6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari



Yüklə 407,28 Kb.
səhifə16/25
tarix30.03.2023
ölçüsü407,28 Kb.
#103633
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
2-semistr

Mavzuning mazmuni: Nazariy mashg‘ulotga tayyorgarlik o‘quv material va kerakli jihozlarni tayyorlash. Nazariy mashg‘ulot o‘quv metodlarini tanlash. Dars sharoitida o‘qituvchining vazifasi. Mashg‘ulotni yakunlash.


Nazorat uchun savollar

1. Dars (mashg‘ulot) nima ?


2. Kasb-hunar kollejlarida qo‘llaniladigan dars tiplarini tushuntirish.
3. Nazariy mashg‘ulotlarning tuzilishi.


Тavsiya etiladigan adabiyotlar

1. Davlatov K. “Mehnat va kasb ta’lim metodikasi hamda nazariyasi” Toshkent 1992 yil.


2. Razzoqov D., Turdiyev E., Mustofoyev Q. “Kasb ta’limi o‘qitish texnologiyasi” Qarshi 2003 yil.
3. Insapov B. “Mehnat ta’limini o‘qitish metodikasi” Toshkent 2001 yil.

10- m a v z u. - M u t a x a s s I s l i k f a n l a r I n i


o’ q I t I s h m e t o d I k a s I d a n k u r s I s h l a r i
Reja:

  1. Kurs ishini bajarishdan maqsad va uning tuzilishi.

  2. Kurs ishini bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar.

Tayanch iboralar: geometrik o‘lchamlarda o‘xshashlik, fizikaviy o‘xshashlik, harakatli o'xshashlik, dars o'tish metodikasi, darsni tashkil etish, dars rejasi, kalendar mavzuli reja, darsning xronologik xaritasi, konspekt, tarqatma materiallar, test so‘rovnomalari, jadvallar, rasmlar, texnologik xarita, sxemalar, pedagogik-texnologiya metodlaridan foydalanish, o‘quv ishlab chiqarish ishlari, texnik baza tayyorlash, instruksion-texnologik hujjatlar.
Kurs ishini bajarishdan maqsad va uning tuzilishi.
Mutaxassislik fanini o’qitish metodikasi fanidan kurs ishlari fan yuklamasi tugatilgandan so‘ng, talabalarda mutaxassislik fanini o’qitish o‘quv kurslari haqida to‘liq ma’lumot shakllangandan keyin bajarilishi talab qilinadi. Kurs ishlari talabaning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, mustahkamlash va boyitish, egallan- gan bilimlarni amalda qo‘llay olish, mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish, adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.
Shu maqsadlarning to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun kurs ishi topshiriqlari shunday tuzilishi kerakki, uni bajarish uchun talaba kursning barcha bo‘limlariga, metodik adabiyotlarga, amaliy ish tajribasiga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelsin.
Kurs ishi tushuntirish xati va chizmalarni o‘z ichiga oladi. Tushuntirish xatining hajmi cheklanmaydi. U taxminan 25— 30 betni tashkil etadi. Chizmalarning mazmuni aniq topshiriqlar bilan belgilanadi.
Kurs ishi topshirig‘i biror mavzuga tegishli kalendar-tematik reja; mavzuga bag'ishlangan darslar tizimini ishlab chiqish, bi­ror mavzuning dars reja-konspektini tuzish, pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalarini tayyorlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
Dastlab mavzuning o‘quv dasturidagi tutgan o‘rni, uni o‘rganishning kalendar muddatlarini aniqlash talab etiladi, sababi busiz boshqa o‘quv fanlari bilan didaktik aloqa o‘rnatib bo‘lmaydi.
Kurs ishida quyidagilar aks ettiriladi:

  1. Mavzu tavsifi. Mavzuning dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi.

  2. Mavzu bo‘yicha adabiyotlar tahlili.

  3. Mavzuning o‘quv-tarbiyaviy vazifalari.

  4. Mavzuni yoritishda foydalaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari.

  5. Mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib berish.

  6. Mavzuning nazariy asoslarini o‘quv jarayonidagi mehnat operatsiyalari bajarilishining metodik jihatdan tavsifi.

  7. Mavzuni yoritish metodikasi. Mutaxassislik fanini o’qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari, dars o‘tish metodikasi, darsni tash­kil etish, dars rejasi, kalendar mavzuli reja, darsning xronologik xaritasi, konspekt, tarqatma materiallar, test so‘rovnomalari, jadvallar, rasmlar, texnologik xarita, sxemalar va hokazo.

  8. Mavzuni yoritishda pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish. Pedagogik texnologiya tushunchasini o‘zlashtirish, peda­gogik texnologiyaga berilgan ta’riflar bilan tanishish, pedagogik texnologiya metodlarini qo'llagan holda dars ishlanmasi tayyorlash.

  9. O’quv ishlab chiqarish ishlari.

  10. Mavzuni o‘rganish uchun zarur moddiy-texnik baza tay­yorlash.

  11. instruksion-texnologik hujjatlar.

  12. O’qituvchining darsga tayyorgarligi.

  13. Mavzuni o‘rganish rejasi va texnik hujjatlar.

  14. Xulosa tayyorlash, taklif va mulohazalarni bildirish.

  15. Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini keltirish.

Kurs ishini bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar.
Kurs ishining tuzilishi.
Kirish.
Masalaning dolzarbligi; mavzuga doir adabiyotlar tahlili; il­miy-tadqiqot metodlari.
Asosiy qisrn:

  1. bo‘lim. Mavzuning ilmiy-nazariy asoslari.

  2. bo‘lim. Mavzuni yoritish metodikasi va pedagogik texnolo­giya metodlari asosida dars ishlanmasi.

  3. bo‘lim. Tajriba-sinov o‘tkazish metodikasi va baholash mezonlari.

Xulosa. llmiy izlanishdan olingan natijalar yuzasidan fikr va mulohazalar.
Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati.
Kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya qiiish tartibi:

  1. Mavzuni tanlash. Kurs ishi rejasini tuzish va uni tasdiqlash.

  2. Adabiyotlarni o‘rganib tahlil qiiish.

  3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilg‘or pedagogik ishlarni o‘rganish.

  4. Olingan ma’lumotlarni jadval va sxemada ishlab chiqish.

  5. Kurs ishi himoyasida kafedra o‘qituvchilari ishtirok etadi.

  6. Kurs ishini baholashda har tomonlama bajarilgan ishlar hisobga olinadi.

  7. Kurs ishi rahbari himoya qilingan ishni tahlil qilib, yakunlab beradi.

  8. Kurs ishi himoyasi taqdimot shaklida namoyon qilinadi.

  9. Muddatida ulgura olmagan yoki himoya qila olmagan talaba akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Kurs ishini himoya qiiish tartibi.

  1. Kurs ishlari talabaning professor- o‘qituvchiiar rahbarligida bajarilgan mustaqil ishi bo‘lganligi uchun uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan, dekanat tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, avvaldan belgilangan reja asosida himoya qilinadi.

Kafedra tomonidan berilgan topshiriqqa asosan talaba kurs ishini to‘liq bajarib, rasmiylashtiradi va kafedraga rasmiy ravishda topshiradi. Shundan so‘ng kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizi bilan himoyaga qo‘yiladi.
Himoyaning o'tkazilish tartibi quyidagilardan iborat:

  1. Komissiyaga taqdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan e’lon qilinadi e’tirozlar bolmasa, muallifga 5—10 daqiqa ishning maqsadi, mohiyati, olingan natija va xulosalarni bayon qilishga ruxsat etiladi.

  2. Himoya vaqtida talaba kurs ishlari materiallaridan, grafik tasvirlari va qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga haqli hisoblanadi.

  3. Himoya rejasida ko‘rsatilgan barcha talablar himoya qilingandan so‘ng, komissiya a’zolari holi qolib, bir qarorga kelinadi va reyting tizimiga asosan baholanadi.

  4. So‘ng himoyachilar va qatnashuvchilarning barchasi taklif etilib qo‘yilgan baholar e’lon qilinadi.

  5. Qoniqarsiz baholanganlar, akadem qarzdor hisoblanib, dekanat belgilagan rejaga asosan yana bir bor himoya qilishlari mumkin.

  6. Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga, so‘ng arxivga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi.

Kurs ishlari 100 balli tizim asosida baholanadi. Kurs ishini bajarishda 55 balldan kam to'plagan talaba akadem qarzdor hisoblanadi.





E’tibor beriladigan holatlar

Ballarning vazifalar bo‘yicha taqsim- lanishi

1

Kurs ishining tuzilmasi

5

2.

Mavzuning dolzarbligini asoslash

5

3.

Maqsadning to‘g‘ri qo‘yilganligi va yechimga erishilganligi

10

4.

Mavzuni yoritishda foydalanilgan adabiyotlar tahlili

5

5.

Mavzuni yoritish metodlarining to‘g‘ri tanlan- ganligi va tatbiq qilinganligi

30

6.

Aniqlangan nazariy ma’lumotlarni amalda sinab ko‘rilganligi va asoslanganligi

15

7.

Dars ishlanmalarini tayyorlashda pedagogik texnologiya la rnir.g to‘g‘ri qo‘llani!ganligi

25

8.

Olingan yakuniy xulosalarning belgilangan maqsadga muvofiqligi

5




Jami

100

Kurs ishlarini bajarishda texnik modellashtirish va loyihalash.


Oliy ta’lim muassasalarida, ayniqsa, bo‘lajak texnologik ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda kurs ishlarini bajarishda texnik modellash va loyihalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda turli tashkiliy shakl va metodlardan foydalaniladi, jumladan:

  • texnik ma’lumotlar berish;

  • tadqiqotchilik va amaliy faoliyat, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • texnik bilimlarni, mehnat usullarini, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qiiish;

  • dizayn, estetik did va mehnat madaniyati ko‘nikmalarini, mustaqil ishlash qobiliyatini shakllantirish;

  • konstruktorlik-texnologik mazmundagi ijodiy masalalarni hal qiiish, yuksak darajadagi mehnat intizomi va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning yaratilishi.

Texnik modellashtirish jarayoni biror-bir noyob, qimmatbaho xullas ko‘p mablag‘ sarflanadigan inshootlar, agregatlar, mashinalar va hokazolarning modelini yaratish hisoblanadi. Odatda, modelning o‘lchamlari asl nusxaga nisbatan ancha kichik bo‘ladi va shunga ko‘ra undan arzonga tushadi. Model tuzilishi jihatidan aslidan farqlanishi mumkin, lekin unda ishlash jarayonida aslida sodir boladigan fizik hodisalar kuzatilishi kerak.
Texnik modellashtirish jarayoni uchta asosiy bosqichdan:

  • model yasash uchun texnik hujjatlarni (texnik shartlar, chizmalar, texnologiyani) tayyorlash,

  • model yasash,

  • uni sinab ko‘rishdan iborat.

Texnikada ishlatiladigan modellar 3 turga bo‘linadi. Mehnat va kasb ta’limi metodikasi fanlaridan talabalar kurs ishlarini bajarishlari uchun ushbu turlarni bilishi talab etiladi:



Geometrik o‘lchamlarda o‘xshashlik — ko‘rgazmali qurol maqsadida ishlatiladigan obyektning tashqi qiyofasini anglatadi. Bunday modellar talabalarni zamonaviy mashina, mexanizmlar tuzilishi, ishlash mezonlari bilan tanishtiradi.


Fizikaviy o‘xshashlik — o‘rganilayotgan obyektning harakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, xususiyatlari va o'xshashliklarini ko‘rsatadi.
Harakatli o‘xshashlik — tirik mavjudodlarning harakatlarini modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishni ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda tirik mavjudodlar yoki insonlarga o‘xshash qilib yaratiladi.
Talabalarga texnik modellashtirishni o‘rgatish jarayonida inson o‘z amaliy faoliyatida tabiat qonuniyatlari va hodisalaridan foydalanishini ko‘rsatib berish, ularni zamonaviy ishlab chiqarish sohalari bilan tanishtirib chiqish kerak. Bunda talabalarning fan asoslari bo‘yicha olgan bilimlarini ustaxonadagi amaliy ishlari bilan bog‘lash kerak.
Talabalarning texnik modellashtirish jarayonidagi faoliyati asosan texnik hujjatlarni ishlab chiqish va model yasashdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun eng avval talabalarni chizmalarni ishlashga, texnologik jarayonni tuzishga, modelning detallarini tayyorlash va ularni yig‘ishga jalb etish uchun eng qulay modellar yasashni nazarda tutish lozim.
Talabalarga modellashtirishni o‘rgatish jarayonida obyektlarni tayyorlash quyidagicha uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. mukammal texnik hujjatlar bo'yicha;

  2. qisqartirilgan texnik hujjatlar bolyicha;

  3. texnik shartlar yoki o‘z shartlari bo‘yicha.

Modellashtirishni o‘rgatishdagi birinchi bosqichning xususiyati shuki, unda talabalar topshiriqni bajarish uchun barcha boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorgina oladilar. Bu esa ana shu bosqichda talabalarning ijodkorligi uchun hech qanday sharoit bo‘lmaydi degani emas. Chunki chizmalar, obyektning texnik shartlari va texnologik xarita mavjud bo‘lgan taqdirda ham, tala­balarning ma’lum darajada mustaqil ishlashiga to‘g‘ri keladi. Ular avvalo texnik hujjatlarni tushunib olishlari: chizmani o‘qishlari va texnologiyani o‘rganishlari shart.
Modellashtirishni o‘rgatishning ikkinchi bosqichi talabalar topshiriqni bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni to’liq olmasligi bilan tavsiflanadi. Ular yordamchi adabiyotdan foydalanib, buyumning loyihasini, uni tayyorlash texnolgiyasini ishlab chiqishga va hokazolarga jiddiy yondashib, mazkur ma’lumotlarning bir qismini mustaqil holda o‘zlari topishlari kerak. Qisqartirilgan texnik hujjatlarda bir yo'la ham chizmalarni o‘qish va ishlab chiqish, ham loyihalash va texnologik jarayonni tashkil etish vazifalarini nazarda tutish tavsiya qilinadi. Talabalar yetishmaydigan ma’lumotlarni shu tarzda topish uchun chizmachilikdan, shuningdek loyihalash va texnologiyadan olingan bilimlarni ijodiy qo‘llashlari lozim.
Modellashtirishni o‘rgatishning uchinchi bosqichi talabalarning o‘z ijodiy tasavvuri yoki buyumga qo‘yiladigan shart- lar bo‘yicha bajaradigan mustaqil ishidir. Modellashtirishda talabalarning individual xususiyatlari farqi ayniqsa yaqqol ko‘- rinadi.
Bunda malum darajada ayrim talabalarning ongli mustaqil ta’lim faoliyati bilan shug'ullanishi har xil texnik qurilmalarni loyihalash va tayyorlashga qiziqishlari sabab bo'ladi.
Loyihalash — asl nusxadagi mashinalar, moslamalar, jihozlar va hokazolarning chizmalarini yaratishga qaratilgan ijodiy jarayondir. Loyihalash bilan shug‘ullanish uchun avvalo keng grafik hamda texnologik bilim va malakalarga ega bo‘lish kerak. Shuningdek, buyumlarning mustahkamligi, aniqligi va hokazolariga oid murakkab hisoblarni bajarish imkonini beradigan maxsus loyihalash bilimlari va malakalari ham zarur.
Talabalar texnik modellashtirish bilan shug'ullanishda buyumlarni loyihalash, tayyorlash va pardozlash bo'yicha quyidagi ishlarni bajaradilar:

  1. loyihalanadigan buyumning vazifasi va qo'llanishi bilan tanishish;

  2. buyumdan foydalanish va uni tayyorlash jarayoniga asos boladigan fizik, kimyoviy va boshqa jarayonlarni aniqlashtirish;

  3. umumtexnik va qo'shimcha adabiyotlarni o‘rganish, qo‘yilgan vazifani hal qilinishining eng yaxshi variantini tanlashda ulardan foydalanish;

  4. buyumning bir nechta eskiz variantlarini tayyorlash va ulardan eng yaxshisini tanlash;

  5. buyumning texnik loyihasini ishlab chiqish;

  6. buyumga ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish;

  7. ayrim detallarni, uzellar va umuman buyumlarni tayyorlash hamda rostlash;

  8. buyumning kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etish;

  9. buyumni pardozlash;

  10. buyumni tayyorlashga doir o‘quv-texnik hujjatlarga tuzatishlar kiritish.


Yüklə 407,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə