7-sinf “algebra” kursida o’rganilgan mavzularni takrorlash



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə7/18
tarix22.12.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#154386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
8-konspekt-geometriya-1-d187d0bed180d0b0d0ba

6. Uyga vazifa ________________________
Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: PARALLELOGRAMM VA UNING XOSSALARI
Darsning maqsadi: Parallelogramm va uning xossalari haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish.


Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________


Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:


Parallelogramm va uning xossalari
1. Parallelogramm.
Ta'rif. Qarama-qarshi tomonlari o'zaro parallel bo'lgan to'rt-burchak parallelogramm deb ataladi.
Agar ABCD parallelogramm bo'lsa, AB || DC va AD || BC bo'ladi (21- rasm).
Parallelogrammning qarama-qarshi tomonlariga perpendikular bo'lgan kesmalar parallelogrammning balandliklari deyiladi. Parallelogrammning, umuman aytganda, bir-biridan farq qiladigan ikkita balandligi bo'ladi. Masalan, 22- rasmda BP va BF balandliklardir.

Ma'lumki, to'rtburchak trapetsiya bo'lishi uchun uning bir juft qarama-qarshi tomoni parallel bo'lishi kerak edi. Parallelogrammda ikkinchi juft ham parallel bo'lishi kerak ekan. Bu, to'rtburchak parallelogramm bo'lishi uchun uning tomonlari, trapetsiyaning tomonlaridan ko'proq shartni qanoatlantirishi zarur ekanini ko'rsatadi. Bundan parallelogramm trapetsiyalar sinfiga tegishli bo'lgan to'rtburchaklar ichidan olingan ekanligi kelib chiqadi. Demak, parallelogramm trapetsiyalar sinfiga kiradi, u esa o'z navbatida to'rtburchaklar sinfining vakilidir. Bundan paral­lelogramm trapetsiya xossalariga ega bo'lishini bildiradi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə