8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə24/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

Bilib oling!
Sifatdoshlar fe’llar kabi 3 zamon shakliga ega: -gan (-kan, -qan) qo`shimchasi o`tgan zamonni, -yotgan(-ayotgan) qo`shimchasi hozirgi zamonni, -adigan (-ydigan ), -r(-ar) qo`shimchali shakllari kelasi zamonni bildirib keladi. Masalan: borgan joy, kelayotgan mehmon, oqar suv,
o`qiydigan bola.

6- mashq. Berilgan fe’l asoslaridan o`tgan, hozirgi va kelasi zamon sifatdoshlarini yasang, qo`shimchalaming qo`shilishiga e’tibor qiling.

7- mashq. Sifatdoshlami toping va zamonini aniqlang.
Insonni inson qilgan narsa uning tilidir, ko`klarga chiqaradigan narsa esa bilimi va hunaridir. Ilm va hunar insonni izzat va sharafga yetkazadigan vositadir. Ilm va hunarni chuqur egallagan inson bitmas- tuganmas boylikka ega. Ilm va hunar qorong`i uyni yoritadigan nurdek insonning kelajagini ham yoritib turadi.
IV.Mustahkamlash.
4-topshiriq. Matnni o`qing va mavzu yuzasidan suhbatlashing.
Yog`och o`ymakorligi
Xalq amaliy san’ati turlaridan biri yog`och o`ymakorligidir. Qadimiy binolardagi ustunlar, eshiklar, ko`p qirrali xontaxtalar, kitob o`qish uchun maxsus moslamalar yog`och o`ymakorligining nodir namunalaridir. Hozirgi kunda san’atning bu turida 3 ta yo`nalish mavjud bo`lib, bular Toshkent, Xiva va Qo`qon maktablaridir. Toshkent o`ymakorligi nozik, nafisligi, mayda naqshlardan iborat farqlansa, Qo`qon maktabi yirik-yirik, mahobatliligi bilan, esa o`ynoqi, sho`xchanligi bilan bir-biridan farq qiladi.
O`zbek milliy hunarmandchiligining bu turi hozirgi ustalar tomonidan yoshlarga o`rgatilmoqda. Bolalar ijodiyoti uylaridagi to`garaklarda yog`och o`ymakorligining nozik sirlari o`rgatilmoqda. Mu- zey, teatr, sharqona uslubda qurilayotgan choyxonalar yog`och o`y- makorligining nodir namunalari asosida bezatilmoqda.
V.Darsga yakun yasash.
Darsni umumlashtirish,darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish,olgan baholarini kundalik daftariga qo`yish.
VI.Uyga vazifa.

Maqollarni o`qing, mazmunim yozing.


1. Aql ko`pga yetkazar, hunar ko`kka yetkazar.
2. Yoshlikda hunar olgin, qarigach, ishga solgin.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə