8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi Reja: Shartnoma tushunchasi


max eU(principal) = eU[f(Ы),Ы,A,S]



Yüklə 350,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix18.01.2023
ölçüsü350,89 Kb.
#98750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
8-мавзу ИИ (1)

max eU(principal) = eU[f(Ы),Ы,A,S], 
EU(agent) = eU (Y, A, S) ≥ U, 
bu yerda: Ы – shartnomani amalga oshirish natijasi ("chiqish");
Y = f(Ы) - "agent" faoliyatiga haq to‟lashning tanlangan sxemasi; 
A - ""printsipal" tomonidan qo‟yilgan vazifalarni bajarish bo‟yicha agent" 
qo‟llaydigan sa‟y-harakatlar;
S – shartnoma tomonlariga bog‟liq bo‟lmagan «tabiiy» omillar.
Ikkinchidan, «agent»ning xatti-harakati oqilona maqsadli harakat 
tamoyillarini buzadi, chunki u maqsadlarni tanlashda erkin emas – maqsadlar 
«printsipal»ning manfaatlari bilan belgilangan. «Agent» o‟z harakatlarida o‟z 
manfaatlariga amal qilmasligi kerak, u birinchi navbatda «printsipal»ning 
manfaatlarini ko‟zlashi lozim. Ideal «agent» «printsipal»ning manfaatlarini o‟z 
manfaatlari singari qabul qiladi. 
Uchinchidan, ishonch me‟yorini amalga oshirish bilan bog‟liq muammolar 
ham mavjud. «Agent» «printsipal»ga u tomonidan u yoki bu vaziyatda qabul 
qilinadigan qarorlarning to‟g‟riligi nuqtai nazaridan ishonishi lozim. «Printsipal»ga 
ishonmagan «agent» unga nazorat qilish huquqini topshirishdan manfaatdor emas. 
Bundan tashqari, «agent» «printsipal» «agent»ning harakatlari ustidan nazorat 
sohasini shartnoma bilan belgilanmagan munosabatlarga ham yoymasligiga 
ishonch hosil qilishi kerak. Teskari holat noto‟g‟ri, chunki «printsipal» hatto 
«agent»ning harakatlarini o‟z foydaliligini emas, balki «printsipal»ning 
foydaliligini oshirishga yo‟naltirish zarurligini hisobga olgan holda unga nisbatan 
ma‟lum darajada ishochsizlik bilan munosabatda bo‟lishi lozim. 
To‟rtinchidan, yollash to‟g‟risidagi shartnomani amalga oshirish uchun 
empatiya normasi talab etilmaydi. «Printsipal» mukofotning «agent» rozi 
bo‟ladigan eng past darajasini bilishi kifoya qiladi. Unda ikkala tomon ham 
shartnoma yordamida o‟zining foydaliligini oshiradigan, «simmetrik barqarorlik» 
mezoniga javob beruvchi sotish to‟g‟risidagi shartnomadan farqli o‟laroq, yollash 
to‟g‟risidagi shartnoma simmetrik barqarorlikni nazarda tutmaydi. Bir tomondan, 
yollash to‟g‟risidagi shartnomani amalga oshirishdan yutuqni taqsimlash 
assimmitrik xususiyatga ega. Ikkinchi tomondan - hatto «agent»ga o‟z huquqlarini 
«printsipal»ga topshirganlik uchun to‟lanadigan kompensatsiya «gorizontal 
bo‟yicha» emas, faqat «vertikal bo‟yicha» munosabatlarga taalluqli. Yollash 
to‟g‟risidagi shartnoma bir necha «agent»ga amal qilingan hollarda ular o‟rtasidagi 
munosabatlar «printsipal»ga murojaat etish orqali tartibga solinadi va shuning 
uchun simmetrik barqarorlikka erishishga yo‟naltirilmagan. 
Va nihoyat, qonunga bo‟ysunish me‟yoriga zarurat yo‟q, chunki 
shartnomani amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga 


bo‟ysunish orqali hal etilmaydi. Yollash to‟g‟risidagi shartnomaning bajarilishi 
bilan bog‟liq barcha masalalar «ichki hakam» - «printsipal» tomonidan hal etiladi. 
SHu tariqa «printsipal» va «agent»ning yoritilgan o‟zaro munosabatlarini 
tartibga soluvchi me‟yorlar yig‟indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini 
eslatadi. Lekin, bu tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobelь 
mukofotining lauriyati Ronald Kouz o‟zining «Firma tabiati» maqolasida 
buyruqbozlik asosiga ega bo‟lgan iqtisodiy munosabatlar bozor tizimining ichida 
ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda Reja:lashtirish 
mavjud... Firma ichida... bozor transaktsiyalariga barham berilgan, almashuv 
transaktsiyalariga ega bo‟lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa 
muvofiqlashtruvchi tadbirkor o‟ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi».
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat 
tarixiy jihatdan qiziqish uyg‟otadi, balki u alohida tuzilmalar – yollash to‟g‟risidagi 
shartnoma asosida yuzaga keladigan 
tashkilotlar
doirasida munosabatlarni tartibga 
soladi. Tashkilot deganda biz «ta‟riflanadigan chegaralarga ega bo‟lgan va 
maqsadlarga yoki ishtirokchi a‟zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar 
yig‟indisiga erishish uchun faoliyat ko‟rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni 
tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning iqtisodiy birliklari), kasaba 
uyushmalari, siyosiy partiyalar, universitetlar, foyda ko‟rmay ishlovchi tashkilotlar 
va ko‟plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi. Ushbu 
ta‟rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi. 
1.
Ishtirokchilar yig‟indisi. 
2.
Barcha ishtirokchilarni «printsipal» manfaatlaridan hosil bo‟lgan 
tashkilot maqadlariga moslashuv darajasi. 
3.
Hukmronlik 
munosabatlarining 
rasmiy tuzilmasi, ma‟lum 
darajadagi murakkablik bilan tavsiflanuvchi ko‟p pog‟onalilik. 

Yüklə 350,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə