8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


III.Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə15/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

III.Yangi mavzuning bayoni.
3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo`lib o`qing va davom ettiring.
- Men sarguzasht asarlarni o`qishni yaxshi ko`raman, ayniqsa, „Kapitan Grant bolalari“, ,,O`n to`rt yoshli kapitan“ asarlarini qayta-qayta qiziqib o`qiyman.
- Men esa badiiy asarlarni, ayniqsa, taniqli o`zbek adibi Abdulla Qodiriyning romanlarini juda sevib o`qiyman. Men roman qahramonlari Otabek va Kumushdek aqlli, farosatli, vafoli inson bo`lishga intilaman. - To`g`risini aytsam, men ko`p kitob o`qimaganman. Biroq yaqinda yozuvchi Xudoyberdi To`xtaboyevning „Sariq devni minib“ qissasini o`qib chiqdim. Asar qahramoni Hoshimjonning hech qayerda o`qimay, sehrli qalpoq yordamida birdan katta bo`lib qolgani, turli kasblarda ishlab, barcha joylardan bilimi yo`qligi tufayli ketib qolishga majbur bo`lgani menga qattiq ta’sir qildi. Bilim olish, buning uchun esa ko`p kitob o`qish kerakligini tushundim. ...
4-topshiriq. Matnni o`qing. Mazmunini so`zlab bering.
Kitoblar dunyosi
Men do`stim Anvar bilan kitob o`qishni yaxshi ko`ramiz. Yakshanba kuni yangi kitoblar sotib olish uchun „Kitoblar dunyosi“ do`koniga bordik. Do`konda turli bo`limlar bor. Men sarguzasht asarlar bo`limidan o`zimga yoqqan kitoblarni tanladim, Anvar arxeologik topilmalar haqidagi kitoblarni xarid qildi. Bu kitoblarni o`qib chiqqach, bir- birimizga so`zlab beramiz. Ko`p kitob o`qib, yosh kitobxon ko`rik- tanlovida qatnashmoqchimiz.
Siz ham kitob do`konlariga tez-tez borib turasizmi?
Bilib oling!
Unli va jarangli tovushlar bilan tugashiga ko`ra g tovushi bilan tugagan fe’l asoslariga -gach, -guncha, -gancha, -gani qo`shimchalari, к tovushi bilan tugagan fe’l asoslariga -kach, -kuncha, -kancha, -kani qo`shimchalari, q tovushi bilan tugagan fe’l asoslariga -qach, -quncha, -qancha, -qani qo`shimchalari qo`shiladi.
IV.Mustahkamlash.
3- mashq. Berilgan fe’l asoslariga imlo qoidalari asosida -gach(-kach, -qach), -guncha(-kuncha, -quncha), -gani(-kani, -qani) qo`shimchalaridan mosini qo`shib yozing.


Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə