8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari


III.Yangi mavzuning bayoni



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə21/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

III.Yangi mavzuning bayoni.

1-topshiriq. Guruhlarga bo`linib, rasmlar asosida kichik matnlar tuzing.
1- mashq. Matnni o`qing. Ajratib ko`rsatiigan so`zlar qanday hunami anglatishi haqida ma’lumot bering.
Milliy hunarmandchilik
Sharqda milliy hunarmandchilikning naqqoshlik, ganchkorlik, zardo`zlik, zargarlik, gilamdo`zlik, chinnisozlik, kulolchilik kabi turlari keng rivojlangan. Ushbu qadimiy hunarlar bugungi kungacha saqlanib kelyapti. Jahonda Sharq me’morchiligi nihoyatda hashamdorligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda ham Sharq me’morchiligi o`zi- da qadimiy an’analarni saqlab kelmoqda, lekin ularda zamonaviy unsur- lar ham uyg`unlikda ishlatilmoqda. Mamlakatimizda milliy hunarmand- chilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bilib oling!
Fe’lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi.
Sifatdosh fe’l asoslariga -gan(-kan, -qan), -yotgan(-ayotgan), -adigan(-ydigan), -r(-ar) qo`shimchalarini qo`shish orqali yasaladi va otga bog`lanib qanday?, qaysi? so`roqlariga javob bo`ladi. Masalan: kelgan mehmon, qurilayotgan bino, chiziladigan rasm, oqar suv.

2- mashq. Berilgan fe’llardan sifatdoshlar yasang, so`ngra ular ishtirokida so`z birikmalari va gaplar tuzing.

Qurmoq, tikmoq, yasamoq, chizmoq, oqmoq, o`rganmoq, ta’mirlamoq.
3-mashq. Nuqtalar o`rniga -gan(-kan, -qan) qo`shimchalaridan mosini qo`yib, gaplami ko`chiring.
1. G`ir-g`ir es... shabada kishiga xush yoqadi. 2. Osmonda to`lishib chiq... oy nurlari kumushdek jilvalanadi. 3. Barvaqt yo`lga chiq... sayohatchilar manzilga yetib keldilar. 4. O`qi... inson kam bo`lmaydi, hunar egalla... inson xor bo`lmaydi. 5. Daraxt shoxlarini buk... yoki sindir... bolalar qattiq jazolanadi. 6. Daraxt ek..., uni parvarishla... inson ko`pchilikning duosini oladi.
4-mashq. Matnni o`qing. Sifatdoshlarni topib, o`zi bog`langan so`z bilan ко‘chiring.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə