8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə17/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish:
III.Yangi mavzuning bayoni.
6-topshiriq. Matnni o`qing va mazmunini so`zlab bering.
Kitobni qanday o`qish kerak?
Har kim har xil asarlarni yaxshi ko`radi. Kimdir she’riy asarlarni yod olish va o`qishni, kimdir esa hikoyalar va qissalarni o`qishni yaxshi ko`radi. Kimlardir ertaklarni tinglashni sevadi. Nasriy asarlar, odatda, kattaroq hajmda bo`ladi. Unda tabiat ko`rinishi, qahramonning ruhiy ho- lati tasviriga keng o`rin beriladi. Asar g`oyasi ushbu tasvirlar va qahramonlar o`rtasidagi dialoglar orqali ochib beriladi. Kitobni to`liq o`qimay, faqat dialoglarni o`qiydigan insonlar asar g`oyasini to`liq anglab yetmaydilar.
Kitob o`qish insonni o`ylashga, fikrlashga o`rgatadi, so`z boy- ligingizni oshiradi. O`qiyotganda biz o`zimizni asar qahramonlaridek se- zamiz, ular qilayotgan ishlarni xuddi o`zimiz qilayotgandek bo`lamiz.
Bilib oling!
Ravishdoshlarning -b(-ib), -a(-y) qo`shimchali shakllari ko`makchi fe’lli so`z qo`shilmalari tarkibida yetakchi fe’l vazi- fasini bajarib keladi. Masalan: o`qiy boshlamoq, o`qib chiqmoq, o`qib bo`lmoq, o`qib bermoq kabi. Ushbu qo`shimchali ravish- doshlarga bo`lishsizlik qo`shimchasi -may shaklida, qolgan shakllariga esa -ma shaklida qo`shiladi. Masalan: o`qib -о‘qimay, tura - turmay.


4-mashq. Berilgan fe’llardan -b(-ib), -a(-y) qo`shimchali ravishdosh shakllarini yasang va ko`chiring.
Namuna: ko`rsatmoq-ko`rsatib bermoq, ...
Qo`ymoq, gapirmoq, topmoq, burmoq, kelmoq, tashlamoq.
5-mashq. Awal bo`lishli, so`ngra bo`lishsiz shakldagi ravishdoshlar mavjud gaplami ko`chiring va ulaming ifodalanishini tushuntiring.
1. U kitobni shunchalik berilib o`qidiki, hatto biz kelganimizni sezmay qoldi. 2. Har narsaga aralashmay jimgina yur. 3. U radiodan berilayotgan qo`shiqni ta’sirlanib tinglab borardi. 4. Gapni oxirigacha eshitmay biror xulosa qilma. 5. Ko`rmayin bosdim tikanni, tortadurman zahrini. 6. Tog`am va xolamni ko`rib keldik. 7. Kitoblar orqali hamma yangiliklarni bilib olamiz.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə