish, uni amalga oshirish vazifasi 
yuklatilgan. Ular faoliyatini «Birjalar to’g’risida»gi qonun, o’z Ustavi hamda yuqori tashkilotlarning 
me’yoriy hujjatlari asosida yuritmoqdalar.
Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish 
zarur:
-
respublika aholisining 49 foizi (2015 yil) qishloq hududlarida yashayotganligi munosabati bilan 
jami mehnat resurslarininng ko’prog’i qishloq hududlari zimmasiga to’g’ri kelishi;
-
aholining ish bilan band bo’lmagan qismining ko’prog’iqishloq hududlariga to’g’ri kelishini, ular 
tarkibida ayollar salmog’i ko’pligini;
-
qishloq hududlarida aholi sonining o’sish darajasi shaharlardagiga nisbatan yuqori ekanligini, bu 
hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori sur’atlarda o’sishiga ta’sir etishini;
-
qishloq hududlarida sanoat korxonalari talab darajasida rivojlanmaganligini va barcha resurslarni 
e’tiborga olgan holda joylashtirilmaganligini;
-
hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta’minlanmagan, iqtisodiy faol mehnat resurslari 
hisoblangan yerkaklarning yirik shaharlarga ish qidirib kelayotganini;
-
qishloq hududlarida shaxsiy va xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik shakllari talab darajasida rivojlanmaganligini, 
shuningdek, infratuzilma sub’yektlari (madaniy, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlarni 
amalga oshiruvchi) ko’lamining torligini.


Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni e’tiborga olgan holda erkin 
shakllanishi uchun:
-
qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo’jalik korxonalaridagi) mehnat resurslarining 
umumiy miqdorini, tarkibini aniqlash;
-
mehnat resurslarining taklifini va hududdagi barcha tadbirkorlik sub’yektlarining ularga bo’lgan 
talabini tarkibi bo’yicha aniqlash;
-
yerkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ularning samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi 
ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni ishga solish;
-
qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini ta’minlashga hissa qo’ shish;
-
mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolar miqdorini aniqlash, ularning malakasini oshirish, qayta 
tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoya qilishga ko’maklashish;
-
yerkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta’minlovchi turli ko’rgazmalar va boshqa tadbirlarni 
tashkil etish, ularning samarali o’tkazilishiga erishish;
-
mehnat bozorining rivojlanishini ta’minlovchi barcha resurslarni topib, samarali sarflash kabi 
vazifalarni bozor talablari darajasida amalga oshirish lozim.
Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali boshqarish uchun hududiy usullardan 
foydalanish kerak.
Respublikamizning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon, Farg’ona, Namangan, 
Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni 
tartibga solishning ancha samarali usullari, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi va uning taklifi 
kamayishini hisobga olish zarur.
Mazkur usullar nimalarda ifodalanilishini batafsil ko’rib chiqaylik.
a)
Ishchi kuchiga talabni oshirish usuli.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish, 
iqtisodiyotimizni tarkibiy o’zgartirish, zararga ishlayotgan korxonalarni tugatish, fan- texnika taraqqiyoti 
yutuqlari va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan ishlab chiqarishdan bo’shatilayotgan 
xodimlar - mehnatkashlar soni tez ko’paymoqda.
Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat 
resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni 
rivojlantirishga qaratilgan.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va harid qilish hamda agroservis xizmati 
ko’rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo’yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va 
bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha bo’shatilayotgan 
shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish 
maqsadida to’g’ridan-to’g’ri investisiyalar - sarmoyalar qo’llanishining asosiy yunalishlaridir.
Ishchi kuchlariga talabni oshirishni agrosanoat majmuining mehnat resurslarini qayta 
taqsimlashdan manfaatdor tarmoqlarida ish joylarini yaratish hamda mavjudlarini qayta ta’mirlash va 
yangi, zamonaviy kasblarni egallashga sarmoyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilish orqali tartibga solish 
mumkin. Dotasiyalar, subsidiyalar va kreditlarni agrosanoat majmui korxonalarini, ayniqsa, qayta ishlash 
korxonalarini qurish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va rekonstruksiyalashga, shaxsiy mehnat 
faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan xizmat ko’rsatish sohasini kengaytirishga, shuningdek, ko’p bolali 
ayollar, mehnatga layoqatli pensionerlar, nogironlar, o’smirlar va hokazolarga mos ish joylarini vujudga 
keltirishga yo’naltirish maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa ortiqcha mehnat resurslarini yuqorida aytib 
o’tilgan tarmoqlarga va ayrim mahsus ish joylariga jalb etish, ayni paytda ishchi kuchlarining kasbiy 
malaka tarkibiga bevosita ta’sir o’tkazishi mumkin.
Muvaqqat ish joylarini yaratish va mulkchilik turli shakllarini rivojlantirish aholi bandligini 
oshirishning yeng muhim yo’nalishlaridan biri. U korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, 
byudjet to’lovi va xodimlarning vaqtincha va qisman bandligi uchun ijtimoiy sug’urta badallarini 
kamaytirish, ularni ishga qabul qilish jarayonini yengillatish, bandlikning noan’anaviy shakllarini tashkil 
etish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni to’lash kabi chora-tadbirlar yordamida amalga oshiriladi.
b)
Ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli.
Ishchi kuchlariga bo’lgan taklifni kamaytirishga, shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib 
kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishini rag’batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini 


ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lganlar o’rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta’sir etish 
mumkin. Respublikamizda «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» asosida umumta’lim dasturlarini 
kengaytirish va o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida 
kunduzgi o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qiyotganlarga 
stipendiyalarni oshirish, ayollarga bola parvarishi uchun to’lanadagin nafaqalar va beriladigan ta’til 
muddatini ko’paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish;
nafaqaxo’rlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning nafaqalarini oshirish mehnat 
bozoriga ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.
Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo’lgan taklifni kamaytirish 
maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o’tishini 
rag’batlantirishga ularga ham ish bilan to’la band shaxslarga mo’ljallangan ijtimoiy muhofaza turlarini, 
ta’tillar va boshqa ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o’rnatish, kafolatlangan yeng kam miqdordagi ish 
haqi bilan ta’minlash, har yili beriladigan ta’tillarni o’z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi 
davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin.
Mamlakatimizning mehnat resurslari etishmaydigan mintaqalari (Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va 
Qoraqalpog’iston Respublikasi) da ishchi kuchlariga talabni kamaytirish hamda ular taklifini ko’paytirish 
mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir.
Ushbu usullarning mohiyati quyidagilardan iborat:
a)
Ishchi kuchlariga talabni kamaytirish usuli.
Mazkur guruhga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarida va tarmoqlarida ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid 
quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ish kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha soliqlarni belgilash: 
izchil kredit siyosatini o’tkazish, korxonaga xodimni ishga olganligi uchun bir martalik to’lovni joriy 
etish, ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag’batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan 
tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlikka 
erishish muhim ahamiyatga yega.
Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish raqobat, 
foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi iqtisodiy mexanizmlar va dastaklar yordamida 
ta’minlanishi lozim. Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishni 
rag’batlantirishning umumxo’jalik mexanizmlari yaxshi takomillashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat 
resurslari uchun ilgari joriy qilingan to’lovlarni qayta tiklash maqsadga muvofiqdir. Ular mehnat 
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan tashqari xodimlar sonini kamaytirishga 
ko’maklashgan. Bu xil to’lovlar korxona va tashkilot tomonidan shtatdan tashqari xodimlarni saqlash 
uchun qat’iy stavka shaklida o’rnatiladi. Shu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-
xarajatlar o’rnini qoplash uchun ijtimoiy sug’urta solinadigan soliq va ishsizlikdan muhofaza qilish 
jamg’armasiga solinadigan mahsus soliqdan (ikkalasi ham mehnatga haq to’lash fondidan, foizlarda) 
foydalanish mumkin. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf- xarajatlarning ko’pchilik 
rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi jonli mehnatdan foydalanishning intensiv 
shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi uchun 
zarur kafolatlar yaratadi.
b)
Ishchi kuchlari taklifini ko’paytirish usuli.
Hozirgi sharoitlarda mehnat bozoriga ishchi kuchlari taklifini mutlaq ko’paytirish imkoniyati 
cheklangan. Chunki ishchi kuchlari taklifini mutlaq ko’paytirish, qayta ishlash sanoati va xizmat 
kursatish tarmoqlari, shaxobchalari hamda shaxsiy mehnat faoliyati sohalarining rivojiga jiddiy to’siq 
bo’lishi mumkin.
Bundan tashqari, hozirgi paytda ishchi kuchi taklifi na kasb, na malaka strukturasi bo’yicha hudud 
iqtisodiyoti noqishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlaridagi jonli mehnatga talabning o’sish sur’atiga 
javob bermaydi. Shu bois ishchi kuchi taklifining sifat ko’rsatkichlarini o’zgartirish hamda uning mehnat 
bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish lozim. Buning uchun esa, bandlik davlat xizmati tizimidagi va 
boshqa o’quv yurtlaridagi xodimlarning malakalarini oshirishni tashkil etish, korxonalarning o’zidagi 
mahsus kurslarda kasb-korga o’rgatishni yaxshilash va ularga soliq to’lovida imtiyozlar berish mahalliy 
kadrlar raqobatbardoshligini oshirishning mahsus dasturini ishlab chiqish kerak.
Ishchi kuchlari taklifini rag’batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish 


usullarini qo’llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo’lib, bo’sh ish joylari va 
ishga joylashish hamda qayta o’qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil 
etishni, aholining ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlanishni, ishsizlarni 
ro’yxatga va hisobga olishni, kasbga yo’naltirishga oid chora- tadbirlarni ishlab chiqish va o’tkazish kabi 
yo’nalishlarni qamrab oladi.
Mehnat resurslarini qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orasida turmush darajasini 
tartibga solishini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Mazkur uslublar hududlar moliyaviy resurslari 
hisobidan xodimlarning mehnat va uy-joy shart-sharoitlari hamda madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish 
darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarni o’tkazib, ularni tartibga solish asosida tatbiq etiladi.
4
Fermer xo’jaliklari mehnat bozorining asosiy sub’yekti sifatida tutgan o’rni. 
Mehnat resurslari bilan ko’p ta’minlangan respublikamizmehnat bozorining rivojlanish 
konsepsiyasining asosiy maqsadi - mehnatga layoqatli aholi banndligini kamayishi, mehnat 
unumdorligining pasayishi, inflyasiyaning mavjudligi. Mulkchilikning turli shakllarini sekinlik bilan 
vujudga kelishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni juda sekinlik bilan amalga oshirilishi, 
haqiqiydaromadlarining kamayishi kabi ishchi kuchi talabini oshirish va uning taklifini kamaytirish 
bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. Ular o’tish davri O’zbekiston milliy 
iqtisodiyotini chuqur, tarkibiy va erkinlashtirishni isloh qilishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab 
chiqiladi.
Buni hisobga olgan holda mazkur konsepsiyaning strategik maqsadilari qilib quyidagilarni 
belgilash mumkin:

ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqishlab chiqarish shakllantirish;

mehnatga layoqatli ishbilan band bo’lmagan aholini ish bilan ta’milovchi hamda ishch kuchiga 
talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy va xorijiy bandilk xizmati tashkilotlari 
tizimini shakllantirish;

yangi ish joylarini tashkil etishga, ahoni bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish 
salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo’luvchi chuqur iqtisodiy-tarkibiy islohotlarni amalga oshirish;

aholini ish bilan oqilona bandligini ta’minlash;

qayta ishlash sanoati, xizmat ko’rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini 
yaratish va o’smirlar, ko’p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun mehnatni kafolatlashtirilgan 
mintaqani tashkil etish;

ishchi kuchiga talabning oshishi va ishsizlikning kamayishini ta’minlovchi kichik va o’rta biznes 
hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

mulkchilikning ijara, jamoa, hissadolik va xususiy shakllari va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni 
rivojlantirish;

ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni mahalliy va xorijiy samarali texnologiya va texnika bilan 
ta’minlash;

sanoat korxonalari va ishlab chiqarish - ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini vujudga keltirish;

mahalliy xodimlarnining malakasini, raqobatbardoshligini va chet elga yuborilishini amalga 
oshirish va ularda yangi iqtisodiy ma’naviy va ma’rifiy tafakkurni shakllantirish,

har bir ishsiz uchun ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash va mehnat qilish imkoniyatlarini 
yaratish;

mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy va 
huquqiy meanizmlarni takomillashtirish.
Mazkur maqsadlarga uzluksiz erishish uchun mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va 
vazifalarini aniq belgilash zarur.
Mehnat bozori rivojlanishining birinchi bosqichida (1991-1996yy.) quyidagi vazifalar bajarilgan: 
mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang’ich tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo’sh 
o’rinlar miqdor va tuzilishning hisob-kitobi, tahlili va kelajagi, band bo’lmagan aholiniishga joylashtirish 
va qayta o’qitish, bandlikka ko’maklashish jamg’armasini takil etish va sarflash ishlari bilan 
shug’ullanadilar, kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlar ajratish 
yo’li bilan yangi ish joylarini yaratishga, muayyan moliyavi yyordam ko’rsatilildi, xalq xo’jaligi 


tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo’jaligida tarkibiy islohotlar amalga oshirilib, «paxta yakka 
hukmronligi»ni tugatish uchun shart-sharoitlar yaratildi; yollanma xodimlar va ish beruvchilar sonining 
huquqiy asoslari yaratildi va boshqalar.
Bu davrda aholining ish bilan bandilk darajasining pasayishi, ishsizlikning oshishi, ishchi kuchiga 
talab va unnig taklifi o’rtasidagi nomutanosiblikning ortishi sodir bo’ldi.
Ushbu bosqichning yakuniy natijasi - Mehnat bozorini shakllantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va 
tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarini yarattilish bo’ldi.
Ikkinchi bosqishlab chiqarish (1997-2000 yy.) quyidagi vazifalar bajarilishi belgilangan: mahalliy 
investisiyalar va juda zarur bo’lgan holda xorijiy kreditlarni jalb qilish asosida qishloq xo’jaligida 
bo’lmagan yangi ish joylarini yaratish yo’li bilan ishchi kuchiga talabni oshirish; mehnatga layoqatli 
o’smirlar, ko’p bolali ayollar, pensionerlar va nogironlar uchun kvotalangan ish joylarini tashkil etish va 
ularni iqtisodiy rag’batlantirishni ta’minlash; band bo’lmagan shaxslarga yangi ish joylarini yaratish 
bilan shug’ullanuvchi - ish beruvchilarga doimiy yordamlar ko’rsatish; ishchi kuchi taklifini uning 
malakasini, raqobatbardoshligini va eksportni oshirish yo’li bilan kamaytirish; mulchilikning turli 
formalarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda chuqur islohotlarni o’tkazish asosida aholini ish bilan 
bandligi sohasida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; ish haqi va boshqa mehnat daromadlarining 
manbalari darajasidan soliq stavkasidan keskin kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini 
tashkil qilish; mehnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar. Bularni barchasi bandlikni 
sezilarli o’sishi va ishsizlikning kamayishi hamda ishchi kuchiga talab va uning taklifi o’rtasidagi farqi 
qisqarshiga ko’maklashadi.
Uchinchi bosqichda (2001-2005yy.) quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutladi: ishchi 
kuchiga talabni oshishi va uning taklifini kamayishga yo’naltirilgan tadbirlarni amalga oshirishni 
kuchaytirish; bandlik xizmati va uning infratuzilmasida qudratli va tez rivojlanuvchi tizimini yaratish; 
ishsizlikni yo’l qo’yiladigan darajasiga qisqatirish; ish bilan band bo’lmagan mahalliy xodimlarning 
malakasi, raqobatbardoshligi, ijtimoiy himoyasi va eksportni oshirish, mehnat bozori, bandlik va 
ishsizlikni tartibga solishning samarali tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy mexanizmlarini yaratish va hokazo.
Qayd etilgan vazifalarni bajarish ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorining shakllanishiga olib 
keladi.
Mazkur bozorning rivojlanishining keyingi bosqichida (2006-2010yy.) ishchi kuchi talabi va taklifi 
o’rtasidagi bozor muvozanatiga erishish mumkin.
Bularning barchasi mehnat bozorini samarali rivojlanishiga yo’naltirilgan ishchi kuchiga talabning 
oshishi va uning taklifini kamayishi bo’yicha iqtisodiy. iJtimoiy va tashkiliy tadbirlar majmuasi 
mujassamlashgan.
5
Mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish yo’llari. 
Respublika qishloq xo’jaligidagi mavjud bo’lgan mehnat resurslaridan yil davomida to’liq va 
samarali foydalanish natijasida ularning mehnatlari unumdorligini kelajakda yuksaltirish yeng muhim 
muammolardan biri hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli hal etish keng miqyosda tashkiliy, iqtisodiy hamda 
ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirishni taqozo yetadi.
Dastavval qishloq hududlarida, jumladan, qishloq xo’jalik korxonalarida mavjud bo’lgan mehnat 
resurslarining real miqdorini aniqlash lozim. Shu bilan birga aholining mutlaq (absolyut) o’sishini 
e’tiborga olgan holda mehnat resurslarining ko’payish yoki kamayish jarayonini aniqlash kerak. Mehnat 
qilish qobiliyatiga ega bo’lgan aholining harakatini ham hisobga olish zarur.
Shundan so’ng qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan ish joylarining hozirgi hamda istiqboldagi 
sonini real aniqlashga alohida e’tibor berish kerak.
Shularga asoslangan holda mehnat balansi ishlab chiqilishi zarur.
Yuqoridagilarga asoslanib, mehnat resurslarining ish bilan ta’minlanganlik darajas, shu orqali 
qishloq hududlarida (korxonalarda, tarmoqlarda) mavjud bo’lgan mehnat resurslarining ish bilan 
ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi. Uning darajasi birga yaqin bo’lsa yaxshi, Aks holda mehnat 
resurslarini ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari asoslangan holda ishlab chiqilishi kerak. Buning uchun 
qishloq xo’jalik korxonalari xo’jalik ichida yangi ish joylarini tashkil etish imkoniyatlarini rejalashtiradi. 
Yangi yerlarni o’zlashtirish, qurilishni, ta’mirlashni, mahsulotlarni qayta ishlashni (o’simchilik, 


chorvachilik), xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatish sohalarini tashkil etish va 
rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni belgilab, ularning hal etilishini ta’minlashga harakat 
qilinadi. Bu masalalar respublika byudjeti hisobidan amalga oshirilishini ham e’tiborga olish lozim.
Mehnat resurslaridan foydalanishni rivojlantirish maqsadida ularni takror ishlab chiqarish 
jarayonlarini, ya’ni malakalarini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash tadbirlarini ham belgilab olib, 
amalga oshirilishiga e’tibor berish zarur.
Korxonalarda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolar mehnat unumdorligi darajasini 
yuksaltirishga hozirgi davrda alohida e’tibor berish lozim. Bu masalaning hal etilishida yeng ta’sirchan 
omil moddiy manfaatdorlik hisoblanadi. Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim yaxshi, sifatli 
ishlasa, ko’p haq oladi. Shunday ekan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida ham yaxshi, samarali mehnat 
qilayotgan ishchi-xizmatchi mehnatiga yarasha ko’proq haq olishi lozim. Shunda u rag’batlantirilgan 
hisoblanadi. Shu bilan birga mehnatkashlarni moddiy hamda ma’naviy rag’batlantirishni amalga 
oshirishni ta’minlash kerak. Yeng avvalo, mehnatlari natijalarini e’tiborga olgan holda mukofotlash, turli 
xildagi unvonlarni berish lozim. Bu unvonlar ham ma’lum darajada fuqarolarni mablag’lar bilan 
ta’minlaydi. Jumladan, Respublikada xizmat ko’rsatgan iktisodchi, agronom, irrigator unvolarini 
olganlarning asosiy ish haqlariga yeng kam oylikning 60 foizi miqdorida ustama beriladi. Demak, 
ma’naviy rag’batlantirish ham ayrim hollarda moddiylashadi.
Qishloq 
xo’jaligidagi 
mehnat 
jarayonlarini 
mexanizasiyalashtirish, 
avtomatlashtirish, 
elektrlashtirish natijasida sarflanayotgan mehnatning unumdorligi oshishini ta’minlash mumkin. Buning 
uchun xo’jaliklar ixtiyoridagi barcha mashinalar, traktorlarning ishga yaroqliligini oshirish hamda 
ulardan yil davomida to’liq foydalanishga erishish tadbirlarini shakllantirish lozim. Yeng avvalo, ularni 
malakali kadrlar, ta’mirlash ustaxonalari bilan ta’minlash kerak. Xo’jaliklarning ishlab chiqarish 
resurslari bilan ta’minlanganligini ham talab darajasiga yetkazish zarur. Buning uchun esa moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlash choralarini aniqlab, ularning bajarilishini ta’minlash kerak.
Demak, qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to’liq va samarali foydalanish 
hamda ularning mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini 
ta’minlash maqsadga muvofiqdir:
-
tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo’shimcha ish joylarini tashkil etish;
-
tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiy-texnika ta’minotini 
yuksaltirish;
-
qishloq xo’jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish;
-
qishloqda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish;
-
qishloqda ishlash va yashash uchun barcha sharoitlarni yaratish;
-
mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish;
-
kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy, ma’naviy rag’batlantirishni 
takomillashtirish va boshqalar.
Bu kabi chora-tadbirlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga joriy etilishi tarmoqdagi mehnat 
resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir yetadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish 
konsepsiyasi to’g’risida»gi Farmoni, Respublika Vazirlar Mahkamasining «2005-2007 yillarda fermer 
xo’jaliklarini rivojlantirish to’g’risida» gi qarorlarini bajarish maqsadida Respublikada faoliyat 
ko’rsatayotgan «Biznes maktablari»da faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklarining bilimini oshirish 
bo’yicha yangidan tashkil etilayotgan fermer xo’jaliklarining rahbarlarini tayyorlash uchun 2004 yilda 
mahsus o’quv kurslari tashkil etildi. Bu kurslarda yiik olimlar, tajribali mutaxassislar qatnashib, 
fermerlarni tayyorlashga o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Shu kurslarda fermerchilik faoliyatidagi barcha 
masalalar o’rgatilmoqda. Bu hol albatta, fermerlarni bilimlarini, malakalarini yuksalishini ta’minlaydi. 
Lekin ayrim hollarda o’qishda qatnashayotgan fermerlarda loqaydlik, e’tiborsizlik, mas’uliyasizlik 
hollari yuz bermoqda. Shuning uchun bo’lajak fermerlarni tanlashda shu masalalarga katta e’tibor berish 
zarur deb hisoblaymiz.
6
Qishloq xo’jaligida mehnat motivasiyasi va xodimlarni moddiy rag’batlantirish. 
Ish haqi yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga bo’lgan mulkchilik 
huquqini iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarish shaklidir. Shu bilan birga ish beruvchi uchun yollanma 


xodimlar mehnatiga to’lanadigan haq ishlab chiqarish xarajatlarining elementlaridan biri hisoblanadi. Ish 
beruvchi mehnat resurslaridan ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida foydalanish uchun uni xarid 
qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi hajmiga bir qator bozor va bozordan tashqari omillar ta’ sir 
ko’rsatadi. Buning natijasida mehnatga haq to’lashga muayyan darajasi vujudga keladi. Bu omillarni va 
ularning ish haqiga ta’sir ko’rsatish xususiyatini ko’rib chiqishdan oldin xodimning ish haqidagi 
elementlarni aniq belgilab chiqish, qanday elementlar bozor konyukturasi ta’siriga ko’proq yoki ozroq 
darajada duch kelishini aniqlab olish zarur.
Bozorga o’tilishi munosabati bilan mehnatga haq to’lash sohasida yangi munosabatlar paydo 
bo’ladi, mehnat resurslar bozori bo’lgan mehnat bozori shakllanadi. Uning sub’yektlari sifatida 
quyidagilar maydonga chiqadi: ish beruvchi (yakka tartibdagi tadbirkor, tadbirkorlar birlashmasi) - u 
muayyan sifat xossalariga ega bo’lgan ma’lum miqdordagi mehnat resursiga talab bildiradi; yollanma 
xodimlar - ular mehnat resursining egalari bo’lib, ularning miqdori va kasb-malaka xususiyatlari mehnat 
bozoridagi taklifni vujudga keltiradi.
Mehnat bozoridagi kesishuv ob’yekti sifatida muayyan sharoitda ma’lum vaqt mobaynida muayyan 
sifatga ega bo’lgan mehnat resursi birligidan foydalanish huquqi vujudga keladi.
Mehnat birligining bozor bahosi - bu ish haqining miqdori (stavkasi) bo’lib, u shartnomada 
belgilab qo’yiladi va muayyan vaqt birligi ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga 
ega bo’lgan mehnatga to’lanadigan haq darajasini belgilab beradi. Marksning fikricha, xodim ish 
haqining stavkasi uning ish kuchining qiymati bilan belgilanadi, ya’ni hayotiy vositalar, iste’mol tovarlari 
va xizmatlar yig’indisi qiymati bilan belgilanadi. Bu narsalar muayyan sifatga ega bo’lgan ish kuchini 
normal takror hosil qilish uchun zarurdir. Biroq hozirgi vaqtga kelib bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda ish haqining stavkasi odatda takror ishlab chiqarish minimumidan ortiq bo’lib, asosan, 
mazkur ijtimoiy guruhning qaror topgan iste’mol darajasiga, tarmoqda muayyan sifatga ega bo’lgan 
mehnatga to’lanadigan haqning erishilgan darajasiga bog’liq ravishda shakllanadi.
Shunday qilib, ish haqining asosiy elementi - uning stavkasidir. Biroq u xodimlarning 
qobiliyatlaridagi o’ziga xos tafovutlarni, ularning jismoniy kuchi va chidamliligidagi, tez aks-sado 
berishidagi, tirishqoqligidagi mehnat natijalariga ta’sir qiluvchi shu kabi xususiyatlarni hisobga olmaydi. 
Shu sababli ish haqining tuzilishidagi yana bir elementni - mehnat faoliyatining alohida natijalaridagi 
farqlarni (mukofotlarni, ustama haqni, ishbay qo’shimcha haqni va shu kabilarni) aks ettiruvchi 
o’zgaruvchan qismni ajratib ko’rsatish zarur. Bundan tashqari, daromadlarning har xil turlari mavjud 
bo’lib, ularni xodim mazkur tashkilotda ishlayotganligi uchun olishi mumkin (moddiy yordam, ovqat 
haqi, yo’llanmalar va davolanish haqi, qimmatbaho sovg’alar, qo’shimcha tibbiy va pensiya sug’urtasi va 
shu kabilar). Umuman olganda, ish haqini va daromadlarning mazkur turlarini xodimning shu 
korxonadagi mehnat daromadi deb qarash mumkin.
Yollanma xodim uchun ish haqi uning daromadlari manbai hisoblanadi. Xo’sh, u qanday qilib 
o’ziga tegishli bo’lgan mehnat resursidan olinadigan daromadini ko’paytirishi mumkin? Buning 
variantlaridan biri - sotiladigan resurs miqdorini ko’paytirishdir. Lekin bunday imkoniyat cheklangan. 
Alohida olingan shaxsga nisbatan mehnat resursining sotiladigan miqdorini ko’paytirish nimani bildiradi? 
Haqiqatda bu ishlab beriladigan vaqtni, tashqi yoki ichki o’rindoshlik tarzida bajariladigan ishlarni 
ko’paytirish, yoki mehnat unumdorligini oshirish, buning uchun qo’shimcha yumushlarni bajarish, 
aralash kasblarda ishlash, xizmat ko’rsatish mintaqasini ko’paytirishni bildiradi. Bunda har ikkala variant 
tezda tamom bo’ladi: birinchisi sutkadagi soatlar sonini va dam olish vaqtini, ikkinchisi, ishning sur’ati 
va jiddiyligini ko’rsatuvchi tabiiy fiziologik chegaralar bilan kifoyalanadi. Buning ustiga, boshqa 
resurslarga qaraganda mehnat resursi yana bir o’ziga xos xususiyatga ega: hatto undan foydalanilmagan 
taqdirda ham (inson mutlaqo ishlamasa ham) u insonning qarishi tufayli tabiiy mehnat qobiliyatining 
pasayishi sababli qisqarib boradi.
Mehnat resursini sotishdan olinadigan daromadni ko’paytirishning yana bir varianti - taklif 
etiladigan resurs sifatini oshirish (mahoratni, malakani oshirish, qo’shimcha o’qitish)dir. Biroq bu 
imkoniyat ham cheklangan, chunki u qo’shimcha vaqt va mablag’ sarflashni (“inson kapitali”ga 
investisiyalarni) talab qiladi. Bundan tashqari, ta’limning boshlang’ich darajasi, qobiliyat, bo’sh vaqtning 
yo’qligi va shu kabilar ham cheklovchi omillar bo’lib xizmat qiladi.
Demak, o’z mehnat resursidan olinadigan daromadni ko’paytirish manbai resurs narxini - ish haqi 


stavkasini oshirishdir. Uning pastki chegarasi yollanma xodimning iqtisodiy manfaatlari bilan 
belgilanadi. O’z navbatida ish beruvchi ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari, shu jumladan 
ishlatiladigan resurslarning narxini yanada pastroq qilib belgilashdan manfaatdordir. Uning iqtisodiy 
manfaati - mehnatga sarflanadigan xarajatlarning qisqarishi - ish haqi stavkasining yuqori chegarasini 
belilab beradi yoki to’xtatib turadi. Mehnat bozori sub’yektlarining iqtisodiy manfaatlari muvozanatini 
hisobga olgan holda talab va taklif nisbatlarining ta’siri ostida mazkur sifatga ega bo’lgan mehnat 
birligining bozor narxi vujudga keladi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining tavsiyasida aytilishicha, eng kam miqdordagi ish haqini 
belgilashning asosiy maqsadi yollanib ishlayotgan shaxslarga eng kam miqdorda yo’l qo’yiladigan ish 
haqi darajasiga nisbatan zarur ijtimoiy himoya berilishi lozimligidir. Eng kam ish haqi miqdorining 
belgilanishi turli yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, O’zbekistonda eng kam miqdordagi 
ish haqi to’g’risida qonun chiqaruvchi organ tomonidan mahsus qonunning qabul qilinishi bilan amalga 
oshirilishi mumkin. Eng kam miqdordagi ish haqi turli shakllarda: oylik yoki soatbay eng kam ish haqi 
stavkasi tarzida belgilanishi mumkin.
Shunday qilib, ish haqini tartibga solish mexanizmida boshlang’ich baza sifatida uning eng kam 
miqdori namoyon bo’ladi, u oddiy, kam malakali mehnat bilan band bo’lgan xodimlarning takror hosil 
qilinishi uchun normal shart-sharoitlar yaratishi lozim. Davlat, ish beruvchilar va kasaba 
uyushmalarining asoslangan eng kam miqdordagi ish haqini belgilash sohasidagi siyosatida amal 
qiladigan mezonlar orasida asosiysi mehnatkashlar va ular oila a’zolarining ehtiyoji hisoblanadi. Eng 
kam miqdordagi ish haqi ish kuchining jismoniy faolligini qo’llab-quvvatlab qolmasdan, shu bilan birga 
uning mehnat qilish qobiliyatini tiklashi va rivojlantirishi uchun u iste’mol savatchasiga muvofiq kelishi 
lozim, bu savatcha eng zarur mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar turini o’z ichiga oladi. Eng kam ish haqi 
faqat alohida olingan xodimni emas, balki uning voyaga yetmagan oilasi a’zolarini ham qayta hosil 
qilinishi (tiklanishi)ni ta’min etishi kerak. Bu o’lchovning miqdoriy noaniqligi mamlakatda ishlab 
chiqilayotgan ijtimoiy to’lovlar miqdoriga borliqdir.
Eng kam ish haqi miqdorini asoslashda hisobga olinishi lozim bo’lgan omillardan biri uning 
mehnatga to’lanadigan haqning o’rtacha darajasiga nisbatidir.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsulot ishlab 
chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funksiyalari (vazifalari)da 
namoyon bo’ladi.
1.
Takror ishlab chiqarish funksiyasi. U xodimlarni, shuningdek ularning oila a’zolarini ish 
kuchini takror ishlab chiqarish uchun, avlodlarni qayta ko’paytirish uchun zarur bo’ladigan hayotiy 
ne’matlar bilan ta’minlashda iborat. Unda ehtiyojlarning ortib borishidan iborat iqtisodiy qonun o’z 
ifodasini topadi. Mazkur funksiya ish haqining davlat tomonidan tartibga solinishi xususiyatlari, ish 
haqining ish kuchini takror ishlab chiqarishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan 
uzviy bog’liqdir.
2.
Rag’batlantirish funksiyasi. Uning mohiyati xodimning ish haqi uning qo’shgan mehnat 
hissasiga, korxonaning ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati natijalariga bog’liqligini belgilashdan iborat 
bo’lib, bunda xodimni o’z mehnati natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim.
3.
O’lchov-taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma xodim bilan ishlab 
chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lchovini aks ettirish uchun 
mo’ljallangan. Ish haqi vositasida ishlab chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining mehnat hissasiga 
muvofiq uning iste’mol fondidagi alohida ulushi aniqlanadi.
4.
Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib 
bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha 
qulay ravishda joylashtirishdan iboratdir.
5.
Aholining to’lovga qobil talabini shakllantirish funksiyasi. Bu funksiyaning vazifasi to’lovga 
qobiliyatli talabni muvofiqlashtirishdir. Bunday talab deganda xaridorlarning pul mablag’lari bilan 
ta’minlangan ehtiyojlarining namoyon bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek iste’mol tovarlari ishlab 
chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qobiliyatli talab ikkita asosiy omil - jamiyatning ehtiyojlari va 
daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan 
talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi.
Yuqorida aytib o’tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga 


rioya qilinishi zarur:
1.
Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib borishi. Bu 
tamoyil ehtiyojlarning ortishi ob’yektiv iqtisodiy qonunning amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur 
qonunga muvofiq ehtiyojlarning yanada to’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda 
moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq 
bunday imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan bog’lanishi lozim. 
Bunday bog’lanishning yo’qligi esa, bir tomondan, ishlab topilmagan pulning berilishiga, demak, 
inflyasiyaga, olingan nominal ish haqining ta’min etilishiga va real ish haqining pasayishiga olib kelishi 
mumkin, ikkinchi tomondan esa, pasaytirilgan, mehnat hissasining samaradorligiga mos kelmaydigan 
nominal ish haqining to’lanishiga olib kelishi mumkin. Natijada xodimlarning ortib borayotgan 
ehtiyojlarini qondirish imkoniyati va ish haqining ko’payish imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
2.
Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlaridan ilgarilovchi 
sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning 
samaradorligini oshirish asosida mehnat daromadlarini maksimal darajaga yetkazishdan iborat. Bu 
tamoyilga rioya qilinishi jamg’arish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini 
taqozo etadi va korxonaning rivojlanishi hamda ravnaq topishining zarur sharti hisoblanadi.
3.
Xodimning mehnat hissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan 
mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga karab ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil 
xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashdan moddiy 
manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan. Bunda ish kuchini takror ishlab chiqarish uchun 
zarur bo’lgan moddiy ne’matlar miqdoridagi, mehnatning turli sharoitlaridagi, jo’g’rofiy va iqlim 
sharoitlaridagi tafovutlar hisobga olinishi lozim.
4.
Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchining jinsi, yoshi, milliy 
mansubligi va hokazolarga qarab uning mehnatiga haq to’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir.
5.
Mehnat haq to’lashni davlat tomonidan tartibga solish.
6.
Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori - bu shunday bir sohaki, u yerda 
pirovard natijada mehnatning har xil turlari baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga 
to’lanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqyei bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur 
bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.
7.
Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi mehnatga 
haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida 
tushunarli va batafsil axborot mavjud bo’lgandagina u jon-dili bilan berilib mehnat qiladi. Xodimlar 
qanday holatda ish haqining miqdori ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur 
qilishlari lozim.
Ish haqini tashkil etish tamoyillarini ularni amalga oshirishga qaratilgan funksiyalarga muvofiq 
tasniflash maqsadga muvofiqdir. Har bir tamoyil faqat bitta funksiya bilan emas, balki bir qancha 
funksiyalar bilan bog’langan. Shunday bo’lsa ham, asosiy funksiyani ajratib ko’rsatish mumkin. Har bir 
tamoyil birinchi navbatda ana shu funksiyani bajarishga qaratiladi.
Korxonalarda mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementlari - mehnatni normalash, 
tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Har bir element qat’iy belgilangan vazifasiga egadir.
Mehnatni normalash - bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlarini va uning natijalarini: vaqt 
normalari, soni, xizmat ko’rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarish normalangan topshiriqlari 
normalarini aniqlashdir. Bular bo’lmasa, mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga 
qo’shgan alohida hissasini hisobga olib bo’lmaydi.
Ish haqining shakllari va tizimlari - bu mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning 
murakkabligi, intensivligi, shart-sharoitlariga) bog’liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir.
Tarif tizimi turli normativ materiallar majmuidan iborat bo’lib, ular yordamida korxonadagi 
xodimlarning ish haqi darajasi ularning malakasiga, mehnat sharoitlariga, korxonalar o’rnashgan 
jo’g’rofiy joyi va boshqa tarmoq xususiyatlariga qarab belgilanadi. Tarif tizimining asosiy elementlariga 
tarif setkalari, tarif stavkalari, tarif-malaka ma’lumotnomalari, lavozim maoshlari, xizmatchilar 
lavozimlarining tarif ma’lumotnomalari, tarif stavkalariga ustama va qo’shimcha haqlar, ish haqiga doir 
mintaqaviy malaka koeffisiyentlari kiradi.
Tarif setkasi - razryadlar shkalasidan iborat bo’lib, ularning har biriga o’z tarif koeffisiyenti 


berilgan va har qanday razryadning tarif setkasida ishning murakkabligiga qarab birinchi razryadga 
nisbatan ishning necha marta murakkabligini ko’rsatib turadi. Birinchi razryadning tarif koeffisiyenti 
birga tengdir. Razryadlar miqdori va ularga tegishli tarif koeffisiyentlarining miqdori korxonada 
tuziladigan jamoa shartnomasida belgilanadi. Jamoa shartnomasi tarif bitimi asosida ishlab chiqiladi va 
xodimlar ahvolining shartnoma shartlariga nisbatan yomonlashuvini nazarda tutmasligi lozim.
Tarif stavkasi - ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to’lashning pul bilan ifodalangan mutlaq 
miqdoridir. Birinchi razryad tarif setkasi va tarif stavkasi asosida shunday keyingi har bir razryadning 
tarif stavkasi hisoblab chiqiladi. Birinchi razryadning tarif stavkasi korxonaning jamoa shartnomasi bilan 
belgilanadi va bir tomondan, uning moliyaviy imkoniyatlariga, ikkinchi tomondan, tarmoq bitimida aks 
ettirilgan mehnatga haq to’lash shartlariga bog’liq bo’ladi. Bunda u belgilangan eng kam ish haqi 
darajasidan kam bo’lmasligi lozim. Tarif stavkasi ishchilar mehnatiga haq to’lash darajasini belgilash 
uchun boshlang’ich miqdor hisoblanadi. Bunda korxonada mehnatga haq to’lashning qanday shakllari va 
tizimlari qo’llanilishi e’tiborga olinmaydi.
Tanlangan vaqt birligiga qarab tarif stavkalari soatbay, kunbay va oylik maoshlardan iborat bo’ladi. 
Eng ko’p tarqalgan soatbay tarif stavkalari bo’lib, ular asosida turli qo’shimcha haqlar hisoblab chiqiladi. 
Kunlik va oylik stavkalar soatbay stavkalarni ish smenasidagi soatlar soniga va oy mobaynidagi 
ishlangan o’rtacha oylik soatlar soniga ko’paytirish yo’li bilan hisoblab chiqiladi.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari normativ hujjatlardan iborat bo’lib, ular yordamida ish razryadi va 
ishchining razryadi belgilanadi. Ularda har bir mutaxassislikdagi har bir razryad ishchisi nazariy va 
amaliy jihatdan bilishi lozim bo’lgan axborot mavjud bo’ladi. Mazkur ma’lumotnomalar uch bo’limdan: 
“Ishlarning ta’rif-tavsifi”, “Bilish kerak” va “Ishlarga doir misollar”dan tashkil topadi. Tarif-malaka 
ma’lumotnomalari tavsiyaviy xususiyatga ega bo’lib, faqat ulardan foydalanuvchi korxona uchungina 
normativ hujjat hisoblanadi. Malaka razryadi ishchiga odatda sex yoki korxona malaka komissiyasi 
tomonidan beriladi.
Mehnatga haq to’lashni tashkil etish sohasidagi an’anaviy yondashuvlardan foydalanuvchi 
korxonalar ishchilar ish haqining miqdori belgilash uchun tarif setkalari, tarif stavkalari va tarif- malaka 
ma’lumotnomalaridan foydalanadilar. Bunday korxonalarda boshqaruv mehnati xodimlari hisoblanuvchi 
xizmatchilar uchun shtat-maosh tizimi tatbiq etiladi. Uning o’ziga xos xususiyati shtat jadvalining 
tuzilishidan iborat bo’lib, unda muayyan korxonada mavjud bo’lgan lavozimlar ro’yxati, har bir lavozim 
bo’yicha xodimlar soni va oylik miqdori ko’rsatiladi.
Korxonaning 
attestasiya 
(shahodat 
berish) 
komissiyasi 
lavozimlarning 
malaka 
ma’lumotnomalaridan foydalanish asosida attestasiya jarayonida xizmatchilarga malaka toifalarini 
beradi. Xizmatchilar lavozimlarining malaka ma’lumotnomasi alohida tafsiflardan tashkil topadi. Xar bir 
malaka tavsifi uch bo’limdan iborat. “Lavozim vazifalari”, “Bilish kerak”, “Malaka talablari”. Tarif-
malaka ma’lumotnomasi singari, xizmatchilar lavozimlarining malaka ma’lumotnomasi tavsiyaviy 
xususiyatga ega bo’lib, korxonalar ulardan ixtiyoriy ravishda foydalanishlari, uning bo’limlariga 
tuzatishlar va o’zgarishlar kiritishlari mumkin. Xizmatchilarni attestasiyadan o’tkazib turish davriyligini 
korxona rahbariyatining o’zi belgilaydi.
Ko’pgina korxonalar hozirgi vaqtda an’anaviy tarif tizimi elementlari asosida mehnatga haq 
to’lashni tashkil etishning yangi, yanada samaraliroq usullarini izlash yo’lidan bormoqdalar. Bu ijobiy 
hodisa bo’lib, korxonalarga o’zlari qarab chiqadigan masalalarni hal qilishda mustaqillik berishning 
natijasidir. Korxonada ishlovchi barcha xodimlarning mehnatga haq to’lashni tashkil etish uchun umumiy 
tarif setkasidan foydalanish ancha keng tadbiq etilmoqda. Tarif setkadagi razryadlarning eng ko’p 
miqdori va ularga mos keluvchi tarif koeffisiyenti muayyan korxonada ixtiyoriy ravishda belgilanishi 
mumkin va albatta jamoa shartnomasida mustahkamlab qo’yilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi mehnat vazirligining 8 yanvar 1993 yil №1 hay’at qaroriga asosan ishchi 
va xizmatchilarga ish haqini tashkil qilishda foydalanish uchun tavsiya etilgan yagona tarif setkasi bozor 
iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, barcha turdagi korxonalar uchun foydalanishni va unda talab va 
taklif asos bo’lishini taqozo etadi.
Yagona Tarif Stavkasi ishlarning tarif stavkalarini tabaqalashtirish uchun tarif setkalarini ishlab 
chiqish tamoyili bo’yicha tuzilgan. U ishchilarga ham, barcha toifadagi xizmatchilarga ham haq 
to’lashning razryadli tizimidan iborat bo’lib, razryad doirasida qayd qilingan tarif stavkalari va lavozim 
maoshlarini belgilashni o’z ichiga oladi. Setkaning dastlabki variantida 28 va hozirgi (01.09.96 y.) 


variantida 22 ta razryad mavjud.
Razryadlar bo’yicha haq to’lash stavkalarini tabaqalashtirish Yagona Tarif Stavkasida xodimlar 
bajaradigan ishlarning murakkabligi va ularning malakasi belgisi bo’yicha amalga oshiriladi. Ish haqida 
boshqa omillarni - normal sharoitlardan chetga chiqqan mehnat shart-sharoitlarini (mehnatning 
umumtarmoq shart-sharoitlari bundan mustasnodir), mehnatning og’irligi, jiddiyligi, normani oshiruvchi 
alohida mehnat natijalarini, xodimlarning ishchanlik va shaxsiy xususiyatlarini va shu kabilarni hisobga 
olish ish haqini tashkil etishning boshqa elementlari vositasida amalga oshiriladi. Ularga nisbatan mehnat 
normasi uchun haq to’lash sifatidagi tarif stavkasi (maosh) butun ish haqini tashkil etishning asosi 
hisoblanadi.
Yagona tarif stavkasida qabul qilingan tarif koeffisiyentlarining razryadga qarab ortib borishi 
xususiyati mavjud bo’lib, bunda eng ko’p o’sish boshlang’ich razryadlar uchun, eng kam o’sish yuqori 
razryadlar uchun nazarda tutilgan. Bu kam malakali xodimlarni, ya’ni malakali mutaxassislar va 
rahbarlarga nisbatan kam ish haqi oladigan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish zarurati bilan izohlanadi.
Yagona tarif stavkasida barcha kasblar va xodimlarning lavozimlari bajarilayotgan ishlar 
(funksiyalar)ning umumiylik belgisi bilan guruhlarga ajratilgan. Ishchilarni tasniflash uchun setkaning 
dastlabki sakkizta razryadi mo’ljallangan. Bu hozirgi vaqtda amal qilayotgan ishlar va ishchi kasblarining 
yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi bo’yicha tariflashtirish shartlariga mos keladi. Ayni vaqtda muhim 
va mas’uliyatli ishlarda yoki yanada muhimroq va mas’uliyatliroq ishlarda band bo’lgan yuqori malakali 
ishchilarga haq to’lashning 12-18-razryadlaridan kelib chiqib maoshlar belgilanishi mumkin. Qolgan 
xodimlar-xizmatchilar, mutaxassislar, rahbarlarga 18-22- razryadlar bo’yicha tarif belgilanadi.
Tarmoqlar yagona tarif stavkasini ishlab chiqishda tarifikasiyalash va ishchilar hamda xizmatchilar 
mehnatiga haq to’lash yagona shkalasining tuzilishiga doir quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

iqtisodiyot sohasi xodimlarining barcha toifalarini yagona tarif shkalasi bilan qamrab
olish;

ishchi kasblari va xizmatchilar lavozimlarini bajarilayotgan vazifalar (funksiyalar) 
umumiyligi belgisiga ko’ra guruhlash;

ishchi kasblari va xizmatchilar lavozimlarini tarifikasiya qilish, ya’ni ularni bajariladigan 
ishlar yoki funksiyalarning murakkabligi belgisiga qarab mehnatga haq to’lash razryadlariga kiritish;

razryad tarif stavkasini oddiy mehnat bilan shug’ullanadigan xodimlarning eng kam ish haqi 
miqdori darajasiga muvofiq keladigan qilib va tarif koeffisiyentlarining razryaddan razryadga bir xilda 
nisbiy ortib borishi tartibida belgilash.
Yagona tarif stavkasining ustunligi shundan iboratki, u xodimlarning barcha kasb-malaka guruhlari 
bo’yicha tarif stavkalari va maoshlari nisbatini belgilashda mehnat tafovutlariga baho berishga yagona 
yondashuvni ta’minlaydi. Umumiy tarmoqlararo yagona tarif stavkasi tarmoq yagona setkalarini va 
korxonaning yagona tarif setkalarini ishlab chiqish uchun andoza hisoblanadi, ularda xodimlarning turli 
toifalari mehnatiga haq to’lashning tarmoqlararo yagona shartlari tarmoq shart-sharoitlariga va muayyan 
korxonalarning shart-sharoitlariga, xodimlarning kasb-malaka tarkibiga mos keltirilishi lozim.
Tarif tizimining asosiy elementlariga, shuningdek, noqulay iqlimli mintaqalarda ishlaganlik uchun 
mintaqaviy koeffisiyentlar va ish staji uchun ish haqiga ustama haq to’lashlar kiradi. Mintaqaviy 
koeffisiyent korxona, tashkilotning qayerda joylashganligiga qarab ish haqini ko’paytirishning normativ 
ko’rsatkichidan iboratdir. U qaysi ish haqiga tatbiq etiladigan bo’lsa, o’sha bevosita ish haqiga 
belgilanadi.
Ish haqini mintaqaviy tartibga solishning asosiy vazifasi mamlakatning barcha iqtisodiy 
mintaqalarida baravar mehnat uchun baravar real ish haqi to’lanishini ta’minlashdan iborat. Buning 
uchun bir xil malakadagi xodimlarning ish haqi iqtisodiy mintaqalar bo’yicha farqlanishi lozim va 
bundan farqlar o’z-o’zidan emas, balki davlat tomonidan ongli va rejali ravishda belgilanishi kerak.
Mintaqa iqtisodiy-jug’rofiy o’rnini baholashda uning yirik iqtisodiy markazlarga nisbatan o’rnini, 
xom ashyo, rekrasion imkoniyat manbalariga nisbatan o’rnini, mintaqaviy bozorlarga nisbatan o’rnini 
hisobga olgan holda tabaqalarga ajratiladi. O’zbekistonda umuman Toshkent mintaqasi (Toshkent viloyat 
va Toshkent shahri), Jizzax, Sirdaryo, Samarqand mintaqalari qulayroq iqtisodiy-jug’rofiy o’rinni 
egallaydi.
Agroiqlim omillari mintaqadagi qayta ishlash jarayonining barcha bosqichlariga faol ta’sir qiladi. 
Ayniqsa, agrar sektorning yer bo’yicha ixtisoslashuvida mazkur omillar roli juda katta bo’lib, bu hol o’z 


navbatida qishloq joylarda mehnat qilish uchun qulay yoki noqulay shart-sharoitlar bilan bog’liqdir. Ana 
shu shart sharoitlardan kelib chiqgan holda Toshkent viloyatida oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga, Navoiy 
viloyatida chorvachilik mahsuloti tayyorlashga, Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta 
yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ekstremal iqlim sharoitidagi mintaqalarda (Surxondaryo viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi) 
mehnat qilish faoliyatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari mo’tadil iqlimli zonalar (Farg’ona 
viloyati)dagiga nisbatan noqulayroqdir.
Ish haqini tashkil etishda tabiiy-resurs imkoniyati foydali qazilma boyliklar mavjudligi, relyefi, 
zilzilabardoshligi, yer-suv resursi kabilar ham muhim o’rin tutadi. Tabyiy omil ishlab chiqarish 
jug’rofiyasi va qishloq xo’jalik hamda kon qazish sanoat mahsulotini iste’mol qilishning makoniy 
doirasini belgilab beradi. Tabiiy resurslarning o’rinlashuvi va ulardan foydalanuvchi ishlab chiqarish 
korxonalarining joylashuvi tabiiy omil hududiy xususiyati hamda bozor kon’yunkturasiga va ish haqi 
koefisiyentiga ta’sir qiladi. Tabiiy sharoit va resurslar boshqa mintaqalardan sarmoya (jumladan, xorijiy 
sarmoya)ni mulkni xususiylashtirish ishida qatnashish uchun qo’shimcha ravishda jalb qilishda yordam 
berishi yoki aksincha, mintaqa korxonalari va aholisidagi naqd mablag’larning xo’jalikfaoliyati yuritish 
uchun qulayroq boshqa hududlarga ko’chib o’tishini rag’batlantirishi mumkin bo’ladi va bu ham shu 
hududda faoliyat ko’rsatadigan xodimlar daromadiga ta’sir etadi.
Resurs imkoniyati darajasiga ko’ra mintaqalar orasida Buxoro, Navoiy, Toshkent va Qashqadaryo 
viloyatlari ajralib turadi. Navoiy va Jizzax viloyatlarida esa ekin maydonlari va suv resurslari ancha 
taqchildir.
Iqtisodiy salohiyat hududda mavjud bo’lgan barcha resurslar majmuini ishga solgan paytdagi 
mintaqa zahiralari hamda imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy islohotlar jarayoni va natijalariga 
iqtisodiy imkoniyatning asosiy tarkibiy qismlari: ishlab chiqarish, infratuzilma, jumladan, bozor 
infratuzilmasi, ilmiy-texnik xodimlar, eksport, rekreasion imkoniyatlar, mintaqalararo va ichki 
mintaqaviy o’zaro hamkorlik imkoniyati kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy imkoniyat darajasini o’lchashda ham kompleks tahlil, ham ekspert baholash uslublari 
qo’llanishi zarur. Mintaqalar tipologiyasi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasini baholashning muhim 
vositasidir. O’zbekiston mintqalapining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot darajasiga ko’ra mintaqalarni 
guruhlarga ajratish uslubi bu o’rinda muayyan qiziqish uyg’otadi:
I
guruh 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə