7-ma’ruza Mavzu: O‘zbek shevalari leksikasi va leksikografiyasi Reja



Yüklə 33,47 Kb.
səhifə6/7
tarix23.05.2022
ölçüsü33,47 Kb.
#87733
1   2   3   4   5   6   7
Ungin bitiktoshi haqida-www.hozir.org

K
Adabiy
So‘zlashuv
Yozma
S
Pr
Dial
Adabiy
Jarg
T
Adabiy
So‘zlashuv
Yozma
S
Pr
Dial
Adabiy
Jarg

Dialеktizmlarning bir qancha turlari mavjud



Etn
S
L
L
M
L
Fraz
1) Sof dialektal so‘zlar. Bunday so‘zlar adabiy tilda qo‘llanmaydi, faqat shevalardagina mavjud bo‘ladi.
2) Etnografik dialektal so‘zlar. Shevalar lug‘atiga urug‘chilik, urf-odat, xalq og‘zaki ijodi, madaniyatiga oid so‘zlarning faqat shevalarda qo‘llanadigan variantlari kiritiladi.
3) Semantik dialektal so‘zlar. Bunday so‘zlar adabiy tilda qo‘llansa-da, uning ma’nolaridan biri yoki bir nechasi faqat shevalarda mavjud bo‘ladi. Bunday so‘zlarning shevalardagi ma’nosi e’tiborga olinadi. Masalan, adabiy tilda pashsha so‘zi shevalarda chaqadigan hasharot, chivin esa aksincha ekanligi kabi holatlar ko‘zda tutiladi.
4) Dialektlarda kuchli fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar. Bu toifaga ul (o‘g‘il), sa:t (soat), ǯavchi (sovchi), uvuz (hovuz, sigirning yoki qo‘yning birinchi suti) kabi so‘zlar kiradi.
5) Dialektal yasama so‘zlar. Bunday lug‘atga faqat shevalarga xos yasama so‘zlar kiritiladi.
6) Dialektal frazeologik iboralar. Bunday iboralar faqat shevalargagina xos bo‘lishi kerak. Albatta, bu kabi lug‘atlar maxsus tayyorlanadi.
O‘zbek shevalarida yangi va eski so‘zlar
So‘z ifodalaydigan buyum va tushuncha hayotda yo‘qolishi bilan so‘zning o‘zi ham iste’moldan chiqadi. Bu so‘zlar ham o‘z navbatida qadimgi so‘zlar va tarixiy so‘zlarga bo‘inadi. Arxaizmlarning hozirgi sharoitda o‘rnida ishlatiladigan boshqa so‘zlar ham bo‘lishi mumkin. Bu bir narsaning 2 ta nomi bir vaqtda ishlatiladi, ammo bittasi zamon nuqtai nazaridan faol biri passiv iste’molda bo‘ladi. Eskirgan formasi o‘rni bilan o‘sha davrni ochib berish holatlarida qo‘llanishi mumkin: g‘azot - urush, sho‘ro - qishloq raisi, tävïshqän - quyon kabi.
Ba’zi hollarda ba’zi bir so‘zlarning ma’nolari bir-biriga yaqinlashadi, yoki aynan bir xil bo‘lib qoladi. Bunday hollarda ulardan biri iste’moldan chiqib ketadi: sho‘ro - sovet, ma’ruza - doklad kabi so‘zlar dublet shaklida qo‘llanib kelindi. Bularning ichidan sho‘ro, doklad so‘zlari eskirib iste’moldan chiqdi. O‘tmishda mavjud bo‘lgan va hozirda ishlatilmay qolgan narsa va tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlar istorizmlar tarixiy so‘zlar yo‘qolib ketgan narsa-voqea-hodisalarning va tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bularni hozirgi adabiy tilda shakldoshlari bo‘lmagan: qozi, alam, ellikboshi, mirshab kabi.
Bunday so‘zlar har bir tilda o‘z so‘z boyligi asosida turli sohalarni ifodalovchi leksema sifatida paydo bo‘ladi. Bu so‘zlar ham ma’lum bir davr uchun yangilik hisoblanadi. 1920-yillarda kolxoz, sovxoz, 60-yillarda kosmos, kosmonavt so‘zlari yangilik sanalgan. 1910-yillarda zavod, ishchi, poyez so‘zlari yangilik sanalib keyinchalik eskirgan. Evfemizmlar eng qadimgi ibtidoiy odamlar tilida bo‘lgan. Hozir ham ayrim qoldiqlari saqlanib qolgan. Tabu hodisasi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Evfemizm grekcha “yaxshi gapiraman” degan ma’noni bildiradi: ko‘zi ko‘rmaydigan odamga ko‘r demasdan ko‘zi ojiz deyish evfemizmdir. Tabu hodisasi etnografik atama bo‘lib, irim-sirimlar asosida yuzaga keladi, ma’lum bir so‘zni aytmaslik tabu deyiladi: tog‘li xalqlar kechasi bo‘ri nomini aytmaganlar. Qarluq shevalarida ilonni arg‘amchi deyilishi, o‘g‘uz shevalarida g‘assolni tozalovchi deyilishi tabu hisoblanadi.

Yüklə 33,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə