8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


III.Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə19/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

III.Yangi mavzuning bayoni.
Adabiy o`qish
Qayerdasan, maktabim?
Meni aldab-suldab ko`chaga haydab chiqarishdi, ha, shunday qilishdi. BoMmasa, teatrda ish to`lib yotgan edi. Hech boMmasa ko`cha eshik oldida turib chipta yirtay desam: ,,0‘shanga ham ma’lumot kerak“, deyishdi. Gapni qarang-a! Ocqing, o`rganing emish! Nega endi o`qir ekanman? Nega?
To`xtang, nega endi ishim doim orqaga ketaveradi? Agronom bo`ldim - quvildim. Shoir bo`ldim - nomim chiqmadi. Muhandis bo`ldim - arang qochib qutuldim. Nega?
Safarga chiqqanimdan buyon ko`p ajoyibotlarni ko`rdim, ko`p g`aroyibotlarning guvohi bo`ldim. Xursand bo`lgan kunlarim bo`ldi, xafa bo`lgan kunlarim bo`ldi. Ammo hech qachon bugungidek ko`nglim o`ksimagan, bugungidek xo`rligim kelmagan. To`g`ri, oyijonimni sog`inganman, singillarim ko`z o`ngimdan nari ketmay qolishdi, birga o`qigan o`rtoqlarim: malla sochli Ortiqvoy, darsda uxlab o`tiradigan Shokirjon - hamma-hammalarini sog`indim, ko`rgim keladi. Ammo nachora. Men o`qimasdan agronom bo`lmoqchi edim, shuning uchun ham barcha azoblarga, barcha mashaqqatlarga tishimni tishimga qo`yib chidagan edim, maqsadimga erisha olmadim, sharmanda bo`ldim! Nega?
Ho`ngrab yig`lab yubordim. Turtinib-surtinib o`z uyimga bordim- da, boshimni ko`rpaga burkab, ko`zlarimda yosh tamom bo`lguncha yig`ladim.
- Qalpoqcham, ey, safarlarda hamisha yo`ldoshim, maslahatgo`yim, qani, o`zing ayt-chi, nega men maqsadga erisha olmadim?
- Chunki ilming yo`q edi, - dedi sehrli qalpoqcham.
- Ilm olish uchun nima qilish kerak edi?
- O`qishing kerak edi.
- Nima?!
- Ha, ha, o ‘qituvching Qobilov, sevimli direktoring Otajon Azizovichlarning gapiga quloq solishing kerak edi.
- Demak, sen meni chalg`itgan ekansan-da, aldabsan-da!
- Yo`q, aldamadim, chalg`itmadim. Fikrlaring xato ekanligini tushunib olgin, deb qo`limdan kelgancha ko`maklashdim.
Xudoyberdi To ‘xiaboyev
IV.Mustahkamlash.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Mavzu bo`yicha berilgan matniardan va Hoshimjonning qilgan ish- laridan olgan xulosangizni ayting.
2. Ayting-chi, o`qimay yoki hunar egallamay biror kasb egasi bo`lish mumkinmi?
3. Sizning kelajakdagi rejalaringiz qanday? Orzu qilgan kasbingizni egallash uchun nimalar qilishni o`ylab qo`ydingizmi?
4. texnologiyasi asosida quyidagi tahlillarni bajaring:
1) sof fe’llar va ravishdoshlar o`rtasidagi farqlarni yozing;
2) ravish va ravishdoshning o`xshash va farqli xu- susiyatlarini yozing.
5. O`qigan va o`qimoqchi bo`lgan kitoblaringiz nomini yozib, berilgan jadvalni to`ldiring.


Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə