8- sinf II chorak Sinf: Sana: Mavzu: О`zbek yozuvchilari



Yüklə 7,41 Mb.
səhifə25/40
tarix26.12.2022
ölçüsü7,41 Mb.
#97911
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40
8-sinf 2-chorak o\'zbek tili

O’.I.B.D.O’_________________


Sinf:_______________
Sana:________________


Mavzu:MILLIY HUNARMANDCHILIK.
(Sifatdosh, uning yasalishi va imlosi)
Darsning ta’limiy maqsadi:
-Mavzuga oid matn, adabiy badiiy materiallarni tinglab tushunish, to`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.
-Shu mavzuda yozma va og ‘zaki nutqiy kompetensiyani shakllantirish.
-Yangi o`rgangan so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish va qo`llash malakasini shakllantirish.
-O`z nutqida tasdiq va inkor so`zlarni mustaqil ravishda qo`llashga o`rgatish.
-Mustaqil fikrlashga o`rgatish orqali o`z-o`zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.
-Savodxonlik ustida ishlash.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni do`stlik ruhida tarbiyalsh, do`stlikning qadriga yetishga o`rgatish,kirishimlilik,muomala madaniyatiga ega bo`lish orqali ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani shakllantirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-Yozma va og`zaki nutqda egallagan bilimlarini hayotda qo`llay olishga o`rgatish.
-Tasdiq va inkor gaplarni yozma va og`zaki nutqda to`g`ri qo`llashga o`rgatish.
Darsning turi: Interfaol, yangi bilim beruvchi.
Darsning jihozlanishi: Kitoblar, rasmlar, tarqatma materiallar, proyektor,kompyuter.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,darsni tashkil qilish,sinf o`quvchilarining darsga tayyorligini tekshirish va davomatni aniqlash.
II.O`tilgan mavzular yuzasidan takrorlash:
Uyga berilgan vazifani so`rash va tekshirish,`quvchilar bilan suhbat o`tkazish:
III.Yangi mavzuning bayoni.

8-mashq. Matnni o`qing. Milliy hunarmandchilikka oid so`zlami aniqlang va ко‘chiring.
Hunarmandlar rastalari
Toshkentning ,,Chorsu“ bozorida hunarmandlar rastasi bor. U beshikchilar rastasidan boshlangan. Beshikchilik qadimdan juda rivojlangan. Beshikchilar rastasidan so`ng zargarlar rastasi boshlanadi.
Bu yerdan turli-tuman zeb-u ziynatlarni: zirak, uzuk, tillaqosh va bilaguzuklarni xarid qilish mumkin. Zargarlik do`konlaridan so`ng miskarlik va temirchilik rastalari boshlanadi. Bu yerda ketmon, belkurak, tesha, o`roq, pichoq, chovli, hokandoz kabi turli uy-ro`zg‘or anjomlari yasaladi va sotiladi. Bozorning markaziy qismida esa o`zbek milliy choponlari, zardo`zlik buyumlari sotiladi. Bu san’at durdonalarini chet ellik mehmonlar zo`r qiziqish bilan tomosha qilishib, yoqtirib qolgan taqinchoqlarini xarid qilishadi.
5-topshiriq. Suhbat matnini o`qing va do`stingiz bilan suhbatlashing.
- Sen hunarmandchilik rastalarini ko`rganmisan?
- Ha, beshik do`koniga oyim bilan birga borgan edim.
- Bilasanmi, ushbu do`konlarda juda kamyob narsalar sotiladi.
- Meni esa boshqa narsa hayron qoldirdi. Sotuvchilar aslida ustalar ekan. Ular yonida o`g‘illari ham birga ishlar ekan.
- Ha, mening sinfdoshim ham maktabdan bo`sh vaqtlarida dadasi, akasining yonida ustachilik qiladi. Katta bo`lsam, hunarmand usta bo`laman, deydi.
- Do`sting, vaqtini bo`sh o`tkazmas ekan.

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə